Donishmandlik bizga hayot so‘qmoqlarida ulug‘ saodatni hozirlab inʼom etuvchi vositadir. Abu Ali ibn Sino.

Ilon muchali

Ilon muchali – umumiy tavsif

Umumiy tavsif

(1905, 1917, 1929, 1941, 1953, 1965, 1977, 1989, 2001, 2013, 2025)

Insonlar ilonlarni turlicha qabul qilishadi. Sharq mamlakatlarida ilonlarga boshqacha qarashgan: ularga hurmat bilan munosabatda bo‘lishgan va ularni donolik, iroda va o‘tkir aql timsoli sifatida ko‘rishgan.

Qadimgi xalqlarda hatto ilohlar orasida shifobaxsh kuch va unumdorlik ramzi bo‘lgan Ilon ham mavjud bo‘lgan. Xitoyliklar uchun ilon – xavfli va makkor mavjudot. Shunga qaramay, ular ilonni hurmat qilishadi.

Ilon muchalida tug‘ilgan shaxslar nafislik va noziklik timsolidir. Ular tashqi ko‘rinishi bilan diqqatni tortadi va go‘yo sirli bir jozibaga ega. Bu insonlar yuqori darajadagi aqliy salohiyat, donolik va falsafiy qarashlarga moyillik bilan ajralib turadi. Ular tug‘ilishi bilan o‘ziga xos kuchli intuitsiyaga ega bo‘lib, go‘yo odamlarning qalbini va ong ostiga kirib borish qobiliyatiga ega bo‘lishadi.

Ilon muchalidagi insonlar o‘z tuyg‘ulariga ko‘proq ishonadi, asos va dalillarga yoki boshqalarning fikriga unchalik ahamiyat bermaydi. Ular o‘z xatolaridan dars oladi, lekin ular kamdan-kam hollarda xato qilishadi.

Ilon muchali vakillari moliyaviy masalalarda muvaffaqiyatlidirlar. Pul ularga osonlik bilan keladi, shuning uchun ular moddiy farovonlik haqida ko‘p bosh qotirmaydilar. Kerak bo‘lsa, o‘zlari uchun mablag‘ topishda qiyinchilik sezmaydilar. Ammo buning kamchiligi shundaki, ular qarilikda ortiqcha tejamkorlikka moyil bo‘lib qolishlari mumkin.

Decoration

Decoration

Ilon muchalidagi odamlar munosib juft tanlashda ehtiyotkorlik bilan harakat qilishadi va bu jarayon ko‘p vaqtni talab qilishi mumkin. Biroq ular oila qurganlaridan keyin juftlariga, oilasiga sodiq qoladi. Ularda ko‘pincha kuchli hasad, rashk hissi kuzatiladi. O‘z his-tuyg‘ularidan voz kechish yoki muhabbatini yo‘qotgan insonlaridan kechib, ularga erkinlik berish Ilonlar uchun juda og‘ir masala.

Ilonlar vaziyatni sinchkovlik bilan tahlil qilib, aniq bir strategiya asosida harakat qilishadi. Ular ayniqsa og‘ir sharoitlarda maqsadga yetishish uchun har qanday murakkablikni yengishga qodir. Kuchli harakatdan so‘ng ularga tanaffuslar zarur bo‘lib turadi, chunki jismoniy va maʼnaviy tiklanish ular uchun muhimdir. Shuning uchun baʼzida atrofdagilar ularni sust, harakatsiz deb qabul qilishlari mumkin.

Ilon muchalidagi insonlar ko‘pincha o‘zini yopiq, jamiyatdan uzoq tutishadi, yaqin do‘st tanlashda esa sinchkovlik ko‘rsatishadi. Ular o‘zlariga yaqin odamlarga nisbatan ehtiyotkor va himoyachidir. Biroq ulardan yordam so‘rab chaqirganlarida hech ikkilanmasdan yordam beradilar.

Bu muchalda tug‘ilgan odamlar tadqiqot, tashkilotchilik, fan yoki sanʼat kabi sohalarda o‘zini namoyon qiladi. Ular uchun erkin harakat qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan kasblar mos keladi. Ilon muchali vakillari doimiylik, masʼuliyat va o‘z ideallariga sodiqligi bilan ajralib turadilar. Ular o‘ziga xos jozibali, mistik, sirli taʼsirga ega odamlardir.

Ilon muchali vakillari o‘z hayotlarida barqarorlik va ichki tenglikka intiladilar. Ular aql, iroda va hayotiy donolik bilan har qanday qiyinchiliklarni yengib o‘tadilar.

Decoration

Ilon va boshqa muchallar munosabatlari

Ilon har doim quvnoq va ishonchli, ham moddiy, ham ruhiy boylikka, kuchli quvvat maydoniga ega bo‘lgan insonlarga intiladi. Sigir ular uchun aynan mana shunday inson bo‘lishi mumkin.

Ilon va Xo‘roz o‘rtasida ham yaxshi munosabatlar bo‘lishi mumkin, ayniqsa iqtisod va biznes sohalarida juda yaxshi hamkorlik qilishadi. Ilon aqlli, Tovuqni esa boshqarish oson. Tovuqni donho‘ragini tilladan qilib qo‘ysa bas, u Ilonning og‘zidan don cho‘qishga tayyor bo‘ladi.

Ilon va Ajdar munosabatlari ham yaqin bo‘lishi mumkin, chunki ular bir-birini yaxshi to‘ldirib turishadi. Ilon Ajdar ortidan ergashib, uning katta rejalarini amalga oshirishda yordam beradi.

Sichqon bilan hamkorlik qilganda, Ilon unga hurmat ko‘rsatib turishi va oraliq masofa saqlashi kerak.

Ilon kelisha olmaydigan muchal bu To‘ng‘iz muchali. To‘ng‘iz juda sezgir, uni aldashga harakat qilishayotganini darhol payqab qoladi. Ilon va To‘ng‘iz orasida chuqur ishonchsizlik jarligi mavjud.

Ilonning yana bir raqibi - Maymun. Maymunning betinim aqli Ilonning rejalarini bexato anglab oladi va uning tinchligini buzadi. Bu ikki muchal vakillari bir-biriga hech qachon ishonishmaydi.

Sahifamda zerikib qolmang!

  • O‘lmasoy Nishonova. Meni ishqdan sovutma dunyo...

    1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.

  • Abdul Boqiy

    Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan.
    Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi.

  • Yoqimli sheʼr

    Yoqimli sheʼr. O‘zim yozdim. O‘zimga.
    Sheʼr yo‘g‘ida bir o‘qishga yaroqli.
    Mazza qildim! Tasanno har so‘zimga!
    O‘qiyapman qayta qayta. Maroqli.

  • Hamkasbimga hazil

    (Hamkasbimga hazil)

    Ul yigitkim bir jahon, bu zamon bir donadur,
    Yo‘q demakim ko‘rkini, har sifat nishonadur.

    Bir Umar farzandi ul, kindik qoni Namangon,
    Makon bo‘ldi Andijon-kim, tahsili Farg‘onadur.

  • Yoshlarga to‘y hazili

    Fido bo‘ldi bir oshiqning hurlik oni to‘yxonada,
    Bir gul yuzli barno kutar bo‘ldi uni ostonada.

    Ahli yori o‘ynab kular oshiq ko‘nglin olmoq bo‘lib,
    Ammo oshiq ko‘ngli to‘yda emas balki durdonada.

  • Matmusaning kartasi - 2

    Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda,
    Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.

    Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q,
    Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q.
    Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb,
    Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.