Donishmandlik bizga hayot so‘qmoqlarida ulug‘ saodatni hozirlab inʼom etuvchi vositadir. Abu Ali ibn Sino.

Ilon muchali

Ilon muchali – 5 toifa insonlar

Ilon muchali Sharq muchal tizimida zukkolik, sinchkovlik, vazminlik va chuqur mushohada bilan bog‘lanadi. Ilon muchali vakillarining feʼl-atvorida ehtiyotkorlik va vaziyatni kuzatib, keyin harakat qilish kabi jihatlar alohida namoyon bo‘lishi mumkin.

Ilon muchali Suv, Olov, Tuproq, Metall va Yog‘och unsurlari bilan bog‘liq. Qaysi unsurga mansublikka qarab, Ilon muchali vakilining dunyoqarashi, munosabatlari, qaror qabul qilishi va hayotga yondashuvida turli xususiyatlar ko‘rinishi mumkin.

Siz Suv, Olov, Tuproq, Metall yoki Yog‘och Ilon ekaningizni aniqlang va o‘z unsuringizga xos jihatlar haqida ko‘proq bilib oling.

Decoration

Metall Ilon (1941, 2001, 2061)

Metall Ilonlar odatda kamtar, sokin, ko‘zga tashlanmaydigan shaxslar bo‘lib, boshqalardan o‘zlarining mustaqilligi bilan ajralib turadilar. Ular qalblarini faqat o‘zlari ishongan bir necha insonga ochadilar, bu ishonchni qozonish esa oson emas. Metall Ilonlar tijoratda foydali va muvaffaqiyatli loyihalarni aniqlash qobiliyatiga ega, ular bu ishlarga katta ishtiyoq va qatʼiyat bilan yondashadilar.

Ular, ayniqsa, yakka tartibda ishlashni maʼqul ko‘rishadi. Har qanday vaziyatda tez va oson yo‘l topa oladilar. Moliyaviy masalalarda Metall Ilonlar juda bilimdon va foydali investitsiyalarni amalga oshirishda tengi yo‘qdir. Metall bu muchal vakillariga haqiqiy metin iroda va matonat baxsh etadi. Boshqa metall muchallar kabi, Metall Ilonlar har qanday salbiy sharoitlarni yengib o‘tib, maqsadiga yetishga qodir bo‘ladilar.

Metall Ilonlar hashamatli hayotni, sanʼatni qadrlaydi, musiqani yaxshi tushunadi. Ular o‘zlarini qulay va chiroyli muhit bilan o‘rab olishni yaxshi ko‘radilar va bu borada yuqori taʼbga ega bo‘lishadi.

Metall Ilonlarning do‘stlari kam, ammo ular sinalgan va ishonchli insonlardir. Ular sevgan odamlariga nisbatan juda saxovatli va himmatli bo‘lishadi.

Decoration

Decoration

Suv Ilon (1953, 2013, 2073)

Suv Ilon – barcha Ilonlar orasida eng makkor va eng kuchli hisoblanadi. Bu muchal vakillari, boshqa Ilonlar kabi, yaqqol individualist bo‘lib, atrofidagilarni o‘z manfaatlari yo‘lida mohirlik bilan boshqara oladi. Suv Ilon kechirimli bo‘lishga moyil emas, xato yoki adolatsizlikni hech qachon unutmaydi. Ular qasosni puxta o‘ylab, zarur payt kelguniga qadar yillab kutishi mumkin.

Suv Ilonlar juda ko‘p qiziqishlarga ega bo‘lib, bilim olish va o‘zini o‘zi rivojlantirishga bo‘lgan intilishi umrining oxirigacha saqlanib qoladi. Bu muchal vakillari tadqiqot ishlariga qiziqadi va bu yo‘nalishda katta muvaffaqiyatlarga erishadi. Ular aʼlo darajada xotiraga, aql-zakovatga, hamda moliya va biznesni yaxshi tushunish qobiliyatiga ega.

Suv Ilonlarning xatti-harakatlari va nutqi juda sokin va vazmin ko‘rinishda bo‘ladi, biroq ularning feʼli va irodasi qo‘yilgan maqsadga erishish uchun yetarlidir.

Suv Ilonlar o‘z oilalari va do‘stlariga nisbatan beqiyos sadoqatli insonlar hisoblanishadi.

Decoration

Yog‘och Ilon (1905, 1965, 2025)

Yog‘och Ilon – barcha Ilonlar orasidagi eng kam makkorlik va ayyorlikka ega bo‘lgan muchal hisoblanadi. Ularda Ilon muchali vakillari uchun g‘ayritaʼbiy bo‘lgan mehribonlik va qalbdan iliqlik sifatlari mavjud. Yog‘och Ilonlarga ilm, kuchli aql idrok, o‘tkir zehn, orzu-umidga to‘la bo‘lish, yaxshi xulq-atvor xosdir. Ular juda samimiy bo‘lishadi va insonlarning zaifliklariga nisbatan ancha bag‘rikeng bo‘ladilar. Bu muchalda tug‘ilganlarning ko‘pchiligi keng doiradagi do‘stlar va ularning isteʼdodiga qoyil qoluvchi muxlislarga ega.

Shu bilan birga, ular barqaror va tinch hayotni afzal ko‘radilar, ortiqcha aralashuv va keraksiz maslahatlardan qochadilar. Bunday sharoitlarni yaratish uchun ular o‘zlaridagi barcha qobiliyatlarni, hayratlanarli darajada ishontirish mahoratlari, atrofdagi fikrdoshlarni jalb qilish qobiliyati, deyarli mistik magnitizm, notiqlik, tezkor fikrlash, chuqur aql-zakovat va rivojlangan intuitsiya kabilarni ishga soladilar.

Yog‘och Ilonlar ko‘plab qiziqishlarga ega, biroq ularni eng ko‘p jalb qiladigan sohalar bu sanʼat va ijodkorlikdir. Suratlar va qadimiy antikvar ashyolarni to‘plash ularga haqiqiy quvonch baxsh etadi.

Yog‘och Ilonlar doimo shon-sharafga intilishadi va juda katta orzular qilishadi.

Decoration

Olov Ilon (1917, 1977, 2037)

Olov Ilon boshqa Ilonlardan o‘zining eng yuqori darajadagi faolligi, harakatchanligi va kuchli energiyasi bilan ajralib turadi. Ular o‘ziga ishongan, kibrli insonlar bo‘lib, o‘z fikrlarini ochiq va oshkora aytishadi, hatto bu fikrlar umumiy qarashlarga zid bo‘lsa ham. Olov Ilonlarning tabiati biroz murakkab – ular juda tanqidchi bo‘lishadi. Har qanday inson ularning o‘tkir tili va tanqidi ostiga tushishi mumkin. Boshqa Ilonlar bilan solishtirganda, unchalik sovuqqon emas.

Olov Ilon boshqalar bilan yaqin munosabat o‘rnatishda qiyinchilikka duch keladi, biroq o‘z tanishlari bilan osonlikcha xayrlashadi, hech qachon o‘z xatolarini tan olmaydi. Qarshi jins vakillari bilan munosabatlarda esa ular o‘ta rashkchi va juftlari ustidan to‘liq nazorat o‘rnatishga harakat qilishadi.

Olov Ilonlar kuchli liderlik qobiliyatiga ega. Ular notiqlik sanʼatida mahoratli bo‘lib, ularning ishonchli va taʼsirli nutqlari odamlarni o‘ziga rom etib qo‘yadi. Bu muchal vakillari kuchli hazillari, jamiyat ishlarida faolligi, sayohatlarni juda yaxshi ko‘rishi bilan ajralib turadilar.

Agar Olov Ilonlar atrofidagi odamlar bilan muloqotda kamroq qatʼiy va keskin bo‘lishni o‘rgansalar, bu ularning hayotini yana-da oson va samarali qiladi.

Decoration

Tuproq Ilon (1929, 1989, 2049)

Tuproq Ilonlar ilonlar orasidagi eng hissiyotli va samimiy xarakterli insonlar. Ular yoqimtoy va samimiy insonlar bo‘lib, masʼuliyatli va ishonchli xodimlar sifatida tanilgan. Tuproq Ilonlar aql va mantiqiy yondashuvga asoslangan holda ish ko‘rishadi, tezkor qarorlar qabul qilishni yoqtirmaydilar.

Tuproq Ilon yilida tug‘ilgan insonlarning dunyoviy boyliklarga – hokimiyat, pul va ular orqali sotib olish mumkin bo‘lgan hamma narsaga nisbatan haqiqiy ishtiyoqi bo‘ladi. Eng yomon holatda ular xasis yoki to‘plamoqchi bo‘lgan boyliklariga mutlaq bog‘liq inson bo‘lib qolishi mumkin. Eng yaxshi holatda esa ular tejamkor va aqlli mulkdorlar sifatida hayot kechiradilar.

Ko‘pincha, Tuproq Ilonlar moliyaviy barqarorlikka osonlikcha erishadilar va hayotlari ko‘plab do‘stlar davrasida o‘tadi. Ular yaqinlari va qarindoshlari bilan muloqotda mislsiz saxiylik va sodiqlikni namoyon qiladilar.

Tuproq Ilonlar o‘z hayoti sifatini yana-da yaxshilash uchun ko‘proq ehtiyotkorlik va eʼtiborni kuchaytirishlari zarur.

Sahifamda zerikib qolmang!

  • O‘lmasoy Nishonova. Meni ishqdan sovutma dunyo...

    1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.

  • Abdul Boqiy

    Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan.
    Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi.

  • Yoqimli sheʼr

    Yoqimli sheʼr. O‘zim yozdim. O‘zimga.
    Sheʼr yo‘g‘ida bir o‘qishga yaroqli.
    Mazza qildim! Tasanno har so‘zimga!
    O‘qiyapman qayta qayta. Maroqli.

  • Hamkasbimga hazil

    (Hamkasbimga hazil)

    Ul yigitkim bir jahon, bu zamon bir donadur,
    Yo‘q demakim ko‘rkini, har sifat nishonadur.

    Bir Umar farzandi ul, kindik qoni Namangon,
    Makon bo‘ldi Andijon-kim, tahsili Farg‘onadur.

  • Yoshlarga to‘y hazili

    Fido bo‘ldi bir oshiqning hurlik oni to‘yxonada,
    Bir gul yuzli barno kutar bo‘ldi uni ostonada.

    Ahli yori o‘ynab kular oshiq ko‘nglin olmoq bo‘lib,
    Ammo oshiq ko‘ngli to‘yda emas balki durdonada.

  • Matmusaning kartasi - 2

    Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda,
    Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.

    Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q,
    Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q.
    Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb,
    Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.