Donishmandlik bizga hayot so‘qmoqlarida ulug‘ saodatni hozirlab inʼom etuvchi vositadir. Abu Ali ibn Sino.

Tovuq muchali

Tovuq muchali – 5 toifa insonlar

Tovuq muchali diqqatlilik, tartibsevarlik, aniqlik va o‘z fikrini ochiq ifoda etish kabi xususiyatlar bilan tavsiflanadi. Bu muchal vakillari atrofidagi voqealarga eʼtiborli bo‘lib, o‘z qarashlari va maqsadlariga jiddiy munosabatda bo‘lishlari mumkin.

Tovuq muchali Suv, Olov, Tuproq, Metall va Yog‘och unsurlari bilan bog‘lanadi. Unsurga qarab, Tovuq muchali vakilidagi xarakter, odatlar, munosabatlar va hayotga yondashuvning turli qirralari namoyon bo‘lishi mumkin.

Siz Suv, Olov, Tuproq, Metall yoki Yog‘och Tovuq ekaningizni aniqlang va o‘z unsuringizga xos xususiyatlar bilan tanishing.

Decoration

Metall Tovuq (1921, 1981, 2041)

Metall Tovuq muchalida tug‘ilganlar mehnatsevar va juda masʼuliyatli insonlardir. Ular nima xohlayotganini va bunga qanday yetishishni aniq biladilar. Shuning uchun ham maqsad sari intilgan paytlarida Metall Tovuqlar baʼzan ortiqcha keskin va qattiqqo‘l bo‘lib qolishadi. Ular moliya va tadbirkorlik masalalarini yaxshi tushunadilar. Agar ular o‘z atrofiga ishonchli jamoa to‘play olsalar, biznesda katta yutuqlarga erishishlari mumkin. Sadoqatli va bag‘rikeng bo‘lganlari sababli, do‘stlariga ko‘p vaqt va kuch bag‘ishlaydilar.

Metall Tovuqlar uchun eng yaxshi maslahat — har qanday holatda ham o‘z fikrini himoya qilishga urinish o‘rniga, baʼzan kelishuv va murosaga ham borishni o‘rganishdir.

Decoration

Decoration

Suv Tovuq (1933, 1993, 2053)

Suv Tovuq muchalida tug‘ilganlar zukko, bilimdon va bahs-munozaralarni yoqtiradigan insonlardir. Ular fikrlarini taʼsirli va ravon bayon eta oladilar, shuning uchun ham boshqalar bilan osongina muloqot o‘rnata oladilar. Suv Tovuq — qiziqarli suhbatdosh, ochiqko‘ngil va boshqa Tovuqlarga nisbatan bir oz yumshoq tabiatli. Biroq unda energiya juda ko‘p — u tunu kun tinmay mehnat qilishga qodir.

Bu yillarda tug‘ilgan odamlar o‘zlarining yaxshi hazil hissi sababli atrofdagilarning hurmatiga sazovor bo‘ladilar.

Suv Tovuqlar baʼzan mayda-chuyda narsalar haqida ortiqcha xavotir olib, vaqti va bor kuchini bekorga sarflab qo‘yadilar. Ular baʼzida arzimagan sabablar tufayli ruhan tushkunlikka tushishlari yoki behuda xavotirlanishlari mumkin.

Decoration

Yog‘och Tovuq (1945, 2005, 2065)

Yog‘och Tovuq muchalida tug‘ilgan insonlar ishonchli, halol va ezgu niyatli bo‘lishadi. Ularning orzu-havaslari katta bo‘lsa-da, jamoada ishlashni yoqtiradilar va hamkorlikni qadrlaydilar.

Ko‘pincha bunday insonlar hayotda muvaffaqiyatga erishadilar, ammo baʼzan o‘z oldilariga amalga oshirib bo‘lmaydigan maqsadlarni qo‘yib olishadi. Yog‘och Tovuq tabiatan samimiy, sodiq va ishonchli inson. U hech qachon do‘stlariga xiyonat qilmaydi, raqib yoki raqobatchi tomonga o‘tib ketishni xayoliga ham keltirmaydi. Bu muchal vakillari yaqinlariga juda mehribon, qiziqishlari ko‘p, sayohat qilishni juda yoqtiradilar.

Yog‘och Tovuqlar hayotini yana-da yaxshilash uchun o‘z oldilariga bajarish, erishish mumkin bo‘lgan maqsadlarni qo‘yishni o‘rganishlari va kuchlarini mayda bekorchi narsalarga sarflamasliklari lozim.

Decoration

Olov Tovuq (1957, 2017, 2077)

Olov Tovuq muchalida tug‘ilganlarga aʼlo darajadagi tashkilotchilik qobiliyati, yetakchilik sifati va kuchli iroda xosdir. Ular tabiatan rahbar, odamlarni ortlaridan ergashtira oladigan kuchga egalar. Shu bois, boshqaruv ishlarini mahorat bilan amalga oshiradilar, hatto odamlarga bu yoqadimi-yo‘qmi — bunga eʼtibor ham bermaydilar.

Mustahkam xarakteri ularga hayotda katta yutuqlarga erishish va maqsadlariga yetishga yordam beradi, biroq baʼzan ortiqcha to‘g‘riso‘zlik va keskinlik yo‘llarida to‘siq bo‘lib qolishi mumkin.

Olov Tovuqlar agar bir oz uddaburon bo‘lishsa, boshqalarning his-tuyg‘ulariga ko‘proq eʼtibor bersalar, ularning eng katta orzulari ham ancha tez amalga oshgan bo‘lar edi.

Decoration

Tuproq Tovuq (1909, 1969, 2029)

Tuproq Tovuq muchalida tug‘ilganlar mehnatsevarlik va maqsadga erishishdagi qatʼiyat bilan ajralib turadilar. Ular o‘tkir zehnli, keng fikrlaydigan va har bir vaziyatni chuqur tahlil qila oladigan insonlar. Ularning mehnatkashligi va matonati hamkasblarining hurmatiga sazovor bo‘ladi.

Tuproq Tovuq odatda qo‘ygan barcha maqsadlariga amaliy va aniq qadamlar bilan yetib boradi. Moliya va biznesga oid masalalarda ham ular yetarlicha bilimli va ishonchli hisoblanadilar. Muhabbatda esa Tuproq Tovuq sodiq, samimiy va kerak bo‘lsa qurbonliklar qilishga ham tayyor.

Tuproq Tovuq — aʼlo darajadagi mehnatkash. Biroq shu bilan birga, dam olishni ham unutmasligi kerak.

Sahifamda zerikib qolmang!

  • O‘lmasoy Nishonova. Meni ishqdan sovutma dunyo...

    1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.

  • Abdul Boqiy

    Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan.
    Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi.

  • Yoqimli sheʼr

    Yoqimli sheʼr. O‘zim yozdim. O‘zimga.
    Sheʼr yo‘g‘ida bir o‘qishga yaroqli.
    Mazza qildim! Tasanno har so‘zimga!
    O‘qiyapman qayta qayta. Maroqli.

  • Hamkasbimga hazil

    (Hamkasbimga hazil)

    Ul yigitkim bir jahon, bu zamon bir donadur,
    Yo‘q demakim ko‘rkini, har sifat nishonadur.

    Bir Umar farzandi ul, kindik qoni Namangon,
    Makon bo‘ldi Andijon-kim, tahsili Farg‘onadur.

  • Yoshlarga to‘y hazili

    Fido bo‘ldi bir oshiqning hurlik oni to‘yxonada,
    Bir gul yuzli barno kutar bo‘ldi uni ostonada.

    Ahli yori o‘ynab kular oshiq ko‘nglin olmoq bo‘lib,
    Ammo oshiq ko‘ngli to‘yda emas balki durdonada.

  • Matmusaning kartasi - 2

    Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda,
    Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.

    Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q,
    Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q.
    Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb,
    Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.