Umumiy tavsif
(1901, 1913, 1925, 1937, 1949, 1961, 1973, 1985, 1997, 2009, 2021)
Sabr-toqat va muvozanat ramzi bo‘lgan Sigir muchali mehnatkashlik va yaratuvchanlik timsolidir. Bu muchalda tug‘ilgan insonlar ko‘p gapirmaydigan, sabrli, to‘g‘ri va xotirjam xarakteri bilan darhol ishonch uyg‘otadilar. Ular bilan muloqotning ilk daqiqalaridanoq bu ishonchni his qilish mumkin.
Biroq, bunday xotirjam tashqi ko‘rinish ortida qattiq iroda va mustahkam xarakter yashirin. Sigirlar juda kam hollarda g‘azablanadi, ammo ularni jahlini chiqarishga muvaffaq bo‘lganlar tezda Sigirning oldidan qochishga harakat qilishlari kerak. Chunki g‘azabga berilgan Sigir qo‘rqinchli va xavfli bo‘lib qolishi mumkin.
Sigir muchali odatda yengil xarakterga ega deb hisoblanadi. Albatta, bu muchalga maʼlum darajadagi qaysarlik ham xos. Ammo, bu va boshqa salbiy xususiyatlar odatda faqat kimningdir noto‘g‘ri xatti-harakatlariga javoban namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, javobgarlikdan qochish va qatʼiyatsizlik Sigirlarni qattiq jahlini chiqaradi. Sigir o‘z tamoyillariga sodiq bo‘lib, o‘z eʼtiqodlari uchun kurashishga tayyor, hatto bu ular uchun noxush oqibatlarga olib kelsa ham. Xodim sifatida Sigirlar idrokli, o‘ylab ish qiluvchi, intizomli, mehnatsevar, va har qanday ishni oxiriga yetkaza olish qobiliyati bilan ajralib turadilar. Ularda alohida tadbirkorlik qobiliyati mavjud bo‘lib, har qanday imkoniyat ularning eʼtiboridan chetda qolmaydi. Biroq, Sigirlar shubhali imkoniyatlar yoki noqonuniy yo‘llar orqali muvaffaqiyatga erishishga intilmaydilar, chunki ular juda halol insonlar turidan. Sigirlar taqdir inʼomlariga ishonib qolmaydilar va barcha yutuqlarga o‘zining tinmas mehnati, halol va rejali faoliyati orqali erishadilar. Do‘stlar va hamkasblar ularning bu xislatlarini yuksak qadrlaydilar va Sigirlarga to‘liq ishonadilar.
Sigir muchalida tug‘ilgan insonlarni ikki turga ajratish mumkin: biri — juda kirishimli, ikkinchisi — nisbatan yopiq. Birinchi turdagi Sigirlar doimo saxovatli va noodatiy, ekstravagant insonlar. Ular har qanday davra yoki uchrashuvlarga jon kiritishadi, ularni har doim hamma joyda quvonch bilan kutib olishadi, ularni kutishadi va qadrlashadi.
Ikkinchi turdagi Sigirlar esa ko‘pincha o‘z olamiga kirib ketishadi, o‘ziga xos uzlatni afzal ko‘rishadi. Ular ko‘p o‘ylanib, hayotning asosiy muammolari haqida fikr yuritadilar, ichki xotirjamlik va falsafiy mulohazalarga ko‘p berilishadi. Bunday insonlar kamgap bo‘lsalar ham, boshqa insonlar ularga ishonch bildirishadi.


Sigir, shovqin-suronli davralarni yoqtirmasligiga qaramay, sukut saqlab jim turadigan yoki bir o‘zi yolg‘iz qoladigan inson emas. Amaliy aql sohibi sifatida u atrofdagilarni diqqat bilan tinglashni, o‘rinli maslahat berishni, insonlar ishonchini qozonishni yaxshi bilishadi. Bu sifat Sigir muchalida tug‘ilgan insonlarning muvaffaqiyatga erishishida asosiy omillardan biri hisoblanadi. Sigirlarni keng qalbli insonlar deyish qiyin. Ular ko‘pincha o‘z xohishlari, fikrlari va rejalarini boshqalardan yashirib, o‘ziga xos maxfiylikni afzal ko‘radilar. Sigirlar shaxsiy erkinliklariga juda katta ahamiyat beradilar, mustaqilligini himoya qilishga harakat qiladilar. Ular boshqalarning buyruqlari yoki ko‘rsatmalariga amal qilishni yoqtirmaydilar, barcha ishlarini mustaqil amalga oshirishni afzal ko‘radilar.
Sigirlarning oila qurishga bo‘lgan intilishlari mantiqan to‘g‘ri, tabiiy hol, chunki ular oqilona fikrlovchi, anʼanaviy qadriyatlarga sodiq, asosli qarorlar qabul qiluvchi, ammo haddan tashqari fantaziyaga berilmaydigan shaxslardir. Ular tabiatan uyda tinchlikni yoqtiradigan insonlardan.
Odatda, Sigirlar qurgan oilalar mustahkamligi bilan ajralib turadi. Anʼanalarga sodiq, o‘zgarishlarni uncha xushlamaydigan inson sifatida, ular yangiliklarni kamdan-kam hollarda qo‘llab-quvvatlaydilar, chunki ularning ishonchliligiga shubha bilan qaraydilar. Sigirlar maqsad sari borishda faqat sinovdan o‘tgan yo‘llardan harakat qilishadi. Sigirlar urf bo‘lgan narsalarga ortidan quvmaydilar. Ular ko‘proq tabiiylik va mustahkamlikni afzal ko‘radilar, ular uchun tabiat, uy, oila, do‘stlar va sifatli buyumlar ko‘proq qadrlidir.
Mehnatsevar, maqsadga intiluvchan, boshlagan ishini oxiriga yetkazishni yaxshi ko‘radigan Sigirlar ko‘plab sohalarda muvaffaqiyatga erishishlari mumkin. Masalan, ular yuqori darajadagi siyosatchi bo‘lishlari yoki sanʼat, ijod va sport sohalarida sezilarli natijalarga erishishlari mumkin. Tabiat va hayvonlarni yaxshi ko‘rishi sababli, Sigirlar yer bilan bog‘liq ishlarga qattiq mehr qo‘yadilar, dehqonchilik, bog‘dorchilik yoki chorvachilik bilan shug‘ullanadilar. Bunday faoliyatlarda ular o‘zlarining amaliy tajribasi va mahoratini ishga soladilar.
Kuchli va qaysar, qatʼiyatli, ishiga va oilasiga sadoqatli bo‘lgan Sigir hayotning haqiqiy qadriyatlarini chuqur anglab yetadi. Sigir odatda shoshmasdan, mayda-chuyda narsalarga chalg‘imasdan maqsad sari dadil oldinga intiladi, o‘z maqsadiga erishmaguncha to‘xtamaydi.

Sigir va boshqa muchallar munosabatlari
Xitoy taqvimi muchallari ichida Sigirga eng mos keladigan muchal – Tovuq muchali. Bu ittifoq har jihatdan omadli bo‘ladi. Mehr-muhabbatda ularning munosabatlarida baxt, ishonch va hurmat hukm suradi. Moliyaviy sohada ular kuchli jamoa tashkil etib, boshqalar uchun namuna bo‘lishlari mumkin.
Boshqa ittifoqlar ichida Sichqon bilan munosabatlar eng omadlisi bo‘lib, u do‘stlik va hamkorlikka asoslangan bo‘ladi. Sigir va Sichqon bir-biriga maksimal darajada ishonadilar.
Sigir uchun har doim eng yaxshi juftlik, ayniqsa muhabbatda – Ilon muchali hisoblanadi.
Sigir duch kelishi mumkin bo‘lgan eng murosasiz dushman bu - Yo‘lbars. Ular har doim bir-biriga nisbatan dushmanlik kayfiyatida yurishadi.