Donishmandlik bizga hayot so‘qmoqlarida ulug‘ saodatni hozirlab inʼom etuvchi vositadir. Abu Ali ibn Sino.

Ajdar (Baliq) muchali

Ajdar (Baliq) muchali – umumiy tavsif

Umumiy tavsif

(1904, 1916, 1928, 1940, 1952, 1964, 1976, 1988, 2000, 2012, 2024)

Sharq mamlakatlarida Ajdar omad, quvonch, yuksalish va hayot timsolidir. O‘rta Osiyo mamlakatlarida esa Ajdar muchalini Baliq muchali deb atashadi. Bu muchal samoviy qudrat va ulkan ijobiy astrologik taʼsirni o‘zida mujassam etadi.

Ushbu ajoyib mavjudot insonlarga muvozanat, boylik, uzoq umr va yuksak fazilatlarni inʼom etadi. Shu bilan birga, bu inʼomlar inson hayotining yengil, tashvishsiz yoki kamchiliklarsiz bo‘lishini kafolatlamaydi. Rang-barang nurlar yorqinligi bilan yaraqlab turgan Ajdar baʼzan ko‘zni qamashtirib, insonlarni chalg‘itishi mumkin. Ko‘pincha insonga berilgan kuchli shaxsiy sifatlar yoki neʼmatlar shunchaki tasavvur yoki illyuziya bo‘lishi mumkin. Ajdar kuchli temperament va betakror asllikka ega bo‘lib, yangiliklarga boshqalardan ko‘ra ko‘proq qiziqadi. U shart-sharoitlar yoki qonun-qoidalarga moslashishdan yiroq bo‘lib, buning natijasida atrofidagi insonlarni hayratga solishi mumkin. Uning kutilmagan va ziddiyatli, baʼzida hatto tartibsiz xatti-harakatlari har qanday insonni chalg‘itishi yoki bezovta qilishi mumkin.

Bu muchal odamlarga omad, cheksiz ishtiyoq, g‘ayrioddiylik, yorqin va hayotbaxsh shaxsiyatni taqdim etadi. O‘zlariga nisbatan katta ishonch, g‘urur va shuhratparastlik Ajdar muchalida tug‘ilgan insonlarni saxiy, bilimdon, ikkiyuzlamachilik qilmaydigan, shirinso‘z bo‘lishiga to‘sqinlik qilmaydi. Ushbu muchal vakillarining ko‘pchiligida mavjud yuqori darajadagi intellektual qobiliyatlar sababli, ularning deyarli barcha boshlagan ishlari muvaffaqiyatli yakunlanadi.

Ajdar diplomatik ayyorliklarga qodir emas va ko‘pincha o‘zining keskin fikrlarni bildirishdan cheklanmaydi. U juda tez asabiylashib ketadi va mayda narsalarga ham jahli tez chiqadi. Ajdarlar juda ishonuvchanliklari bilan ajralib turishadi, lekin buni soddalik deb bo‘lmaydi. Ajdarlarning boshqa odamlarga nisbatan qo‘yadigan yuqori talablari ko‘plab do‘stlar orttirishiga xalaqit bermaydi. Buning sababi shundaki, Ajdar o‘zgalarga talab qilganlaridan ko‘ra ko‘prog‘ini beradi. Ajdar har qanday jamiyatning u diqqat markazida bo‘ladi, har qanday masalaga o‘zining shaxsiy, betakror nuqtai nazarini bildiradi, uning bildirgan fikrlari atrofidagi insonlar uchun o‘ta qadrli va ahamiyatli bo‘ladi.

Decoration

Decoration

Muhabbat borasida Ajdarning hissiyotlari vulqondek qaynab turadi. Aniqrog‘i, bu tug‘yon Ajdarning o‘zida emas, balki u bilan ishqiy munosabat o‘rnatishga jurʼat qilganlarda bu kuchliroq namoyon bo‘ladi. Ajdarlar ishqiy munosabatlarda kamdan kam hollardagina omadsizlikni his qilishadi: ular juda kamdan kam o‘zlari sevib qolishadi, ular ko‘proq boshqalarning kuchli his tuyg‘ulari nishoni bo‘lishadi, ko‘plab parchalangan yuraklarga sabab bo‘lishadi.

Ajdar yilida tug‘ilgan insonlar hayratlanarli darajada faol, ulkan hayotiy quvvat zaxirasiga ega va sog‘liqlari mustahkam insonlar. O‘z maqsadlariga erishish uchun ular tinmay mehnat qilishlari mumkin, baʼzan o‘ylamay netmay, oqibatlarini tasavvur ham qilib bo‘lmaydigan ishlar amalga oshirishadi. Ajdarlar bugungi kun bilan yashashadi, biror bir narsani kutib yashash ular uchun haqiqiy azob bo‘lishi mumkin.

Bu muchal vakillari ko‘plab sohalarga qiziqishi, sport bilan shug‘ullanishi mumkin. Sarguzashtlar va tavakkal ishlar – ularning tabiatiga mos. Agar moliyaviy imkoniyat bo‘lsa, Ajdar mamnuniyat bilan sayohatga otlanadi, bunda odatiy turistik yo‘nalishlarni emas, balki ko‘pchilikka tanish bo‘lmagan joylarni tanlashi ehtimoli bor.
Ajdar yilida tug‘ilgan insonlar talabchan, sezgir, chidamli va faol bo‘lishadi. Ular g‘olib bo‘lish uchun tug‘ilishgan. Shu sababli, bu muchal vakillarining ko‘pchiligi hayotda hech narsaga muhtoj bo‘lmay yashashadi. Liderlik qobiliyatiga ega bo‘lgan Ajdarlar o‘z g‘oyalarini amalga oshirish imkoniyatini beradigan sohalarda muvaffaqiyatga erishadilar, ayniqsa, ommaviy axborot vositalari bilan ishlashni talab qiluvchi sohalarda o‘zlarini yorqin namoyon etishlari mumkin. Bundan tashqari, ular barcha sohalarda, siyosatda, harbiy sohada, aktyorlik sanʼatida, tibbiyotda, sportda, musiqa, pedagogika, jurnalistika va boshqa ular tanlagan har qanday kasbda alohida ajralib turishadi.

Ajdar muchalida tug‘ilgan insonlar juda dono va jasoratli. Ular ulkan salohiyatga ega bo‘lib, to‘liq va yorqin hayot kechirishadi, yo‘qotilgan imkoniyatlar va sarflangan pullar o‘rniga yangilari tez orada paydo bo‘lishini bilishadi. Oddiy qilib aytganda, Ajdar imkoniyatsiz har narsaga erishish uchun tug‘ilishgan.

Decoration

Ajdar va boshqa muchallar munosabatlari

Ajdar uchun eng munosib do‘st bu Maymun muchalidir. Maymun Ajdarning yangi g‘oyalarini boshqalarga qaraganda yaxshiroq baholaydi va qo‘llab-quvvatlab turadi.

Ajdarlar Sichqon bilan ham yaxshi jamoa tashkil qilishlari mumkin. Sichqonning ajoyib sezish tuyg‘usi va beg‘ubor jasorati Ajdarga o‘zini himoyalangan deb his qilish imkonini beradi.

Ilon esa aksincha, o‘zining zaminga xos donoligi bilan dahshatli Ajdarning purkagan olovini o‘chirib qo‘yishi mumkin mumkin. Bu bilan u Ajdarda qo‘rquv hissini tug‘diradi.

Sigirning betarafligi, ojizligi, qo‘rqoqligi sababli Ajdar uni hazm qilolmaydi. Yana bir jihati, Sigir Ajdarning ahmoqona qiliqlarini hech qachon qarsak chalib olqishlamaydi.

Ajdarlar Itlar bilan hech qachon kelisholmaydilar. It Ajdarning maftunkorligiga uchmaydi, uning orzularini sochib tashlaydi, Ajdarga itoatkorlik va fidoyilik darslarini o‘rgatishga harakat qiladi. Ajdar esa bularni jinidan yomon ko‘radi.

Sahifamda zerikib qolmang!

  • O‘lmasoy Nishonova. Meni ishqdan sovutma dunyo...

    1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.

  • Abdul Boqiy

    Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan.
    Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi.

  • Hamkasbimga hazil

    (Hamkasbimga hazil)

    Ul yigitkim bir jahon, bu zamon bir donadur,
    Yo‘q demakim ko‘rkini, har sifat nishonadur.

    Bir Umar farzandi ul, kindik qoni Namangon,
    Makon bo‘ldi Andijon-kim, tahsili Farg‘onadur.

  • Yoqimli sheʼr

    Yoqimli sheʼr. O‘zim yozdim. O‘zimga.
    Sheʼr yo‘g‘ida bir o‘qishga yaroqli.
    Mazza qildim! Tasanno har so‘zimga!
    O‘qiyapman qayta qayta. Maroqli.

  • Yoshlarga to‘y hazili

    Fido bo‘ldi bir oshiqning hurlik oni to‘yxonada,
    Bir gul yuzli barno kutar bo‘ldi uni ostonada.

    Ahli yori o‘ynab kular oshiq ko‘nglin olmoq bo‘lib,
    Ammo oshiq ko‘ngli to‘yda emas balki durdonada.

  • Matmusaning kartasi - 2

    Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda,
    Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.

    Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q,
    Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q.
    Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb,
    Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.