Donishmandlik bizga hayot so‘qmoqlarida ulug‘ saodatni hozirlab inʼom etuvchi vositadir. Abu Ali ibn Sino.

Quyon muchali

Quyon muchali – umumiy tavsif

Umumiy tavsif

(1903, 1915, 1927, 1939, 1951, 1963, 1975, 1987, 1999, 2011, 2023)

Ayrim sharq mamlakatlarda Quyon muchalini Mushuk muchali yili deb ham ataydilar. Bu hayvonlarni umumiy xislati – yuqoridan sakraganda har doim to‘rt oyog‘i bilan yerga tushish qobiliyatidir. Ular tashqi jihatdan kuchsiz va himoyasiz ko‘rinsa-da, juda murakkab ichki dunyo va sirli kuchga ega bo‘ladilar.

Quyonlar aql-zakovat va yaxshilik ramzi bo‘lgan muchal ostida dunyoga keladilar. Ular xavfsizlikda, tinchlikda va atrof muhit bilan hamjihatlikda yashashni juda muhim deb bilgan aqlli insonlardir. Quyonlarda hech qanday tajovuzkorlik bo‘lmaydi. Jismoniy va maʼnaviy qulaylikka bo‘lgan ishtiyoqlari ularni yoqimsiz bezovtalik va qiyin vaziyatlardan qochishga undaydi. Quyon bahs va munozaralarni yoqtirmaydi, ulardan uzoqroq bo‘lishga harakat qiladi. Shunga qaramay, Quyon bilan muloqot qilish – haqiqiy zavq, chunki u yoqimli, muloyim, xotirjam va aqlli inson. Bu muchal vakillari o‘zlariga qaratilgan tanqidiy fikrlarni juda og‘riqli qabul qiladilar. Quyonlar juda yaxshi maslahatlar bera olishadi, ko‘pchilik ularning maslahatlariga quloq tutadi.

Tabiiy ehtiyotkorlik va, maʼlum darajada, vijdon amri Quyonlarga barcha hayotiy sohalarda faoliyat boshlashdan avval, o‘z qadamini barcha ijobiy va salbiy tomonlarini sinchkovlik bilan o‘ylab ko‘rmay harakat qilishga yo‘l qo‘ymaydi. Bunday fikrlash tarzi odatda atrofdagilarga yoqadi va ular bu muchal vakillariga ishonch bilan munosabatda bo‘lishadi. Turli xalqlar eʼtiqodlaridan maʼlumki, quyonlar va mushuklar juda rivojlangan ichki sezgi va oldindan his qilish qobiliyatiga ega jonzotlar. Ular insonlar va boshqa narsalarning quvvat taʼsirini his qila oladilar. Munajjimlar esa mushuk va quyonlarda maxfiylik sifati borligini ham taʼkidlaydilar. Ular muloyim va odobli ko‘rinishadi, ammo ularning hech qachon hech kimni yaqin yo‘latmaydigan sirli hududlari ham mavjud bo‘ladi.

Decoration

Decoration

Quyonlar o‘z yashash joylarini, uylarini juda qattiq eʼtibor bilan jihozlaydilar. O‘z xonadonlarini ozoda, shinam va ko‘rkam tutish uchun, uylarida mehmonlarni uyalmay qabul qilish uchun Quyonlar o‘z vaqtlarini va mablag‘larini ayamaydilar. Ular hamma buyumlar, narsalar joy joyida turishini yoqtiradilar. Quyonlar doimo xushbichim va did bilan kiyinishadi, chiroyli ko‘rinishadi. Bu muchal vakillari nufuzli, obro‘li jamiyatlarda, katta kompaniyalarda bo‘lishni juda yoqtiradilar.
Ularning bu intilishi behuda ketmaydi, Quyonlar jamiyatning erkatoylari, ularni bemalol o‘zlarini ko‘rsata oladigan ijtimoiy shaxslar deb atash mumkin. Boshqa tomondan qaraganda, bu Quyonlar shaxsiyatida maʼlum bir yuzakilik sifati paydo bo‘lishiga olib keladi.

Quyonlar oilaviy munosabatlardan ko‘ra ko‘proq ijtimoiy hayotga ko‘proq intilishadi, ammo bu ularning ishqiy munosabatlari va nikohga jiddiy yondashuvlariga xalaqit bermaydi. Umr yo‘ldoshi tanlashda ular uzoq vaqt va jiddiylik bilan qaror qabul qiladilar. Odatda, oxirgi qarorlarini jiddiy ishqiy sarguzashtlar oqibatida qabul qilishadi. Quyonlar mehribon, shirinso‘z, sodiq inson bo‘lishga qodir, ammo oila oldidagi masʼuliyatlarini to‘liq anglamaydilar. Quyonlar uchun turmush o‘rtog‘i bilan, farzandlari bilan oila davrasida birgalikda vaqt o‘tkazish o‘rniga do‘stlar bilan ulfatchilik qilish ular uchun tabiiy holat sanaladi.

Agar Quyon rahbar lavozimiga o‘tib qolsa, o‘zining qo‘l ostidagi xodimlariga nisbatan ancha bag‘rikenglik bilan munosabatda bo‘ladi, lekin erkin fikr bildirishning aniq chegaralari ham bor. O‘z ishlarini epchillik bilan yuritish qobiliyati va foydali bitimlarga bo‘lgan ichki tuyg‘usi sababli bu muchal vakillari doim moddiy jihatdan yaxshi taʼminlangan bo‘ladilar. Quyonlarning omadi kelishiga tashqi omillar ham taʼsir ko‘rsatishi mumkin.

Bu insonlar kamdan kam vaziyatlarda o‘zlarining xotirjamligini yoki tinchligini buzadilar. Ishchi xodim sifatida ular juda masʼuliyatli, mehnatsevar va o‘ta kuzatuvchan bo‘ladilar. Ushbu sifatlar ularga har qanday professional sohada muayyan yutuqlarga erishishga yordam beradi. Quyonlar uchun eng ko‘p mos keladigan kasblar - ularning muloqot qilish mahoratidan foydalanish mumkin bo‘lgan sohalardir. Ulardan ajoyib diplomatlar, huquqshunoslar, siyosatchilar, olimlar va sanʼatkorlar yetishib chiqadi. Ushbu muchal vakillari o‘ziga xos didi, nozik taʼbi tufayli muvaffaqiyatli antikvar do‘kon egalari bo‘lishlari mumkin. Quyonlar moliyaviy ishlarida omadli, foydali bitimlarni sezadi va kerakli paytda harakat qila oladilar.

Jozibali, mehribon va yaxshi tarbiya ko‘rgan Quyon kuchli diplomat bo‘lishi mumkin, chunki u tabiatan eng murakkab mojarolarni tinch yo‘l bilan hal qilish va har qanday suhbatdosh bilan umumiy til topish qobiliyatiga ega.

Decoration

Quyon va boshqa muchallar munosabatlari

Ehtimol, Quyon uchun eng yaxshi juft Qo‘y bo‘lishi mumkin. Ikkisi ham ajoyib didli, taʼbi nozik muchallar, yoqimli va shinam hayotni yaxshi ko‘radilar.
Bir juft Quyon ham ajoyib uyg‘unlikni tashkil qilishi mumkin.

It va To‘ng‘iz bilan ham yaxshi munosabatlar o‘rnatish mumkin. It muchalining samimiyati, To‘ng‘iz muchalining chiroyli hayotga bo‘lgan muhabbati sababli Quyon ularga juda mos keladi. Haroratli va kengfeʼl To‘ng‘iz Quyonning hayotiga albatta quvonch olib kirishi mumkin.

Shuxratparast Tovuq bilan munosabatlar ko‘pincha yaxshi natija bermaydi. Ko‘zga tashlanib turishni yoqtirmaydigan, sezgir va kamsuqum Quyon xaddan tashqari maqtanchoq Tovuqning feʼllini hazm qila olmaydi.

Bu Yo‘lbars muchali bilan munosabatlarga ham tegishli. Quyon uni haddan tashqari tajovuzkor, xatti-harakatlarini esa sunʼiy, yasama deb hisoblaydi. Ammo baʼzi holatlarda, ular bir-birini ajoyib tarzda to‘ldirib, muvaffaqiyatli juftlikka aylanishlari mumkin.

Sahifamda zerikib qolmang!

  • O‘lmasoy Nishonova. Meni ishqdan sovutma dunyo...

    1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.

  • Abdul Boqiy

    Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan.
    Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi.

  • Yoqimli sheʼr

    Yoqimli sheʼr. O‘zim yozdim. O‘zimga.
    Sheʼr yo‘g‘ida bir o‘qishga yaroqli.
    Mazza qildim! Tasanno har so‘zimga!
    O‘qiyapman qayta qayta. Maroqli.

  • Hamkasbimga hazil

    (Hamkasbimga hazil)

    Ul yigitkim bir jahon, bu zamon bir donadur,
    Yo‘q demakim ko‘rkini, har sifat nishonadur.

    Bir Umar farzandi ul, kindik qoni Namangon,
    Makon bo‘ldi Andijon-kim, tahsili Farg‘onadur.

  • Yoshlarga to‘y hazili

    Fido bo‘ldi bir oshiqning hurlik oni to‘yxonada,
    Bir gul yuzli barno kutar bo‘ldi uni ostonada.

    Ahli yori o‘ynab kular oshiq ko‘nglin olmoq bo‘lib,
    Ammo oshiq ko‘ngli to‘yda emas balki durdonada.

  • Matmusaning kartasi - 2

    Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda,
    Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.

    Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q,
    Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q.
    Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb,
    Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.