Donishmandlik bizga hayot so‘qmoqlarida ulug‘ saodatni hozirlab inʼom etuvchi vositadir. Abu Ali ibn Sino.

Sigir muchali

Sigir muchali – 5 toifa insonlar

Sigir muchali Sharq muchal tizimida vazminlik, barqarorlik va mehnatsevarlik bilan bog‘liq bo‘lgan muchallardan biri hisoblanadi. Ammo Sigir muchali vakilining o‘ziga xos jihatlarini tushunishda uning qaysi unsurga mansubligi ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Sigir muchali Suv, Olov, Tuproq, Metall va Yog‘och unsurlariga bo‘linadi. Shuning uchun Suv Sigir, Olov Sigir, Tuproq Sigir, Metall Sigir va Yog‘och Sigir o‘z xarakteri, odatlari va hayotga munosabatida turlicha jihatlarni namoyon qilishi mumkin.

Siz qaysi unsurga mansub Sigir ekaningizni aniqlang va o‘z muchalingizga xos xususiyatlar haqida batafsil maʼlumot oling.

Decoration

Metall Sigir (1901, 1961, 2021)

Sigir muchalida tug‘ilgan insonlar juda kuchli irodaga, metindek qattiq xarakterga, o‘ziga bo‘lgan qatʼiy ishonchga, o‘z fikrini ochiq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri bildirish qobiliyatiga ega bo‘lishadi. Ular o‘z fikrlarini omma oldida aniq va qo‘rqmasdan ifodalay oladilar. Sigirlar haqiqatan ham temirday irodasi bilan ajralib turadilar. Ular o‘z maqsadlari sari to‘g‘ridan-to‘g‘ri, hech qanday burilishlarsiz va kichik to‘siqlarga chalg‘imasdan olg‘a intiladilar. Biroq, ular atrofidagi insonlarning his-tuyg‘ulari va fikrlarini ko‘pincha inobatga olmay, inkor etishlari oqibatida yaqinlari va do‘stlarini ranjitib qo‘yishlari ehtimoldan xoli emas.

Metall Sigir sanʼat sohasida ham muvaffaqiyatga erishishi mumkin, chunki u bu sohada ham yaxshi isteʼdodga ega. Ularning kam sonli, ammo ishonchli do‘stlari bor, ular doimo Sigirni qo‘llab-quvvatlashga tayyor turishadi. Sigir muchalidagi insonlar juda to‘g‘riso‘z bo‘lib, o‘zlari bajara olmaydigan vaʼdalarni berishmaydi.
Metall Sigirlarga maqsadga erishish yo‘lida biroz salohiyatliroq bo‘lish va atrofdagilarning manfaatlarini ham unutmaslik tavsiya etiladi.

Decoration

Decoration

Suv Sigir (1913, 1973, 2033)

Suv unsuridagi Sigirlar o‘tkir aql, intuitsiya va ajoyib tashkilotchilik qobiliyatlari bilan ajralib turadilar. Ular tezkor va ishonchli xodimlar hisoblanadilar. Suv Sigiri boshqa sigirlardan o‘zining sirliligi va kamgapligi bilan ajralib turadi, o‘z rejalarini vaqti kelmaguncha boshqalarga oshkor qilmaslikni afzal ko‘radi. Ko‘pincha, bu yillarda tug‘ilgan insonlar juda axloqli, jamiyat ishlarida faol qatnashadilar.

Suv Sigirining xarakteri juda do‘stona bo‘lib, bu xislati uni jamiyatda mashhur shaxsga aylantiradi. Uning bu xususiyatlari uzoqni ko‘ra bilish qobiliyati va o‘ziga bo‘lgan ishonch bilan uyg‘unlashib, unga istalgan natijalarga erishishda yordam beradi. Bu muchaldagi insonlar bolalar bilan oson va tez til topishadilar.

Decoration

Yog‘och Sigir (1925, 1985, 2045)

Yog‘och Sigirining obro‘si, o‘ziga bo‘lgan katta ishonchi, o‘zini munosib tutish qobiliyati unga har qanday jamiyatda osonlik bilan yetakchi bo‘lish imkonini beradi. U jamoani birlashtirishni biladi, ammo unga biroz to‘g‘ri yondashuv yetishmaydi – uning to‘g‘ridan to‘g‘ri fikr bildiradi va boshqalarning ko‘ngliga qarab o‘tirmaydi. Bu inson hissiyotli, faol va ochiqko‘ngildir. O‘z fikrini atrofdagilardan yashirmaslikni afzal ko‘radi. Yog‘och Sigirlari ajoyib xotirasi va ulkan iroda kuchi bilan maqtana oladilar. Ular oilaga bo‘lgan cheksiz sadoqati va yaqinlariga bo‘lgan g‘amxo‘rligi bilan ajralib turadilar.

Bu insonlar o‘zlarining o‘ta taʼsirchan tabiatini nazorat qilishni bir oz o‘rgansalar va diplomatik munosabatlarga ko‘proq eʼtibor qaratsalar foydadan holi bo‘lmaydi.

Decoration

Olov Sigir (1937, 1997, 2057)

Olov Sigirlarini bemalol kuchli, mehnatsevar, dadil, hatto juda qatʼiyatli insonlar deb atash mumkin. Ular o‘z ishini yaxshi bilishadi, voqea hodisalar o‘zlari istagandek ketmasa, osongina asabiylashib ketishlari mumkin. Bu yillarda tug‘ilgan insonlar boshqalarning fikriga quloq solishni yoqtirmaydilar, o‘z qarashlarini yagona to‘g‘ri yo‘l deb hisoblaydilar. Agar ular bor ishtiyoqi bilan bir ishga kirishsalar, atrofdagilarning maslahatlariga quloq ham solmay, o‘z bilgancha ish tutishlari mumkin. Biroq, ularning maqsadlari doimo to‘g‘ri bo‘lgani uchun, ularning o‘z ishiga sadoqati va ishonchli ekanligi uchun, ko‘p xatolarini kechirib yuborishadi. Bu muchal vakillarining ko‘pchiligi yuqori ijtimoiy maqomga erishadilar. Odatda, Olov Sigirlar moliyaviy jihatdan yaxshi taʼminlangan bo‘ladilar. Ular oilasi va ayrim do‘stlariga nisbatan juda sadoqatli bo‘lishadi.

Barcha inkor etib bo‘lmaydigan fazilatlariga qo‘shimcha sifatida, Olov Sigirlarga biroz sabr-toqatli bo‘lish, boshqalarning maslahatlariga eʼtibor qaratish yaxshi naf keltirgan bo‘lar edi.

Decoration

Tuproq Sigir (1949, 2009, 2069)

Sog‘lom aql – Tuproq Sigirning barcha ishlarida eng yaxshi yordamchi hisoblanadi. U o‘ta g‘ururli bo‘lib, o‘z oldiga amaliy maqsadlar qo‘yadi va ularga erishish uchun tinmay harakat qiladi, hatto kunu tun ishlashga to‘g‘ri kelsa ham. Bu muchal vakillari biznes va moliyaviy masalalarda o‘ta mahoratli bo‘lishadi. Odamlar xotirjam va halol Tuproq Sigirlarini hurmat qiladilar, chunki ular hech qachon gapni aylantirishmaydi, biron-bir narsani yashirmaydilar. Ular har doim o‘z fikrlarini aniq va ochiq bayon etishadi. Atrofdagilar Tuproq Sigirning o‘zini va uning salmoqli fikrini doim inobatga olishadi. U o‘zi sevgan insonlarga butun borlig‘i bilan sadoqatli bo‘lishadi.

Inson o‘z ishlarida sog‘lom aqlni ustun qo‘ygani juda yaxshi albatta. Ammo Tuproq Sigirlar vaqti-vaqti bilan o‘z yuraklariga, his-tuyg‘ulariga ham quloq solib turishsa ortiqcha bo‘lmaydi.

Sahifamda zerikib qolmang!

  • O‘lmasoy Nishonova. Meni ishqdan sovutma dunyo...

    1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.

  • Abdul Boqiy

    Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan.
    Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi.

  • Yoqimli sheʼr

    Yoqimli sheʼr. O‘zim yozdim. O‘zimga.
    Sheʼr yo‘g‘ida bir o‘qishga yaroqli.
    Mazza qildim! Tasanno har so‘zimga!
    O‘qiyapman qayta qayta. Maroqli.

  • Hamkasbimga hazil

    (Hamkasbimga hazil)

    Ul yigitkim bir jahon, bu zamon bir donadur,
    Yo‘q demakim ko‘rkini, har sifat nishonadur.

    Bir Umar farzandi ul, kindik qoni Namangon,
    Makon bo‘ldi Andijon-kim, tahsili Farg‘onadur.

  • Yoshlarga to‘y hazili

    Fido bo‘ldi bir oshiqning hurlik oni to‘yxonada,
    Bir gul yuzli barno kutar bo‘ldi uni ostonada.

    Ahli yori o‘ynab kular oshiq ko‘nglin olmoq bo‘lib,
    Ammo oshiq ko‘ngli to‘yda emas balki durdonada.

  • Matmusaning kartasi - 2

    Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda,
    Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.

    Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q,
    Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q.
    Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb,
    Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.