Umumiy tavsif
(1908, 1920, 1932, 1944, 1956, 1968, 1980, 1992, 2004, 2016, 2028)
Maymun muchalida tug‘ilgan insonlar tasavvurlar ramzi ostida yashaydilar. Ularning hamma narsaga o‘ta qiziquvchanligi tufayli, atrofda yuz berayotgan har qanday voqea hodisalardan xabardor bo‘lishadi. Bu muchal vakillari juda original aql zakovatga ega insonlar.
Ularda mustaqil bo‘lishga juda qattiq intilishi yaqqol ko‘rinib turadi. Maymun doimo oqilona maslahat berishga tayyor, biroq o‘zlari boshqalarning fikriga bo‘ysunishni uncha yoqtirmaydilar. Ularning o‘qishga bo‘lgan muhabbati, aql zakovati, bilimdonligi va ajoyib xotirasi ajralib turadi. Kuchli xotira ular uchun juda foydali, chunki Maymunlar hayotlarida tartibga juda katta ahamiyat berishadi.
Maymunlar boshqalarni ishontirish qobiliyatiga ega, turli muhokamalarda hamda bahs-munozaralarda ishtirok etishni yaxshi ko‘radilar. Ularning ishonchli o‘zini tutishi va do‘stona munosabatlari tufayli, Maymunlar osongina muxlislar topib, ularning qalbidan joy oladi. Ular har qanday muchal, burj vakili bilan osongina umumiy til topisha oladilar, hatto u suhbatdoshiga nisbatan samimiy bo‘lmasa ham, faqat zaruriyat yuzasidan muloqot qilayotgan bo‘lsa ham. Maymun muchalida tug‘ilganlar odamlar yaxshi ko‘rinishni juda eplashadi. Ular ko‘pincha o‘zlarini boshqalardan yuqori qo‘yadilar, ammo ularning do‘stona munosabati va iltifotli ekanligi har qanday kishini o‘ziga og‘dira oladi. Maymunlar osonlik bilan boshqalarda o‘ziga nisbatan ishonch uyg‘ota olishadi, zehni o‘tkir, chiroyli tashqi ko‘rinishga ega bo‘ladilar.
Ko‘pincha Maymunlar ancha yoshligidan turmush qurishadi. Ushbu muchal vakillari uchun muvaffaqiyatli oilaviy hayotning muhim shartlaridan biri – ularga muayyan darajada erkin harakat qilish imkoniyatini berishdir. Ular bolalarni juda yaxshi ko‘radilar va ularning tarbiyasida katta quvonch manbaini ko‘radilar.


Maymunlarda tez qizishib ketish va o‘zini haddan tashqari yuqori baholash odatlari bor. Ular doimo o‘zlari xohlagandek ish tutishga intiladilar, ammo bu ularda sog‘lom aql yo‘qligini anglatmaydi. Ular hamma narsaga tez va birdaniga erishishni xohlaydilar, Maymunlar muvaffaqiyatga erisha olmaydigan biror bir sohani o‘zini topib bo‘lmaydi. Maymunlar yashash uchun kurash tuyg‘usiga ega bo‘lgan, optimistik kayfiyatdagi insonlar bo‘lishadi. Ular hatto chiqish imkoni yo‘qdek tuyulgan vaziyatlardan ham yo‘l topib chiqib ketishadi. Bu sifat ularga juda yaxshi qo‘l keladi, chunki oddiy Maymunning hayoti turli voqea va sarguzashtlarga boy bo‘ladi. Ularning butun hayoti davomida atrofdagilarni hayratga solib keladigan xislatlari – bir vaqtning o‘zida mujassam bo‘lgan bolalarcha beg‘ubor soddalik va hayotiy tajribaga boy qariyaning donoligidir.
Maymun muchalida tug‘ilgan odamlar uchun manfaat ko‘rish juda muhimdir. Ular xar qanday holatda ham manfaatini qo‘ldan boy bermaydilar, uni qo‘lga kiritish uchun barcha imkoniyatlarini ishga soladilar, hatto unchalik yaxshi bo‘lmagan usullarni ham. Bu maqsad yo‘lida hatto axloqsiz yo‘l tutib, vijdon azobisiz bemalol yolg‘on gapirishlari mumkin. Izzattalabligi va tug‘ma iqtidori Maymunlarga yaxshi pul topishda yordam beradi. Ular pulning qadrini yaxshi bilishadi, ammo odatda o‘zlarini hech narsadan cheklashmaydi, chunki to‘kin sochin hayot kechirishni yaxshi ko‘rishadi.
Umumiy qilib aytganda, maʼlum salbiy xislatlarning mavjudligi Maymunlarning juda jozibador bo‘lishiga taʼsir qilmaydi. Bundan tashqari, ularning aqli, ajoyib hazil hissi va bilimdonligi ularni jamiyatning jonu diliga aylantirib qo‘yadi. Maymunlar muchallar ichidagi eng g‘ayritabiiy, noodatiy, g‘alati xarakterga ega bo‘lishiga qaramay, u ko‘pincha ziyofat va tadbirlarning yulduziga aylanadi. U ajoyib yumor hissiga ega, do‘stlari va tanishlari bilan hazillashishdan, ularning, shuningdek, o‘zining ustidan kulishdan ham tap tortmaydi.
Ko‘pchilik Maymunlar uchun mansabga erishish asosiy maqsadlardan biri hisoblanadi. Odamlar bilan muloqot qilishni talab qiladigan kasblarda ular alohida muvaffaqiyatlarga erishadilar. Maymun moliyaviy bitimlar tuzishda iqtidorli, har qanday aqliy yondashuv va ko‘p narsani bilish talab qilinadigan sohalarda ajoyib mutaxassis hisoblanadi. U siyosat, diplomatiya va savdo sohalarida ham muvaffaqiyatga erishishi mumkin. Maymun yangi narsalarni oson o‘rganadi, shuning uchun deyarli har qanday ishni qo‘lga olishi mumkin. Agar Maymun o‘z yo‘lini, o‘z taqdirini topsa, osonlikcha mashhur shaxsga aylanishi mumkin.

Maymun va boshqa muchallar munosabatlari
Sichqon va Ajdar muchallari Maymun bilan yaxshi chiqishadilar, ular bilan birga yaxshi jamoa tashkil etish mumkin. Sichqon bilan omadli nikoh ehtimoli bor, bu nikohda Maymunning beqarorligini Sichqon muvozanatda ushlab turadi. Ajdar esa Maymunni so‘zsiz tushuna oladigan, sadoqatli do‘st bo‘ladi.
Maymun deyarli barcha muchallar bilan, ayniqsa To‘ng‘iz, Ot, It va Sigir bilan o‘zaro bir birini yaxshi tushunishadi.
Qo‘y bilan ham qalban yaxshi munosabatlar bo‘lishi mumkin, lekin vaqt o‘tishi bilan bu munosabatlar sovib qolishi mumkin.
O‘zaro ishonchsizlik tufayli Ilon munosabatlarni yo‘lga qo‘yish Maymun uchun qiyin kechadi.
Ammo eng yomon munosabatlar yirtqich Yo‘lbars bilan bo‘lishi mumkin, chunki Yo‘lbars deyarli barcha sohalarda Maymun uchun kuchli raqibga aylanadi.