Donishmandlik bizga hayot so‘qmoqlarida ulug‘ saodatni hozirlab inʼom etuvchi vositadir. Abu Ali ibn Sino.

Maymun muchali

Maymun muchali – 5 toifa insonlar

Maymun muchali vakillari zukkolik, topqirlik, qiziquvchanlik va yangilikka intilishi bilan ajralib turadi. Ammo Maymun muchalida tug‘ilgan insonlarni yana besh toifaga ajratish mumkin. Bu farq ularning qaysi unsurga mansubligi bilan bog‘liq.

Suv, Olov, Tuproq, Metall va Yog‘och Maymun — bir muchalning besh xil ko‘rinishi. Har bir unsur Maymun muchali vakilining xarakter xususiyatlari, dunyoqarashi, odamlar bilan munosabati va hayotga yondashuvida o‘ziga xos jihatlarni namoyon qiladi.

Siz qaysi toifaga mansub Maymun ekaningizni aniqlang va o‘zingizga xos xususiyatlar bilan tanishing.

Decoration

Metall Maymun (1920, 1980, 2040)

Metall Maymunlar dono, izzattalab, o‘ziga ishonuvchan, kuchli irodaga ega va maqsadga intilishi bilan ajralib turadilar. Bu muchal vakillari moliyaviy masalalarni yaxshi tushunishadi va muvaffaqiyatli sarmoyalar kiritishadi. Ular o‘ta shaxsiyatli insonlar bo‘lib, yakka tartibda ishlashni afzal ko‘radilar, lekin jamoat ichida dam olib zavqlanishni yoqtirishadi. Irodali mustaqil tabiati ularning jamiyatda ichiga kirishiga xalal bermaydi. Ular jamiyat tadbirlari, ko‘rgazmalar va kechalarni juda yaxshi ko‘radilar, hech qanday qabullarni, banket, moda premyerasi yoki spektaklni o‘tkazib yubormaslikka harakat qiladilar. Maymun o‘z yaqinlariga yaxshi munosabatda bo‘lib, ularga g‘amxo‘rlik qiladi.

Metall Maymunlarga haddan tashqari o‘ziga ishonuvchan bo‘lmaslik tavsiya etiladi. Shuningdek, jamiyatda yulduzdek porlash istagidan tashqari, o‘zlaridagi bor iqtidorlarni ham rivojlantirish kerakligini ham esda tutishlari lozim.

Decoration

Decoration

Suv Maymun (1932, 1992, 2052)

Suv Maymun hissiyotlarga boy va nozik xususiyatga ega. U boshqa maymunlarga qaraganda yaxlitroq shaxsiyatga ega, shuning uchun ko‘pincha bir yo‘nalishni tanlaydi va shu yo‘lda maqsad sari intilib, malakali xizmat qiladi. Bu muchal vakillari ko‘pincha suhbatlarda o‘z rejalarini oshkor etmaslikka, yashirin bo‘lishga harakat qilishadi. Ularda ishontirish qobiliyati borligi tufayli hamfikrlar topish qiyin bo‘lmaydi. Suv Maymun odamlarni yaxshi tushunadi, shu sababli ularda ishontirish qobiliyatiga yaxshi rivojlangan, bu esa uning ko‘plab tarafdorlar bo‘lishiga yordam beradi. U boshqalar bilan yaxshi munosabatda bo‘ladi, chunki insonlarning barcha nuqsonlarini yaxshi biladi. Suv Maymun o‘ziga nisbatan bildirilgan tanqidiy fikrlarni mutlaqo yoqtirmaydi.

Ular baʼzida to‘g‘ri yo‘l tanlashga xalaqit beruvchi ikkilanishdan xalos bo‘lishlari kerak.

Decoration

Yog‘och Maymun (1944, 2004, 2064)

Yog‘och Maymunlar – masʼuliyatli, mahoratli, hurmatga sazovor, ilg‘or xodimlar bo‘lib, hamkasblari ishonchini qozonishgan. Yog‘och Maymunlar tasavvuri juda yaxshi rivojlangan, ularda yangi bilimlar olishga kuchli intilish bor. Yog‘och Maymun juda boy tasavvurga ega, uning fikrlari har doim yangi g‘oyalar bilan to‘lib-toshgan bo‘ladi, u katta ishtiyoq bilan oldinga intiladi. Biroq boshlagan ishlari kutilganidek bo‘lmay qolganda, Maymun o‘z ishtiyoqini butunlay yo‘qotadi, hammasidan ko‘ngli sovib, hatto depressiyaga tushib qolishi ham mumkin. Shunga qaramay, bu holat unda uzoq davom etmaydi. Tez orada u yana tavakkal qilishga tayyor bo‘ladi, yangi sarguzashtlarga kirishadi yoki o‘zi yaxshi ko‘radigan sayohatlarga otlanadi.

Hayotini yaxshilash uchun Yog‘och Maymun kelajakka ko‘proq ishonch va umid bilan qarashi, haqiqatlar orzularga to‘g‘ri kelmay qolgan vaziyatlarda ruhan tushkunlikka tushib qolmasligi kerak.

Decoration

Olov Maymun (1956, 2016, 2076)

Olov Maymunlar katta hayotiy kuch zaxirasi, aql, boy tasavvur va barcha voqealardan xabardor bo‘lishga yordam beradigan qiziquvchanlik xislatlari bilan ajralib turadilar. Ularning turli tuman qiziqishlari baʼzida eng foydali va manfaatli ishlardan chalg‘ib, bekorchi mashg‘ulotlarga berilib ketishiga olib keladi. Agar voqealar Olov Maymunlarning rejalariga qarshi ketishni boshlasa, ular o‘jarlik qilishni boshlashlari, irodasi zaifroq odamlarni bo‘ysundirishi mumkin. Umuman olganda, ular atrofdagi insonlarning hurmatini qozonishda qiyinchilik sezmaydilar. Shiddatli his hayajonga to‘la hayot tarzi, boshqa Maymunlarga xos bo‘lmagan samimiyati atrofdagilar bilan nizolar kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu yillarda tug‘ilgan insonlar jonli xarakterga ega bo‘lishadi, qarshi jins vakillari o‘rtasida katta muvaffaqiyatga erishadilar, o‘z juftlari va hamkorlariga juda sodiq bo‘ladilar.

Olov Maymun o‘zining o‘jarligini kamaytirishi, atrofdagilarga nisbatan sabr-toqatli bo‘lishni o‘rganishlari lozim.

Decoration

Tuproq Maymun (1908, 1968, 2028)

Tuproq Maymunlar bilimdonlik, qiziquvchanlik, g‘amxo‘rlik, odob-axloq va muhtojlarga nisbatan bag‘rikenglik munosabatlari bilan ajralib turadilar. Tuproq Maymun boshqa maymunlarga nisbatan kamtarroq bo‘lishadi, ko‘proq jiddiy va xotirjam ishlarni afzal ko‘rishadi. Ularning munosabat o‘rnatish qobiliyati yuqori bo‘lsa-da, muloqot ularning hayotida birinchi o‘rinda turmaydi. Ular omma eʼtiborini qozonishga intilmaydilar, aksincha, o‘zlari kabi fikrlaydigan insonlarning tor doirasida bo‘lishni afzal ko‘radilar. Kasbiy faoliyatlarida ular odatda katta muvaffaqiyatlarga erishadilar. Moliyaviy sohada va savdoda ularga ko‘pincha omad yor bo‘ladi, ko‘p hollarda ular yetuk yoshga yetishganida yaxshigina boylik egasi bo‘ladilar.

Tuproq Maymunni hamma hurmat qiladi va yaxshi ko‘radi, uning o‘zini tutishi atrofdagilarga xotirjamlik bag‘ishlaydi. Ishonchini qozona olgan insonlarga nisbatan u alohida eʼtibor ko‘rsatadi.

Sahifamda zerikib qolmang!

  • O‘lmasoy Nishonova. Meni ishqdan sovutma dunyo...

    1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.

  • Abdul Boqiy

    Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan.
    Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi.

  • Yoqimli sheʼr

    Yoqimli sheʼr. O‘zim yozdim. O‘zimga.
    Sheʼr yo‘g‘ida bir o‘qishga yaroqli.
    Mazza qildim! Tasanno har so‘zimga!
    O‘qiyapman qayta qayta. Maroqli.

  • Hamkasbimga hazil

    (Hamkasbimga hazil)

    Ul yigitkim bir jahon, bu zamon bir donadur,
    Yo‘q demakim ko‘rkini, har sifat nishonadur.

    Bir Umar farzandi ul, kindik qoni Namangon,
    Makon bo‘ldi Andijon-kim, tahsili Farg‘onadur.

  • Yoshlarga to‘y hazili

    Fido bo‘ldi bir oshiqning hurlik oni to‘yxonada,
    Bir gul yuzli barno kutar bo‘ldi uni ostonada.

    Ahli yori o‘ynab kular oshiq ko‘nglin olmoq bo‘lib,
    Ammo oshiq ko‘ngli to‘yda emas balki durdonada.

  • Matmusaning kartasi - 2

    Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda,
    Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.

    Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q,
    Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q.
    Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb,
    Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.