Donishmandlik bizga hayot so‘qmoqlarida ulug‘ saodatni hozirlab inʼom etuvchi vositadir. Abu Ali ibn Sino.

To‘ng‘iz muchali

To‘ng‘iz muchali – umumiy tavsif

Umumiy tavsif

(1911, 1923, 1935, 1947, 1959, 1971, 1983, 1995, 2007, 2019, 2031, 2043)

To‘ng‘iz yilida tug‘ilganlar samimiylik va halolliklari bilan ajralib turadilar. Ularda laganbardorlik qilish, yolg‘on gapirish yoki ikkiyuzlamachilik qilish qobiliyati yo‘q, ular bundan nafratlanadilar. Tabiatan muloyim, mehribon, tinchliksevar va adolat uchun kurashuvchi insonlar. Olijanob ritsar kabi ezgu niyatli bo‘lgani uchun ham odatda yaxshi hurmat qozonadi.

To‘ng‘iz muchali vakillari yaxshi suhbatdosh hisoblanadilar - chunki ular har bir gapni jon-dildan, ochiq va haqqoniy aytadilar. Ular o‘zlarini namoyon qilishni, diqqat markazida bo‘lishni yoqtirmaydilar. Shuning uchun atrofdagilar ularni kamtar, kamgap, oddiy va muloyim odam sifatida qabul qiladilar. Aslida esa aynan shu sifatlari orqali ular boshqalarning hurmati va eʼtiborini qozonishga urinishadi.

Jamiyatda To‘ng‘iz o‘zini o‘ta tarbiyali, odobli, meʼyorni yaxshi bilgan holda tutadi. Boshqalarning kamchiliklariga qattiq tanqid bilan emas, balki kechirimli bo‘lib, tushunish bilan munosabatda bo‘ladi. U hech qachon birovlarni qoralamaydi, atrofdagilarning xulq-atvorini ham oddiy voqelik sifatida qabul qiladi.

To‘ng‘iz muchalidagilar juda sodiq, ishonchi komil do‘stlar bo‘lib, har qanday paytda yordamga kelishga tayyor turadilar. Ular ishonch bilan tez aldanadigan, hatto bir oz sodda tabiatli bo‘lishadi. Munosabatlardagi ikkiyuzlamachilik yoki makkorlikni anglash ular uchun qiyin, shuning uchun baʼzan firibgarlik qurboniga aylanib qolishlari mumkin.
To‘ng‘iz muchali vakillarining yana bir zaif tomoni — o‘z istak va havaslarini cheklay olmaslik. Ko‘pchilik To‘ng‘izlar ortiqcha vazndan jabr cheksa, baʼzilari esa zararli odatlar - giyohvandlik yoki spirtli ichimliklarga moyil bo‘lib qolishi ehtimoldan holi emas. Shunga qaramay, ular — eng ishonchli do‘st va ishbilarmon sheriklardan.

Decoration

Decoration

To‘ng‘iz muchali vakillari o‘tkir zehnli, bilimga chanqoq bo‘ladilar, ammo ko‘pincha bu bilimlarni amaliyotda qo‘llashda qiynaladilar. Ular turli sohalarda bilimdon, olimga o‘xshash taassurot qoldirishlari mumkin, ammo amalda ularning bilimi ko‘proq yuzaki bo‘lib, ko‘pincha havaskorlik darajasida bo‘ladi. Ish joyida To‘ng‘izlar masʼuliyati, mehnatsevarligi, xolisligi va ishonchliligi bilan hurmat qozonadi. Ular turli yo‘nalishlarni sinab ko‘rishlari mumkin, ammo odatda odamlarga foyda keltiradigan kasblarni tanlashadi. Maqsad qo‘yganlaridan keyin esa unga qatʼiyat bilan intilishadi.

To‘ng‘izlar qaror qabul qilishda shoshilmaydi — har bir “ha” va “yo‘q” tomonlarini puxta o‘rganib chiqqach, keyingina kelajak uchun reja tuzishadi. Ulardagi yuqori ish qobiliyati yaxshi hordiq chiqarishni bilishi bilan muvozanatda turadi. Ular uchun dam olish — hayotning muhim qismi, dam olishga pulni ayashmaydi. Biroq ayrim To‘ng‘izlar uchun aynan shu jihat xavfli bo‘lishi mumkin: cheksiz rohat farog‘at izlash ularni hayotdan norozilikka, vaqtni behuda sarflashga olib kelishi mumkin. Agar o‘z yo‘llarini topa olmasalar, baʼzilar umrning katta qismini maʼnosiz, o‘z o‘rnini va mavqeini topolmay o‘tkazib yuborish ehtimoli ham bor.

To‘ng‘izlarning pul sarflashdan qaytmasligi ularning yaxshi moliyaviy his tuyg‘usi, intuitsiyasi bilan muvozanatlanib turadi. Hayotlarida jiddiy muvaffaqiyatsizlik ro‘y bersa ham, ular juda tez tiklanishadi va olg‘a intilishda davom etishadi. Qolaversa, To‘ng‘izlarga doimo kerakli paytda yordam qo‘lini cho‘zadigan odamlar uchrab turadi. Shu bois farovonlik va barqarorlik - ular hayotining tabiiy yordamchilari.

Bu muchal ostida tug‘ilgan odamlarda prinsipiallik, muloyimlik, g‘amxo‘rlik, samimiylik va hatto begonaga ishonishga moyillik bor. Ular ishonchdan chetga chiqmaydi, biroq ayni paytda o‘z qarashlaridan osonlikcha chekinmaydigan qatʼiyat egalari. To‘ng‘izlar quvnoq va hayotni sevadigan insonlar, ammo odatda ko‘p so‘zlamaydilar. Biror mavzu haqida gapirishga kirishishsa, uni oxiriga yetkazmaguncha to‘xtamaydilar.

Muhabbat masalasida To‘ng‘iz muchalida tug‘ilganlar ortiqcha ishonuvchan bo‘lib, baʼzan osonlikcha manipulyatsiyaga berilib qolishadi. Shu bois ularga hissiyotlarda ham ehtiyotkor bo‘lish, ko‘rgan-eshitgan har bir gapni darhol haqiqat deb qabul qilmasdan, tekshirib ko‘rib qaror qabul qilish tavsiya etiladi. Oila qurgunigacha To‘ng‘iz hayotida ko‘plab sarguzashtlarga duch keladi, bunga ularning jozibasi va qarama qarshi jins vakillari orasidagi mashhurligi asosiy sabab bo‘ladi. Biroq nikohga kirganidan keyin To‘ng‘iz mutlaqo boshqacha qiyofada namoyon bo‘ladi: u sadoqatli, bir umr turmush o‘rtog‘iga vafodor bo‘lib yashaydigan ideal juftdir. U o‘z oilasida tinchlik, hurmat va iliq muhitni qadrlaydi. To‘ng‘izning uyi odatda har doim farovon va shinam bo‘ladi, u hatto katta imkoniyatlarsiz ham xonadonga iliqlik va barqarorlik hissini kirita oladi.

To‘ng‘iz yilida tug‘ilganlar o‘ziga xos universal qobiliyatga ega: ular turli sohalarda o‘zini namoyon qila oladi. Ularda tug‘ma adolat tuyg‘usi, mehr-shafqat va insoniylik bor. Ular mojarolardan qochadi, bekorchi munozara yoki g‘iybatni yoqtirmaydi. Shu sababli To‘ng‘iz uchun tinchlikparvarlik, xayriya va ijtimoiy yo‘nalishdagi faoliyatlar ayni muddao. Jamiyatga xizmat qiladigan kasblarda ular eng ishonchli va mehnatsevar xodimlardan bo‘lishadi. Shu bilan birga, tabiiy isteʼdodi va to‘g‘ri mulohaza yuritishi tufayli To‘ng‘iz ijodiy sohalarda ham o‘zini namoyon etishlari mumkin.

Aytish mumkinki, bu To‘ng‘iz muchali haqiqatan ham omadli: hayot ularga kerakli imkoniyatlarni oson taqdim etadi. To‘ng‘iz hayotdan zavq olishni yaxshi ko‘radi, uning neʼmatlaridan to‘la foydalanadi va ko‘pincha yoqimli huzurbaxsh hayot tarzi bilan nom chiqaradi. U rostdan ham ko‘ngli keng, yashashni yaxshi biladigan va atrofdagilarga quvonch ulashadigan insondir.

Decoration

To‘ng‘iz va boshqa muchallar munosabatlari

To‘ng‘iz uchun eng muvofiq juft — Quyon hisoblanadi. Ikkalasi ham hayotdan rohatlanishni, tinch va farovon yashashni yoqtiradilar. Ularning oilaviy ittifoqi baxtli va barqaror bo‘lishi kutiladi.

Qo‘y bilan ham ko‘p masalalarda yaxshi o‘zaro tushunish bo‘lishi mumkin, bu juftlik ancha uyg‘un hisoblanadi.

Yo‘lbars bilan munosabatlar ham muvaffaqiyatli kechishi mumkin: ularning qiziqishlari bir xil bo‘lmasa-da, o‘xshash jihatlari ko‘p. Birgalikda ular yaxshi jamoa bo‘la oladilar.

Maymun bilan munosabatlarda ham ijobiy, ham salbiy tomonlar mavjud. Har bir Maymun o‘zini hayotga ko‘proq moslashgan deb hisoblaydi. Ular bir-birini ko‘p jihatdan to‘ldirsa-da, munosabatlar faqat ikki tomon ham sabr-toqat va o‘zaro hurmat ko‘rsata olsagina muvaffaqiyatli bo‘ladi.

Ilon bilan munosabatlarda ham shunga o‘xshash holat kuzatiladi. To‘ng‘iz Ilonning haqiqiy qiyofasini tez va oson anglab oladi, Ilon esa bunday holatga toqat qila olmaydi.

Sahifamda zerikib qolmang!

  • O‘lmasoy Nishonova. Meni ishqdan sovutma dunyo...

    1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.

  • Abdul Boqiy

    Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan.
    Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi.

  • Yoqimli sheʼr

    Yoqimli sheʼr. O‘zim yozdim. O‘zimga.
    Sheʼr yo‘g‘ida bir o‘qishga yaroqli.
    Mazza qildim! Tasanno har so‘zimga!
    O‘qiyapman qayta qayta. Maroqli.

  • Hamkasbimga hazil

    (Hamkasbimga hazil)

    Ul yigitkim bir jahon, bu zamon bir donadur,
    Yo‘q demakim ko‘rkini, har sifat nishonadur.

    Bir Umar farzandi ul, kindik qoni Namangon,
    Makon bo‘ldi Andijon-kim, tahsili Farg‘onadur.

  • Yoshlarga to‘y hazili

    Fido bo‘ldi bir oshiqning hurlik oni to‘yxonada,
    Bir gul yuzli barno kutar bo‘ldi uni ostonada.

    Ahli yori o‘ynab kular oshiq ko‘nglin olmoq bo‘lib,
    Ammo oshiq ko‘ngli to‘yda emas balki durdonada.

  • Matmusaning kartasi - 2

    Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda,
    Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.

    Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q,
    Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q.
    Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb,
    Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.