To‘ng‘iz muchali samimiylik, ochiqko‘ngillik, mehribonlik va hayotdan zavq olishga intilish bilan bog‘lanadi. Muchal tizimida To‘ng‘iz vakillari yana besh toifaga ajratiladi va har bir toifa o‘z unsuri bilan belgilanadi.
Suv, Olov, Tuproq, Metall va Yog‘och To‘ng‘iz — bir muchal doirasidagi besh xil unsur. Ularning har biri xarakter, dunyoqarash, munosabatlar va hayotga yondashuvda o‘ziga xos jihatlarni namoyon qilishi mumkin.
Siz qaysi toifaga mansub To‘ng‘iz ekaningizni aniqlang va o‘z unsuringizga xos xususiyatlar bilan tanishing.

Metall To‘ng‘iz (1911, 1971, 2031)
Metall To‘ng‘izlar boshqa To‘ng‘iz muchali vakillaridan aniq namoyon bo‘lgan shuhratparastligi bilan ajralib turadilar. Ular maqsadga intiladigan, ochiq, jonli va faol insonlar bo‘lib, turli sohalarda faoliyat yuritadilar. Tabiatan prinsipial va o‘z qarashlariga sodiq, biroq baʼzan boshqalarning gapini bevosita qabul qilishga moyil va ortiqcha ishonuvchan bo‘lib qolishadi.
Metall To‘ng‘iz hayotiy muammolarni hal qilishda va qiyin vaziyatlardan chiqishda katta ehtiyotkorlikka ega. Ularda ajoyib hazil hissi mavjud, ular turli ko‘ngilochar tadbirlarda jon deb ishtirok etishadi. Ochiq va do‘stona tabiatlari orqali ko‘p do‘stlar va muxlislar orttirishadi.
Metall To‘ng‘izlar uchun eng muhimi — ortiqcha ishonch va soddalikni nazorat qilish, bu ularning hayotdagi muvaffaqiyatini yana-da oshiradi.


Suv To‘ng‘iz (1923, 1983, 2043)
Suv To‘ng‘izlarni haqiqatdan oltin yurakli insonlar deb aytsa bo‘ladi. Ularning keng ko‘ngilligi hech qachon chegara bilmaydi, atrofdagilar bilan hamisha do‘stona, teng va barqaror munosabatlar o‘rnatishga intildilar. Ular ishonchli, biroq baʼzan soddaligi tufayli boshqalarning yomon niyatlari oqibatida azoblanib qolishi mumkin.
Bu yillarda tug‘ilganlar odatda tinch va ortiqcha hashamlarsiz hayot kechirishni yaxshi ko‘radilar. Shunga qaramay, jamiyatda bo‘lishdan ham zavq oladilar, ko‘pincha hamkasblar va do‘stlar orasida eng jozibali, davralarning guliga aylanadilar. Ular yaxshi rivojlangan his tuyg‘u, intuitsiyaga ega bo‘lib, atrofdagilarning fikrlari va niyatlarini tushunish qobiliyati yuqori. Suv To‘ng‘izning bilim doirasi katta va aqliy qobiliyati har qanday insonni hayratda qoldiradi.
O‘z hayotini yana-da yaxshilash uchun Suv To‘ng‘iz o‘z xatolarini anglashni, oq va qorani farqlashni, qatʼiyatli bo‘lishni o‘rganishi kerak.

Yog‘och To‘ng‘iz (1935, 1995, 2055)
Yog‘och To‘ng‘izlar juda do‘stona va samimiy insonlar bo‘lib, ularning so‘zlari taʼsirli va ishonchli. Ular atrofdagilarning eʼtiborini va hurmatini tez, oson va tabiiy yo‘l bilan qozona oladi. Ular uchun yaqinlar va atrofdagilar bilan yaxshi va do‘stona munosabatlarda bo‘lish muhim ahamiyatga ega.
Yog‘ochning donoligi va To‘ng‘izning faolligi ularni ajoyib tashkilotchi va rahbarga aylantiradi. Baʼzan bu yillarda tug‘ilganlar o‘z zimmalariga ortiqcha masʼuliyat olib, og‘ir yukni ko‘tara boshlaydilar. Shu bilan birga, ular yaqinlariga sadoqatli va ehtiyojmandlarga yordam berishdan mamnun bo‘ladilar. Yog‘och To‘ng‘izlar yumor hissiga ega, optimist va sport bilan shug‘ullanishni yoqtiradilar.
O‘z hayoti sifatini yaxshilash uchun Yog‘och To‘ng‘izlar vaqt-vaqti bilan “yo‘q” degan so‘zni aytishni o‘rganishlari lozim, chunki ularning do‘stona va ko‘p narsaga rozi bo‘lishi ko‘pincha o‘z manfaatlariga zarar keltirishi mumkin.

Olov To‘ng‘iz (1947, 2007, 2067)
Olov To‘ng‘izlar — energiyasi yuqori, tashabbuskor va fikrlarini ochiq ifodalaydigan rostgo‘y insonlar. Ular har qanday ishga puxta va asosli yondashadilar va maqsadga erishish uchun baʼzan xavfli qadamlar qo‘ya oladilar. Hamma narsani yo‘qotish xavfi ularni qo‘rqitmaydi, aksincha shiddatli tavakkalchilik ularda o‘z maqsadlari uchun kurashish, raqobat ruhini kuchaytiradi.
Shu bilan birga, ular baʼzan qisqa muddatli havaslariga berilib, asosiy maqsaddan chetga ketib qolishi va ishga bo‘lgan qiziqishini yo‘qotishi mumkin. Olov To‘ng‘iz - qatʼiyatli va o‘zi mustaqil qaror qabul qilishni yoqtiradigan shaxs.
Olov To‘ng‘izlar yaqinlariga eʼtiborli, g‘amxo‘r va qo‘li ochiq, shuningdek moliyaviy ishlarda omadli bo‘ladilar.
Ular uchun eng muhim masala - har narsaga shoshilib kirishishdan himoyalanishni, katta ehtiyotkorlikni ko‘proq namoyon etishni o‘rganishlari kerak.

Tuproq To‘ng‘iz (1959, 2019, 2079)
Tuproq To‘ng‘izlar moddiy dunyoga bog‘langan, ular uchun qulaylik, farovonlik, chiroyli va qimmatbaho buyumlar muhim ahamiyatga ega. Bu yillarda tug‘ilganlar yaxshi tashkilotchilik qobiliyatiga ega, biznes va moliyaviy masalalarda tajribali, pul bilan muomala qilishni bilgan insonlardir.
Odatda ular keng ko‘ngilli va mehribon, og‘ir vazifalarni ham sabr bilan bajara oladilar, boshqalar davom etolmay qoladigan vaziyatlarda ham uzluksiz harakat qiladilar.
Tuproq To‘ng‘izlar eʼtibor berishi kerak bo‘lgan jihat - spirtli ichimliklarga moyillikdan himoyalanish va o‘zini nazorat qilish.