Donishmandlik bizga hayot so‘qmoqlarida ulug‘ saodatni hozirlab inʼom etuvchi vositadir. Abu Ali ibn Sino.

Sichqon muchali

Sichqon muchali – 5 toifa insonlar

Sichqon muchalida tug‘ilgan insonlarning barchasi bir xil xarakterga ega bo‘lmaydi. Sharq muchal tizimiga ko‘ra, Sichqon muchali vakillari Suv, Olov, Tuproq, Metall va Yog‘och unsurlariga bo‘linadi. Shu sababli bir muchal va bir xil Sichqon yilida tug‘ilgan insonlarning ayrim xususiyatlarida ham farq bo‘lishi mumkin.

Agar siz Suv, Olov, Tuproq, Metall yoki Yog‘och Sichqon bo‘lsangiz, o‘z unsuringizga xos xususiyatlar bilan boshqa Sichqon muchali vakillaridan ajralib turasiz. Har bir unsur Sichqon muchalining xarakteri, odatlari, munosabatlari va hayotga yondashuvida o‘ziga xos jihatlarni ifodalaydi.

Qaysi unsurga mansub Sichqon ekaningizni aniqlang va Sichqon muchali va uning unsurlari haqida batafsil maʼlumot oling.

Decoration

Metall Sichqon (1900, 1960, 2020)

Ushbu yillarda tug‘ilgan insonlar o‘zining orzu istaklari bilan, haqiqatgo‘yligi, halolligi va boshlagan ishlarini hatto og‘ir mehnat evaziga bo‘lsa ham muvaffaqiyatli yakuniga yetkazishga intilishi bilan ajralib turadi. Shu bilan birga, bu yillarning “Metall” deb atalishi ham bejiz emas. Metall Sichqonlar xarakterida moslashuvchanlik xislati mavjud emas. Metall ularga qatʼiyat va, har qanday narx evaziga bo‘lsada, o‘z fikrida va maqsadida matonatli turish istagini beradi. Ular ko‘pincha ijodiy yoki noodatiy fikrlashdan uzoq bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarorlar qabul qiladilar. Hayotlarini yaxshilash uchun Metall Sichqonlar ko‘proq murosa qilishlari, boshqalar fikriga ham yon bosishlari maqsadga muvofiq bo‘lardi.

Decoration

Decoration

Suv Sichqon (1912, 1972, 2032)

Suv Sichqonlari insonlarni diplomatik yo‘l bilan ishontirish qobiliyatiga ega bo‘lishadi. Odatda, bunday insonlar kelajakda ro‘y berishi yoki rivojlanishi kutilayotgan anʼanalar haqida ko‘p narsalarni bilishadi. Ular doimo faol bo‘lishadi, «suv yuzasida suzib» yurishadi. Biroq, bu faollik ortida ortiqcha sezgirlik va oqim bo‘ylab suzish istagi yashringan. Suv Sichqon boshqalarning fikrlari va maslahatlariga qaram bo‘lib qolishi mumkin. Bunday Sichqonlarga sustkashlik va “G‘oliblik” nashidasini surish istagiga qarshi kurashishga to‘g‘ri keladi. Garchi Suv Sichqon o‘ziga nisbatan ko‘proq eʼtibor talab qilsa-da, uni sevib qolish oson, chunki u shunchalik ko‘p ijobiy xislatlarga egaki, baʼzan bu yaxshi xislatlar haqiqatdan uzoqdek tuyuladi.

Suv Sichqonlari ko‘proq ochiqlik va muloqotga intilsalar yaxshi bo‘lardi. Vaqt-vaqti bilan tashabbusni o‘z qo‘llariga olishlari ham ziyon qilmaydi.

Decoration

Yog‘och Sichqon (1924, 1984, 2044)

Yog‘och unsur sifatida sifatida yaratuvchanlik, quruvchilik ramzi bo‘lgani sababli, bu muchalda tug‘ilgan Sichqonlar o‘z qilgan ishlarida sanʼatkorlik bilan yondashadilar. Bunday insonlar axloqni himoya qilish uchun kurashadilar. Ular shug‘illanayotgan faoliyat muvaffaqiyatli rivojlanib, kengayib borishi mumkin. Shuningdek, ushbu muchalda tug‘ilganlar g‘ayrioddiy omadli insonlar sanalishadi. Tabiiy jahldor bo‘lgan bu Sichqonlar baʼzan o‘zlarining tajovuzkorligi va injiqligini o‘zlarida mavjud qadr-qimmat tuyg‘usiga zid kelishini payqamay qolishadi.

Yog‘och Sichqonlar o‘zlariga keragidan ko‘proq narsani olishga bo‘lgan xoxish-istaklarini nazorat qilishni o‘rganishlari zarur.

Decoration

Olov Sichqon (1936, 1996, 2056)

Ushbu yillarda tug‘ilgan insonlar dono va qatʼiyatli bo‘ladilar. Ular har qanday yangiliklarni qo‘llab-quvvatlaydilar, bu esa ularning muvaffaqiyatining asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Keskin o‘zgarishlar bilan to‘la murakkab davrlarni Olov Sichqonlar vaziyatga tez moslashish qobiliyati tufayli osongina yengib o‘tadilar. Baʼzan ular ortiqcha ishtiyoq, xaddan tashqari kusli hayratlanish holatlari paydo bo‘lib turadi. Shuningdek, ular tilini tiyib tura olmasligi oqibatida avval erishgan barcha yutuqlari yo‘qqa chiqarishi mumkin.

Olov Sichqonlarga o‘zlarining o‘tkir tanqidiy fikrlarini boshqalarga kamroq gapirish ustida ishlash tavsiya etiladi. Ular o‘z energiyalarini boshqacharoq, tinch va aniq yechimlar bilan ishlashga yo‘naltirib ko‘rishlari lozim.

Decoration

Tuproq Sichqon (1948, 2008, 2068)

Tuproq Sichqonlar ko‘pincha asosli mulohazalarga moyil bo‘ladilar, bu esa baʼzan zarar keltirishi mumkin. Ular doimiy ravishda yuqoriga intilib, maqsadlarga erishib turishlari lozim, aks holda oddiy tashvishlar va kundalik hayot ularni maʼnaviy tushkunlikka olib kelishi mumkin. Tuproq Sichqonlarda aql, amaliy faoliyat, qatʼiy o‘zini nazorat qilish va eng og‘ir ishlarni bajarishga yetadigan sabr-toqat mavjud. Biroq, bunday Sichqonlar juda ehtiyotkorlik bilan, sekinlik bilan oldinga harakat qiladilar, masʼuliyatli qarorlar qabul qilishdan qochishga harakat qiladilar va ko‘pincha tashabbusni yo‘qotadilar yoki umuman tashabbus ko‘rsatmaydilar.

Tuproq Sichqonlar o‘zini qattiqroq nazorat qilishlari, belgilangan muddatlarga rioya qilishlari va oldilarida turgan muammolarni o‘z vaqtida hal qilishlari kerak. Bundan tashqari, ular o‘z tasavvurlariga kengroq imkoniyat berishlari lozim.

Sahifamda zerikib qolmang!

  • O‘lmasoy Nishonova. Meni ishqdan sovutma dunyo...

    1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.

  • Abdul Boqiy

    Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan.
    Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi.

  • Yoqimli sheʼr

    Yoqimli sheʼr. O‘zim yozdim. O‘zimga.
    Sheʼr yo‘g‘ida bir o‘qishga yaroqli.
    Mazza qildim! Tasanno har so‘zimga!
    O‘qiyapman qayta qayta. Maroqli.

  • Hamkasbimga hazil

    (Hamkasbimga hazil)

    Ul yigitkim bir jahon, bu zamon bir donadur,
    Yo‘q demakim ko‘rkini, har sifat nishonadur.

    Bir Umar farzandi ul, kindik qoni Namangon,
    Makon bo‘ldi Andijon-kim, tahsili Farg‘onadur.

  • Yoshlarga to‘y hazili

    Fido bo‘ldi bir oshiqning hurlik oni to‘yxonada,
    Bir gul yuzli barno kutar bo‘ldi uni ostonada.

    Ahli yori o‘ynab kular oshiq ko‘nglin olmoq bo‘lib,
    Ammo oshiq ko‘ngli to‘yda emas balki durdonada.

  • Matmusaning kartasi - 2

    Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda,
    Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.

    Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q,
    Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q.
    Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb,
    Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.