Donishmandlik bizga hayot so‘qmoqlarida ulug‘ saodatni hozirlab inʼom etuvchi vositadir. Abu Ali ibn Sino.

Ajdar (Baliq) muchali

Ajdar (Baliq) muchali – 5 toifa insonlar

Ajdar (Baliq) muchali Sharq anʼanasida kuch, shijoat, katta maqsadlar va yangilikka intilish bilan bog‘liq. Bu muchal vakillarida faollik, o‘zgarishlarga qiziqish va o‘z imkoniyatlarini keng namoyon etish istagi kabi jihatlar uchrashi mumkin.

Ajdar (Baliq) muchali Suv, Olov, Tuproq, Metall va Yog‘och unsurlariga bo‘linadi. Har bir unsur muchal vakilining dunyoqarashi, feʼl-atvori, munosabatlari va qaror qabul qilish uslubida o‘ziga xos tomonlarni shakllantirishi mumkin.

Siz Suv, Olov, Tuproq, Metall yoki Yog‘och Ajdar (Baliq) ekaningizni aniqlang va o‘z unsuringizga xos xususiyatlar bilan tanishing.

Decoration

Metall Ajdar (1940, 2000, 2060)

Metall Ajdarlar — yorqin, o‘ziga xos shaxslar bo‘lib, ularda metin iroda va beqaror quvvat jamlangan. Ular shuhratparast, ko‘pincha keskin va xolis bo‘lmagan fikrlaridan aziyat chekishadi, lekin o‘z fikrlarini yumshatishga urinishmaydi. Metall ajdarlar, agar biror kimsa ular bilan hamkorlikni to‘xtatsa yoki fikrlariga qo‘shilmasa, bunga mutlaqo ahamiyat berishmaydi. Ular o‘ta individual insonlar. Hatto yakkalanib qolgan taqdirda ham o‘z maqsadiga qatʼiylik bilan intiladi. Odatda, ushbu yillarda tug‘ilgan insonlarga do‘stlari va hamkasblari katta hurmat bilan munosabatda bo‘lishadi, chunki ular yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lishadi.

Agar Metall Ajdar ozgina xolis, obyektiv yondashuvni o‘rgansa va o‘zining shiddatli tabiatini boshqarishga bir oz eʼtibor qaratsa, juda yaxshi bo‘lar edi.

Decoration

Decoration

Suv Ajdar (1952, 2012, 2072)

Suv Ajdarlarni o‘tkir aql va omadni qo‘ldan boy bermaslik qobiliyati ajratib turadi. Ular bilan muloqot qilish va hamkorlik qilish oson, chunki ular do‘stona va ochiqko‘ngil insonlar. Yumor hissining yaxshi shakllanmagani ularga ajoyib notiq bo‘lishlariga to‘sqinlik qilmaydi. Boshqa ajdar unsurlaridan farqli o‘laroq, Suv Ajdarlar sabrliroq bo‘lishadi, zarur bo‘lganda biroz kutib turishlari mumkin. Ularning bir odati, bir ishdan ikkinchisiga sakrab yurishi ularning hayotida bir oz qiyinchilik tug‘diradi. Ular yaqinlari bilan o‘z fikrlarini baham ko‘rishga tayyor turishadi, insonlarning zaif kamchiliklarini tushuna olishadi.

Suv Ajdar o‘z hayotini sezilarli darajada yengillashtirish uchun barcha diqqatni to‘lig‘icha yagona maqsadga yo‘naltirishni o‘rganishi lozim.

Decoration

Yog‘och Ajdar (1904, 1964, 2024)

Yog‘och Ajdarlar amaliy faoliyati, sinchkov va tafsilotlarga alohida eʼtibor qaratadigan aqli bilan ajralib turishadi. Ular ko‘pincha qiziqarli g‘oyalarning tashabbuskori bo‘lib, ushbu g‘oyalarni amalga oshirishlari ham mumkin. Bu yillarda tug‘ilgan insonlar o‘z orzularini haqiqatga aylantirish qobiliyatga ega. Yog‘och Ajdarlar boshqa ajdarlardan o‘zining xushmuomala odobi va kuchli yumor hissi bilan ajralib turadilar. Ularning amallarida saxiylik va olijanoblik sezilib turadi. Ushbu muchal vakillari tug‘ma tadbirkorlardir.

Umuman olganda, Yog‘och Ajdarlar juda yoqimli va boshqa barcha Ajdar unsurlari orasida eng jozibali ko‘rinishga ega insonlar.

Decoration

Olov Ajdar (1916, 1976, 2036)

Olov Ajdarlarni harakatlarining aniqligi, o‘ta shakllangan shuhratparastlik, barcha sohalarda muvaffaqiyatga erishish istagi ajratib turadi. Ular mehnatsevar, masʼuliyatli xodimlar bo‘lib, o‘zlarining halolligi va ochiqligi tufayli atrofdagi insonlar hurmatini qozonishadi. Biroq, Olov Ajdarlar maʼlum darajada yopiq va o‘ziga xos sirli shaxslardir. Ushbu yillarda tug‘ilgan insonlarda yetakchilik qobiliyati, mustahkam iroda mavjud, ko‘p vaziyatlarda faqat o‘z fikriga ishonishadi. Ular ko‘pincha boshqalarning fikr va hissiyotlarini nazardan chetda qoldiradilar. Shuningdek, ularda sanʼat va musiqaga bo‘lgan alohida qiziqish bor.

Olov Ajdarlar uchun eng jiddiy to‘siq ularning yopiq xarakteri hisoblanadi. Agar ular o‘z rejalarini yaqinlariga ishonishni o‘rgansalar va ularning fikrlarini hisobga olib harakat qilsalar, hayotlarini ancha oson va yoqimli tomonga o‘zgartirishlari mumkin.

Decoration

Tuproq Ajdar (1928, 1988, 2048)

Tuproq Ajdar boshqa ajdarlarga qaraganda barqaror va xotirjam xarakteri bilan ajralib turadi. Uning qiziqishlari xilma-xilligi bilan, aqli esa jonli va o‘tkirligi bilan ajralib turadi, Tuproq Ajdar doimo yaqin atrofida va olisda bo‘layotgan voqea hodisalardan xabardor turishadi. Ularning maqsadlari aniq va ravshan bo‘ladi. Tuproq Ajdarlar aʼlo darajadagi moliyachi yoki tadbirkor bo‘lishlari mumkin, ko‘pincha o‘z kuchi yordamida farovon va to‘kin sochin hayot qurishga erishadilar. Shuningdek, ularga tashqi moddiy yoki psixologik yordam olish ham qiyinchilik tug‘dirmaydi.

Tuproq Ajdarlar istalgan odam bilan osongina til topishishlari, yetuk tashkilotchilarga aylanishlari mumkin. Ular, odatda, ko‘plab do‘stlar qurshovida bo‘ladilar.

Sahifamda zerikib qolmang!

  • O‘lmasoy Nishonova. Meni ishqdan sovutma dunyo...

    1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.

  • Abdul Boqiy

    Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan.
    Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi.

  • Yoqimli sheʼr

    Yoqimli sheʼr. O‘zim yozdim. O‘zimga.
    Sheʼr yo‘g‘ida bir o‘qishga yaroqli.
    Mazza qildim! Tasanno har so‘zimga!
    O‘qiyapman qayta qayta. Maroqli.

  • Hamkasbimga hazil

    (Hamkasbimga hazil)

    Ul yigitkim bir jahon, bu zamon bir donadur,
    Yo‘q demakim ko‘rkini, har sifat nishonadur.

    Bir Umar farzandi ul, kindik qoni Namangon,
    Makon bo‘ldi Andijon-kim, tahsili Farg‘onadur.

  • Yoshlarga to‘y hazili

    Fido bo‘ldi bir oshiqning hurlik oni to‘yxonada,
    Bir gul yuzli barno kutar bo‘ldi uni ostonada.

    Ahli yori o‘ynab kular oshiq ko‘nglin olmoq bo‘lib,
    Ammo oshiq ko‘ngli to‘yda emas balki durdonada.

  • Matmusaning kartasi - 2

    Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda,
    Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.

    Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q,
    Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q.
    Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb,
    Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.