Donishmandlik bizga hayot so‘qmoqlarida ulug‘ saodatni hozirlab inʼom etuvchi vositadir. Abu Ali ibn Sino.

Qo‘y burji

Qo‘y burji - umumiy tavsiflar

O‘ziga jalb qiluvchi asosiy xususiyati: Jasorat.

Qo‘y - burjning birinchi belgisi bo‘lib, yangi boshlanishni anglatadi. Bu tez o‘zgarishlar va yo‘llardagi chorrahalar maʼnosini anglatadi. Siz maʼlum bir joyga etib borasiz va tez orada butunlay yangi yo‘nalishga burilib ketasiz. Hayotingiz sarguzashtlarga boy desak xato qilmaymiz.

Qo‘y burji vakillarida faollik va bir joyda tinch turolmaslik xislati bor. Agar sizning quyoshingiz qo‘y burjida bo‘lsa, demak siz faol va doimo harakatdasiz. Agar sizda yangi reja yoki g‘oya paydo bo‘lsa va bu rejalar sizning bor tasavvuringizni qamrab olsalar, siz darhol o‘ylagan rejalaringizni amalga oshirishga shoshilasiz. "E xudoyim, menga hozir sabr ber!" degan duo qo‘y burji vakillarining kayfiyatini shundoq bildirib turadi.

Tanishgan kishingizda siz ajralib turuvchi, jonli va suhbatga shinavanda insondek taassurot uyg‘otasiz. Suhbatdoshingiz biror gap gapirishga imkon topa olsa, o‘zini omadli deb hisoblashi mumkin. Siz har qanday mavzuda hamma fikringizni batafsil so‘zlab berishdan xursand bo‘lasiz.

Qo‘y burji vakillari har doim voqea-hodisalar markaziga intilishadi, ular jasur va o‘z yo‘lidan borishni afzal ko‘rishadi. Sizning tabiatingiz – jasorat ko‘rsatish, siz eʼtirozlarga imkon qadar yo‘ldan olib tashlash kerak bo‘lgan jonga tegadigan to‘siq sifatida qaraysiz. Siz o‘zingizga bo‘lgan ishonchni namoyon etadigan tabiiy lider, yetakchisiz. Siz bolalik davringizdan beri o‘zingizni muvaffaqiyatga erishish uchun tug‘ilganingizni his qilib yashaysiz.

Baxtga ko‘ra, siz boshqalardan ularning og‘ir inqirozli kunlarida o‘z yordamingizni ayamaysiz. Siz ko‘ngli keng do‘stsiz, g‘oyalar va maslahatlar bilan o‘rtoqlashasiz, siz katta harakatlar qilishni yoqtirasiz. Olijanoblik sizga xos fazilat. Mayda va tor doiradagi masalalar sizni qiziqtirmaydi, sizning shioringiz "Har doim eng yaxshisiga erishish!"

Decoration

Decoration

Ehtiyotsizlik va qatʼiyatsizlik qo‘y burji vakili uchun begona. Boshqalar ehtiyotkor bo‘lgan joyda, siz jar yoqasida bo‘lishdan zavqlanasiz. Bir oz aqlsizlik qilish hayotingizni yangilab turadi. Maqsad ortidan quvish sizni unga erishishdan ko‘ra ko‘proq hayajonlantiradi. Yaqinda bir qo‘y burji vakili donolik bilan aytganidek: "Istak unga yetishgandan ko‘ra yaxshiroqdir". Siz tavakkal qilishga, orzularingizga ortidan ketishga, maqsadlar qo‘yishga va ularga bitmas-tuganmas ishtiyoq bilan ular ortidan quvishga tayyorsiz.

Bu sizning qayg‘u va umidsizlikdan bexabar ekanligingizni anglatmaydi. Ammo Qo‘y uchun umidsizlik qishi bir haftadan ko‘p davom etmaydi. Sizda boshqa odamlarni o‘ziga tortadigan mustahkam optimizm bor. Ehtimol, sizning qalbingizda ishonchsizlik yashiringandir, ammo bu haqda hech kim bilmaydi. Biroq, Qo‘y boshqa boshqalarning, odatda o‘tkinchi xatolari i betartibligidan osongina xafa bo‘ladi. Ular baʼzida jahldor, bolalarcha injiq bo‘lib, juda tez zerikib qolishadi. Agar muvaffaqiyat kechikishni boshlasa, Qo‘y qiziqishni yo‘qotadi va boshqa hayajonli sarguzashtlarni qidirishga kirishadi. Natijada, sabrli zahmatkashlar ko‘pincha undan oldinga o‘tib ketishadi.

Qo‘y, boshlagan ishini oxiriga yetkaza yetkazishga odatlanmagan odamlar deb bejiz aytishmaydi. Sizda ko‘pincha sabr-toqat va qatʼiyat yetishmaydi. Siz juda ko‘p vazifalarni o‘z zimmangizga olib, quvvatingizni behuda sarflashga moyilsiz, xuddi Ring Lardner qahramonlaridan biri otga minib, bir vaqtning o‘zida har tomonga chopib ketganidek.

Qo‘y burji vakilining muhim sifati - bu mustaqillik. Boshqa odamlarning buyrug‘ini bajarishga majbur bo‘lish uni g‘amgin va asabiy qilib qo‘yishi mumkin. U dunyodagi eng kichik ajdaho bo‘lishdan ko‘ra eng katta kaltakesak bo‘lishni afzal ko‘radi. Qo‘y burji vakili sifatida siz dunyo o‘yinini boshqarmoqchisiz. Agar buni imkoni bo‘lmasa, siz o‘yinni tark etasiz va siz o‘zingizni yorqin tarafingizni ko‘rsatishingiz mumkin bo‘lgan boshqa vaziyatni qidirasiz.

O‘zingizdan kattaroq kuch bilan to‘qnash kelganda siz egilib qolasiz, lekin sinmaysiz. Sizning dadil jangovar ruhingizni o‘zingizdan boshqa hech kim sindirolmaydi.
Qo‘y uchun tuzoqlardan biri shundaki, ular o‘zlari bilan o‘zlari ovora. Agar u boshqa odamlarni diqqat bilan kuzatmasa va ularning his-tuyg‘ularini tushunmasa, u tarbiyasiz erkatoy bolaga aylanib qoladi.

Samimiy va halol bo‘lishingizga qaramay, agar ular foyda keltiradigan bo‘lsa, ozgina beg‘araz yolg‘on gapirib qo‘yishingiz ham mumkin. Biroq, siz juda malakali yolg‘onchi emassiz, odamlar sizni qalbingizni ko‘rib turishadi. Baʼzan sizga xushmuomalalik va diplomatiya etishmaydi, lekin bunda hech qanday yomonlik alomat yo‘q. O‘qotar burji vakillari ham xushmuomalalikdan mahrum; ularda ham to‘siqlarni aylanib o‘tish yo‘q. Lekin sizning qo‘polligingiz vaqtinchalik, bu sizning tug‘ma quvvatingizni ehtiyotsizlik bilan ko‘rsatib qo‘yish sababli paydo bo‘ladi. Ko‘pincha siz o‘ylamasdan xayolingizga kelgan birinchi narsani gapirib qo‘yasiz, keyin esa o‘zingizning sabrsizligingizdan afsuslanasiz.

Qo‘yga pul osonlik bilan keladi, lekin u unga qanday ehtiyot qilishni bilmaydi. Siz shohona, topishingizdan ko‘ra ko‘proq sarflab yashashga moyilsiz. Biroq, siz odatda qarzlaringizni to‘lash yo‘lini topasiz. Birovdan qarzdor bo‘lib qolishga g‘ururingiz yo‘l qo‘ymaydi.
Siz muhtoj bo‘lib qolgan do‘stlaringizga saxiylik bilan yordam berasiz, lekin yaxshi ishlaringiz evaziga sizni tan olishlarini kutasiz. Qo‘y burji gulzorlarida uyatchan binafshalar uchramaydi.

Siz ijodiy, samimiy, quvnoq va jasursiz, birinchilardan bo‘lishga moyilsiz, lekin shu bilan birga izzattalab, janjalkash va sabrsizsiz. Sizning yaqinlaringiz oldida "Unga qanday yetib yurish mumkin?" degan katta muammo turadi.

Sahifamda zerikib qolmang!

  • O‘lmasoy Nishonova. Meni ishqdan sovutma dunyo...

    1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.

  • Abdul Boqiy

    Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan.
    Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi.

  • Yoqimli sheʼr

    Yoqimli sheʼr. O‘zim yozdim. O‘zimga.
    Sheʼr yo‘g‘ida bir o‘qishga yaroqli.
    Mazza qildim! Tasanno har so‘zimga!
    O‘qiyapman qayta qayta. Maroqli.

  • Hamkasbimga hazil

    (Hamkasbimga hazil)

    Ul yigitkim bir jahon, bu zamon bir donadur,
    Yo‘q demakim ko‘rkini, har sifat nishonadur.

    Bir Umar farzandi ul, kindik qoni Namangon,
    Makon bo‘ldi Andijon-kim, tahsili Farg‘onadur.

  • Yoshlarga to‘y hazili

    Fido bo‘ldi bir oshiqning hurlik oni to‘yxonada,
    Bir gul yuzli barno kutar bo‘ldi uni ostonada.

    Ahli yori o‘ynab kular oshiq ko‘nglin olmoq bo‘lib,
    Ammo oshiq ko‘ngli to‘yda emas balki durdonada.

  • Matmusaning kartasi - 2

    Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda,
    Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.

    Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q,
    Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q.
    Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb,
    Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.