Do‘stimki, dushmanimga do‘stlik qilarkan, uni men do‘st hisoblamayman. Zaharga qo‘shilgan shakardan ehtiyot bo‘l. Abu Ali ibn Sino.

Sichqon muchali

Sichqon muchali – umumiy tavsif

Umumiy tavsif

(1900, 1912, 1924, 1936, 1948, 1960, 1972, 1984, 1996, 2008, 2020)

Sichqon muchalida tug‘ilgan insonlar bir vaqtning o‘zida ham jozibadorlik, ham tajovuzkorlikni mujassam etadilar. Ular diqqatni o‘ziga tortadigan, didli, muloqotga ochiq va juda samimiy insonlar bo‘lib, odamlar bilan oson til topishadilar. Lekin ular haqidagi birinchi taassurotlarga aldanib qolmaslik kerak.

Sichqonlarning xaslatlaridan biri – boshqalarni o‘ziga rom qilish qobiliyatida, bu ularning eng kuchli quroli bo‘lib, undan o‘z raqiblarini osonlikcha chetga surib qo‘yish uchun foydalanishadi. Sichqonlarga o‘zingizning zaif tomonlaringizni oshkor etish xato bo‘ladi, chunki ular sizning barcha xatolaringizdan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishlari mumkin. Sichqonlar odatda bugungi kun bilan yashaydilar, lekin ularni kelajakda moddiy qiyinalib qolish xavfi jiddiy tashvishga soladi. Sichqon muchalida tug‘ilgan insonlar har qanday vaziyatdan, hatto shabxali vaziyatlardan ham o‘z manfaati uchun foyda olish qobiliyati yoki intilishi bilan ajralib turadilar.

Ular shuhratparast va o‘ta maqsadga intiluvchi insonlar bo‘lishadi. Ana shunday xususiyatlari sabab, Sichqonlar ko‘pincha muvaffaqiyatli insonlarga aylanadilar, garchi buning uchun juda ko‘p mehnat qilishlariga to‘g‘ri kelsa ham. Biroq, bir vaqtning o‘zida hamma ishni tengdan bajarishga urinsalar, muvaffaqiyatga erisholmasliklari aniq. Sichqonlar o‘ta tejamkorligi bilan boshqalardan ajralib turishadi. Faqatgina chin dildan sevib qolganlarida yoki o‘zlariga juda yoqqan biror ishga berilib ketgandagina, ular saxiyroq bo‘lishni boshlaydilar. Lekin chin qalbdan suygan insonlariga nisbatan Sichqonlar har doim saxiylik qilishadi.

Sichqon muchalida tug‘ilgan insonlar uchun boylik to‘plash haqiqiy ishtiyoq hisoblanadi. Ularning bu ishtiyoqi, beg‘araz maqsadi - keksalik davrini farovon va tinch o‘tkazish uchun bo‘lgan intilish. Atrofdagi odamlar ko‘ziga Sichqonlar o‘ta xasis inson bo‘lib ko‘rinadi. Xayot uchun zarur zaxiralar to‘plashga bo‘lgan bu kuchli ishtiyoq tufayli ular o‘zlaridagi eski va keraksiz narsalarni, hatto ular umuman ishlatilmay yillar davomida bekor yotgan bo‘lsa ham, tashlab yuborishlari juda qiyin. Lekin ushbu muchal vakillari o‘zlari yillar davomida to‘plagan katta miqdordagi mablag‘larini bir zumda sarf qilib yuborishi ham mumkin. Sichqon o‘z xohish-istaklarini cheklashni bilmaydi, birovga qarz kerak bo‘lib qolsa, beg‘araz yordam berishga ham tayyor bo‘ladi.

Decoration

Decoration

Sichqonlar notiqlik, so‘zga ustalik qobiliyatiga ega. Ulardan ajoyib tanqidchilar chiqadi. Bu isteʼdod ularning achchiq tanqidlarida yoki kesatiq xazillarida namoyon bo‘ladi. Sichqonlar uchun eng munosib kasblar — ommaviy axborot vositalari va odamlar bilan doimiy muloqot talab qiladigan sohalardir. Sichqon muchalida tug‘ilgan insonlarda o‘zini himoya qilish hissi juda rivojlangan. Shuning uchun ularning tajriba va ko‘nikmalari inqirozli vaziyatlarda juda dolzarb va foydali bo‘ladi.

Sichqonlar ko‘pincha o‘zini tutib turish qobiliyatini osonlikcha yo‘qotib qo‘yishlari, asabiy bo‘lib, tezda g‘azab otiga minishlari mumkin. Ularning tashqi osoyishtaligi ostida doimiy hayajon, bezovtalik, hatto asabiylik yashirin bo‘ladi. Bundan tashqari, ko‘plab Sichqonlar uchun xarakterli kamchiliklardan biri – turli mish-mishlarga haddan tashqari qiziqishdir.

Agar Sichqon kimgadir yoqishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ysa, buni juda osonlikcha, juda qisqa muddatda uddalaydi. Sichqon yilida tug‘ilganlar uchun yolg‘izlik juda qiyin, majburiy yolg‘izlanib qolish ularni tushkunlikka, depressiyaga olib kelishi mumkin. Sichqonlar ekstravert bo‘lishiga qaramay, o‘z ichki olamini atrofdagilardan yashiradi, sir saqlaydi. Ota-onaga nisbatan o‘ta g‘amxo‘rlik qilish, oilaga kuchli bog‘liqlik Sichqonlarga xos hislat. Oila aʼzolarining barchasi farovon hayot kechirishi uchun Sichqonlar har qanday qurbonlikka tayyor bo‘ladilar. Sichqonlar o‘zlarining barcha yaxshi va yomon hislatlariga qaramay, sevgan insoniga nisbatan o‘ta taʼsirchan va oliyjanob bo‘ladilar. Ular muhabbatda o‘zlarining eng yaxshi fazilatlarini namoyon qilishadi.

Sichqonning nazarida aqliy mehnat jismoniy mehnatga qaraganda qiziqarliroq. Sichqonlar muvaffaqiyatli tadbirkor, mashhur siyosatchi bo‘lishi, sanʼatda o‘zlarini namoyon qilishi, mashhur artist bo‘lishi, shuningdek, ajoyib jurnalist, notiq, rahbar yoki o‘qituvchi sifatida o‘z iqtidorlarini ko‘rsatishi mumkin.

Jozibali aql sohibi, chaqqon, matonatli va faol bo‘lgan Sichqon hayotda nima istashini aniq biladi va maqsadiga erishish uchun barcha imkoniyatlar va vositalardan unumli foydalanadi.

Decoration

Sichqon va boshqa muchallar munosabatlari

Oila qurish va ishqiy munosabatlar uchun Sichqon muchaliga ko‘proq Sigir muchali muvofiq keladi.

Yer unsuriga mansub bu ikki muchal o‘rtasida juda yaxshi moslik va juda ko‘p jixatlar uyg‘unligi mavjud.

Ayyor Sichqon Ajdar (Baliq) bilan ham juda qoyilmaqom til topishadi. Biroq, ular ajoyib juftlik bo‘lishlaridan avval, ular katta ehtimol bilan, umumiy biznes yuritib, hamkor bo‘lishadi.

Maymun va Sichqon yaxshi do‘st bo‘lishlari mumkin, chunki har ikkalasi ham hazilkash, tinimsiz aql sohiblari.

Sichqon uchun eng yomon munosabatlar Ot muchali bilan bo‘lishi mumkin. Ular o‘rtasida tez-tez kelishmovchiliklar yuz berib turish ehtimoli bor.

Yo‘lbars yoki Qo‘y bilan ham Sichqon o‘zaro bir birlarini tushunishlari qiyin, chunki ularning umumiy qiziqishlari yo‘q.

Sahifamda zerikib qolmang!

  • O‘lmasoy Nishonova. Meni ishqdan sovutma dunyo...

    1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.

  • Abdul Boqiy

    Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan.
    Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi.

  • Hamkasbimga hazil

    (Hamkasbimga hazil)

    Ul yigitkim bir jahon, bu zamon bir donadur,
    Yo‘q demakim ko‘rkini, har sifat nishonadur.

    Bir Umar farzandi ul, kindik qoni Namangon,
    Makon bo‘ldi Andijon-kim, tahsili Farg‘onadur.

  • Yoqimli sheʼr

    Yoqimli sheʼr. O‘zim yozdim. O‘zimga.
    Sheʼr yo‘g‘ida bir o‘qishga yaroqli.
    Mazza qildim! Tasanno har so‘zimga!
    O‘qiyapman qayta qayta. Maroqli.

  • Yoshlarga to‘y hazili

    Fido bo‘ldi bir oshiqning hurlik oni to‘yxonada,
    Bir gul yuzli barno kutar bo‘ldi uni ostonada.

    Ahli yori o‘ynab kular oshiq ko‘nglin olmoq bo‘lib,
    Ammo oshiq ko‘ngli to‘yda emas balki durdonada.

  • Matmusaning kartasi - 2

    Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda,
    Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.

    Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q,
    Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q.
    Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb,
    Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.