Do‘stimki, dushmanimga do‘stlik qilarkan, uni men do‘st hisoblamayman. Zaharga qo‘shilgan shakardan ehtiyot bo‘l. Abu Ali ibn Sino.

Quyon muchali

Quyon muchali – 5 toifa insonlar

Quyon muchali nozik did, muloyimlik, ehtiyotkorlik va osoyishtalikka intilish kabi xususiyatlar bilan tavsiflanadi. Quyon muchali vakilining feʼl-atvoriga uning qaysi unsurga mansubligi ham taʼsir qilishi mumkin.

Muchal anʼanasiga ko‘ra, Quyon Suv, Olov, Tuproq, Metall va Yog‘och unsurlari bilan bog‘lanadi. Shu asosda Suv Quyon, Olov Quyon, Tuproq Quyon, Metall Quyon va Yog‘och Quyonning o‘ziga xos jihatlari bir-biridan farq qilishi mumkin.

Siz qaysi unsurga mansub Quyon ekaningizni aniqlang va muchalingizga xos xarakter xususiyatlari, odatlar va hayotga munosabat haqida ko‘proq bilib oling.

Decoration

Metall Quyon (1951, 2011, 2071)

Metall Quyonlar – orzu-istaklari yuqori, juda qobiliyatli va hayotiy maqsadlarini aniq ko‘ra oladigan shaxslardir. Ular juda og‘ir bosiq, o‘z qobig‘iga o‘ralgan inson kabi ko‘rinsalar ham, buni ular o‘z fikrlarini oshkora bildirmasliklari bilan izohlash mumkin. O‘tkir, tezkor va maʼlum darajada ayyor aqlga ega bo‘lgan Quyonlar muvaffaqiyatli tadbirkorlarga aylanishlari mumkin.

Ushbu yillarda tug‘ilgan shaxslar o‘zlarini sanʼatkor sifatida namoyon qilishlari mumkin. Ular yuqori, obro‘li jamiyat qatlamlarida o‘z o‘rnini topishi mumkin. Do‘stlari ko‘p emas, ammo mavjudlarini haqiqiy va sodiq do‘stlar deb atash mumkin. Metall Quyonlar o‘z xohish va maqsadlarini shunchalik yaxshi bilishadiki, bu borada ular bilan tenglashadigan boshqa inson topilishi qiyin.

Decoration

Decoration

Suv Quyon (1903, 1963, 2023)

Suv Quyonlar atrofidagi odamlarlar orasida juda mashhur bo‘lishadi. Bunga ularning boshqalarning fikrlari va his-tuyg‘ularini doimo inobatga olishi, baʼzan ularni qalbiga juda yaqin olishi sabab bo‘ladi. Bunday yuqori sezgirlik vaqt-vaqti bilan ularni depressiya holatiga tushirib qo‘yadi, ammo, baxtga ko‘ra, bunday holatlar tez o‘tib ketadi. Ular ajoyib ichki sezgi hissiga ega bo‘lib, barcha harakatlarini puxta o‘ylab, tartib bilan amalga oshiradilar. Suv Quyonlar o‘z fikrlarini aniq ifodalashadi, kuchli xotiraga ega bo‘lishadi. Lekin vaqti vaqti bilan ular dunyodan uzilib, o‘z olamiga kirib ketishadi.

Suv Quyonlar o‘zlarini boshqarishni o‘rganishlari kerak. Boshqalarning muammolari ustida haddan tashqari ko‘p o‘ylanib, ortiqcha tashvishlanib yurish ularni o‘zi uchun zararli bo‘lishi mumkin, harchand yaqinlari va hamkasblari ularning bu xislatini juda qadrlasalar ham.

Decoration

Yog‘och Quyon (1915, 1975, 2035)

Yog‘och Quyonlar juda muloyim, do‘stona va har qanday vaziyatlarga oson moslashuvchan insonlardir. Hamkasblarning qo‘llab-quvvatlashiga tayanib yashash istagi ularni mexnat jamoalariga jalb qiladi, zero, yolg‘iz ishlash ular uchun unchalik yoqimli emas. Yog‘och Quyonlar uchun atrofdagi odamlar ularga yaxshi munosabatda bo‘lishi, zarurat tug‘ilganda yordam berishi muhim ahamiyatga ega. Yog‘och Quyonlar ko‘proq tanishlar orttirishga, faol hayot kechirish va turli tadbirlarda ishtirok etishga harakat qilishadi. Ularning saxovatli va bag‘rikeng xulqi atrofdagilarning hurmatiga sazovor bo‘ladi.

Yog‘och Quyon o‘z hayotini yaxshilash uchun ko‘proq bag‘rikenglik, ochiqlik namoyish qilishlari kerak. Agar atrofdagilardan yordam berishlarini istasa, avval ularga o‘z rejalarini oshkor qilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Decoration

Olov Quyon (1927, 1987, 2047)

Olov Quyonlar do‘stona, ochiqko‘ngil, diplomatik va mulohazali shaxslardir. Ular barcha bilan tinch va barqaror munosabatlarni saqlashga intiladilar va buni muvaffaqiyatli amalga oshiradilar. Olov Quyonlar bolalar bilan juda yaxshi til topishadilar. Buning sababi, ehtimol, ular inson ruhiyatini yaxshi tushunishlarida bo‘lsa kerak. Ular kuchli irodaga ega bo‘lishlari bilan birga, ular shoshilmay harakat qilishadi, ishlarda kutilmagan burilishlar yuzaga kelganda tushkunlikka tushib qolishlari bor. Noqulay muhitda ular o‘zlarini juda qiyin ahvolda his qilishadi. Olov Quyonlar boshqa muchallarga qaraganda kuchli ichki sezgiga ega bo‘lishadi. Ular orasida ekstrasenslar ham uchrab turadi.

Hayotda ko‘proq yutuqlarga erishish uchun, gan Olov Quyonlar o‘zlari tabiatan kuchli shaxs bo‘lishiga qaramay, boshqalarning yordamini ham inkor etmasliklari kerak.

Decoration

Tuproq Quyon (1939, 1999, 2059)

Tuproq Quyonlar — juda aqlli, zukko va yashirin shaxslar bo‘lib, ular oddiy va ko‘zga tashlanmaydigan hayot tarzini afzal ko‘radilar. Ular doim o‘z fikrida qolib, tenchgina kelgusi rejalarini tuzib olib, keyin ularni amalga oshirishni maʼqul ko‘radilar. Bunday kamsuqum odamlar o‘z maqsadlariga erishish uchun juda qattiq va uzoq mehnat qilishlari mumkin. Tuproq Quyonlar muvaffaqiyatli biznesmen bo‘lishlari mumkin, ayniqsa moliya sohasida ularga omad kulib boqadi. Ular o‘z fikrlarini ishonchli yetkaza olishlari sababli hamfikrlar, hamkorlar topishi oson kechadi. Ularning fikrlari katta ahamiyatga ega bo‘ladi, do‘stlari va hamkasblari ularni juda hurmat qiladilar.

Tuproq Quyonlar o‘ta yashirin bo‘lishdan o‘zlarini tiyishlari lozim, chunki bu xususiyat ularga ko‘plab imkoniyatlarni qo‘ldan chiqarishga sabab bo‘lishi mumkin.

Sahifamda zerikib qolmang!

  • O‘lmasoy Nishonova. Meni ishqdan sovutma dunyo...

    1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.

  • Abdul Boqiy

    Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan.
    Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi.

  • Hamkasbimga hazil

    (Hamkasbimga hazil)

    Ul yigitkim bir jahon, bu zamon bir donadur,
    Yo‘q demakim ko‘rkini, har sifat nishonadur.

    Bir Umar farzandi ul, kindik qoni Namangon,
    Makon bo‘ldi Andijon-kim, tahsili Farg‘onadur.

  • Yoqimli sheʼr

    Yoqimli sheʼr. O‘zim yozdim. O‘zimga.
    Sheʼr yo‘g‘ida bir o‘qishga yaroqli.
    Mazza qildim! Tasanno har so‘zimga!
    O‘qiyapman qayta qayta. Maroqli.

  • Yoshlarga to‘y hazili

    Fido bo‘ldi bir oshiqning hurlik oni to‘yxonada,
    Bir gul yuzli barno kutar bo‘ldi uni ostonada.

    Ahli yori o‘ynab kular oshiq ko‘nglin olmoq bo‘lib,
    Ammo oshiq ko‘ngli to‘yda emas balki durdonada.

  • Matmusaning kartasi - 2

    Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda,
    Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.

    Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q,
    Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q.
    Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb,
    Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.