Burj davri: 24 Sentyabr – 23 Oktyabr
Belgi jinsi: Erkak
Unsur: Havo.
Sifat: Kardinal.
Tarozilar faol, sanʼatkor, xushmuomala, tinchliksevar, go‘zallik va uyg‘unlikni qadrlaydigan, diplomatik, jozibador, muloqotni yoqtirishadi.
Boshqaruvchi sayyora: Venera (Zuhro yulduzi), sevgi va go‘zallik maʼbudasi.
Munajjimlikda u zavq, ijtimoiy hayot, sanʼat va bezaklarni boshqaradi. Bundan tashqari, uning taʼsiri belgiga muloyimlik va hashamatga muhabbatni beradi.
Burj ramzi: Tarozi, muvozanat, o‘zini o‘zi boshqarish, tartib va adolatni anglatadi.
Ramziy belgisi (piktogrammasi): mukammal muvozanatda turgan tarozini tasvirlaydigan piktogramma. Bu belgi qadimgi Misrda botayotgan quyoshni anglatib, ikki dunyoni o‘rtasidagi darvoza ramzi deb hisoblangan. Ramziy maʼnoda, belgi ikki cheti kesmalar bilan yakunlangan yarim oydan iborat; har ikki kesma aql bilan chegaralangan his-tuyg‘ularini anglatadi. Pastki chiziq esa hamkorlikni anglatadi.
Shiori: Men muvozanatga olib kelaman.
Qarama qashi burj: Qo‘y burji.
Tarozi - sheriklik va nikoh belgisi. Tarozi burji vakillari kimdir bilan birgalikda harakat qilganda o‘zlarini yaxshi his qiladilar, majbur yolg‘izlikda qolganlarida esa, ular ko‘pincha o‘zlarini nazorat qilishni unutadilar va dunyoga ijobiy qarashlarini yo‘qotadilar. Taroziga qarama-qarshi bo‘lgan Qo‘y burji - ego (xudbinlik), individuallik va o‘zlik belgisi. Qo‘ylar o‘zlarini birinchi o‘ringa qo‘yishga moyil, xudbinlik ularning salbiy xususiyatlaridan biridir.
Nazoratdagi tana aʼzolari: Bel, dumba va jigar. Tarozilar orqa pastki umurtqalar cho‘zilishi va bel og‘rig‘idan azob chekishadi. Ular buyrak infeksiyalariga moyil bo‘lishadi.
Omadli kun: juma.
Omadli raqamlar: 6 va 9.


Tosh: Opal. Bu moliyaviy muvaffaqiyat keltiradi, hasad va ochko‘zlikni yo‘q qiladi va aniq tushunchalarga sabab bo‘ladi.
Ranglar: Ko‘k va lavanda - romantika, uyg‘unlik va nafislik ranglari.
Shaharlar: Vena, Kopengagen, Charleston, Lissabon.
Davlatlar: Birma, Xitoy, Tibet, Argentina, Yaponiya.
Gullar: Atirgul, Kosmeya, Gortenziya.
Daraxtlar: Bodom, Sarv va Shumtol.
Metall: Mis.
Hayvonlar: Ilonlar va Kaltakesaklar.
Xavfli vaziyatlar: Tarozi burji ostida tug‘ilganlar baʼzida sevgi bilan bog‘liq vaziyatlarda boshqalarga yoqmay qoladilar. Ular qatʼiyatsiz va shu bilan birga, sevgilisini jahlini chiqaradigan va hafsalasini pir qiladigan darajada juda tez sevgi izhor qiladilar. Bundan tashqari, ular yengiltaklik va xiyonatga moyil bo‘lishadi.

Tarozining ichki dunyosi
Odamlarga yoqish uchun siz ko‘p ishlarni amalga oshirasiz va ular sizni haqiqatdan ham betakror deb bilishadi. Biroq, qalbingiz tub tubidan sizni sevishlarini va qo‘llab-quvvatlashlarini kutishdan to‘xtamaysiz. Siz "yo‘q" deyishni deyarli bilmaysiz va juda ko‘p vazifa va masʼuliyatlarni o‘z zimmangizga olib olasiz - oqibatda, yuzingiz bilan balchiqqa tushmaslik uchun, qattiq kuchanish va hatto g‘azablanishga qaramay, tabassum qilishda davom etasiz. Balki, boshqalar sizga yordam berishlarini kutishdan ko‘ra, o‘z-o‘zingizni hurmat qilishni o‘rganish uchun bir oz vaqt sarflash foydaliroq bo‘lishi mumkin edi. Siz juda ko‘p kuch sarf qilasiz. Siz muammolar va qarama-qarshiliklardan, g‘arazgo‘ylik va dushmanlikdan qochasiz. Agar hayot sahna spektakli bo‘lsa, siz doimo baxtli yakunni talab qilgan bo‘lardingiz. Har qanday holatda ham tinchlik va hamjihatlikka intilishning bir salbiy tomoni bor: qaror qabul qilish siz uchun juda qiyin. Baʼzida sizning har qanday qadamingiz biror narsani tuzatib bo‘lmas darajada yomonlashtiradigandek tuyuladi. Agar sizda bir oz erkinroq bo‘lish imkoniyati bo‘lsa va o‘zingizdan ko‘p narsa talab qilmasangiz, o‘zingiz erishishingiz mumkin bo‘lgan har narsadan zavqlana olardingiz. Sizda baxtning barcha tarkibiy qismlari mavjud!

Boshqalar tarozilarni qanday qabul qilishadi?
Atrofingizdagi odamlar o‘zlarini muhim deb bilishadi, chunki siz deyarli har doim ularning fikrini to‘g‘ri tushunasiz. Ular sizning iliqlik va eʼtiboringizni qadrlashadi, ular sizga ko‘nglini ochishga tayyor. Siz omma bilan aloqa o‘rnatishda beqiyos qobiliyatingiz bilan tanilgansiz. Biroq, sizni maʼqullashlari uchun siz taslim bo‘lishga juda moyilsiz va shuning uchun ko‘pincha xaraktersiz odamga o‘xshaysiz. Baʼzilar uchun siz tashqi ko‘rinishingizga haddan tashqari eʼtibor qaratadigan yuzaki, hurmattalab odamdek tuyulishingiz mumkin.

Tarozi burjida tug‘ilgan mashhurlar
Xanna Arendt, Armand Assante, Brijit Bardo, David Ben-Gurion, Djoys Braders, Art Buxvald, Djuzeppe Verdi, Ben Verin, Gor Vidal, Tomas Vulf, Moxandas K. Gandi, Brayant Gambel, Djon Kennet Gelbrayt, Djordj Gershvin, Vladimir Gorovis, Migel de Servantes, Xilari Daff, Mett Deymon, Katrin Denev, Djessi Djekson, Endji Dikinson, Alfred Dreyk, Maykl Duglas, Uilyam O. Duglas, Elinor Dyuz, Xulio Iglesias, Trumen Kapote, Al Kapp, Donna Karan, Debora Kerr, Baster Kiton, Montgomeri Klift, Djekki Kolinz, Saymon Kouell, Edvard Estlin Kammings, Andjela Lansberi, Ursula K. Le Guin, Djon Le Karre, Kerol Lombard, Ralf Loren, Djon Lennon, Uolter Lippman, Yo-Yo Ma, Djon Mayer, Mark Makgvayr, Mikki Mantl, Graucho Marks, Uinton Marsalis, Marchello Mastroyani, Uolter Mattau, Djonni Metis, Melina Merkuri, Artur Miller, Iv Montan, Martina Navratilova, Luiza Nevelson, Goratsio Nelson, Evel Nivel, Yudjin O‘Nil, Luchano Pavarotti, Xuan Peron, Lyuk Perri, Pol Potts, Mario Pyuzo, Gvinet Peltrou, Enn Rays, Kristofer Riv, Reks Rid, Kelli Ripa, Tim Robbins, Elinor Ruzvelt, Mikki Runi, Pol Saymon, Ed Sallivan, Syuzen Sarandon, Eshli Simpson, Djordj Skott, Uill Smit, Annika Sorenstam, Bryus Springstin, Gven Stefani, Uolles Stivens, Sting, Margaret Tetcher, Sheril Tigs, Desmond Tutu, Barbara Uolters, Sigurni Uiver, Oskar Uayld, Uilyam Folkner, F. Skott Fisdjerald, Kerri Fisher, Annett Funichello, Xelen Xeyes, Linda Xemilton, Djim Xenson, Rita Xeyvort, Rey Charlz, Duayt D. Eyzenxauer, Britt Ekland, T. S. Eliot, Djuliya Endryus, Esher, Li Yakokka, Djessi Djekson.

TAROZI – ISHQIY MUNOSABATLAR
Siz va Tarozi burjida tug‘ilgan ayol
Zuhro yulduzi, yaʼni Veneraning haqiqiy farzandi bo‘lgan, Tarozi-ayol uni sevishlari haqidagi xayollarning o‘ziga oshiq bo‘ladi. U erkaklarni mahorat bilan maftun etadi; rom etish uning uchun nozik sanʼatlardan biridir. U birinchi navbatda aktrisa va uning uchun sevgi kechasi, atigi birgina tomoshabin bo‘lsa ham, dramatik spektakldir.
Sahnadagi yagona qahramon - bu uning o‘zi. Barcha sahna chiroqlari nuri unga qaratilgan. Burjlarning yana bir yorqin vakili – Arslon hisoblanadi, lekin u bo‘sh sahnada hamrohlik qilmasdan va chalg‘ituvchi bezaklarsiz sahnalarda porlashni yoqtiradi. Tarozi ayol esa – bosh qahramon rolidagi balerina, u o‘zi atrofida o‘zi yaratgan kamyob va betakror go‘zallik yog‘dusi uzra harakat qiladi. Uning uchun barcha badiiy bezaklar muhim ahamiyatga ega. Tarozi osmondagi eng yorqin yulduz bo‘lishni xohlaydi, Arslon esa osmonni o‘zining yagona nuri bilan to‘ldirish uchun Quyosh bo‘lishga intiladi.
Tarozi ayolning jozibasi barcha his-tuyg‘ularga taʼsir qiladi. U go‘zallik sezgisiga ega, taom va sharoblarni farqiga boradi, qanday kiyinishni va zargarlik buyumlarini taqishni yaxshi biladi. U go‘zallikni hayotga targ‘ib etish mahoratiga ega, ushbu estetik qobiliyatlarni jinsiy hayotiga olib kira oladi. His-tuyg‘ularini yana-da alangalatish uchun u romantik elementlardan foydalanadi - masalan, sevgilisining cho‘ntagiga yashirincha kichik sovg‘alar yoki sevgi yozuvlarini solib qo‘yadi.
Shunga qaramay, baʼzida sevib qolgan tarozi ayol o‘z rolining hissiy talablari juda yuqori ekanligini va teatrda tanaffus qilish zarurligini his qiladi. Gap shundaki, hayotning boshqa sohalarida bo‘lgani kabi muhabbat borasida ham bir oz dangasa. Bundan tashqari, o‘zining asosiy ehtiyojini qondirgandan so‘ng (yaʼni sizni maftun etish va ishqida ko‘zingizni qamashtirish), u sizga bo‘lgan qiziqishni yo‘qota boshlaydi. U keyingi tomoshaga tayyor bo‘lguncha va sizni yana hayratda qoldirguncha kutishingizga to‘g‘ri keladi.
Ayrimlar Tarozi ayolga qarab, bitta yaxlit shaxsni emas, balki alohida obrazlar ketma-ketligini ko‘radi. Tarozi-ayol kayfiyatlar va kutilmagan vaziyatlar bilan ish ko‘radi, boshqalar uning istaklarini tushuntirishsiz anglashlarini kutadi. U har doim o‘zidan ustun bo‘lgan ideal yo‘ldoshni qidiradi, lekin bunday odam faqat uning tasavvurida mavjud xolos. U o‘z sevgilisidan u yaraqlab, porlab turadigan muhit yaratib berishini kutadi. Unga yana romantik munosabatlarning barcha tarkibiy qismlari bo‘lishi kerak: gullar, sharbatlar, hafta oxirida kutilmagan sayohatlar. Shuning uchun bo‘lsa kerak, ko‘plab tarozi ayollar go‘zal jins vakillarini ko‘nglini olishni biladigan keksa, badavlat erkaklarga intilishadi. Muloyimlik, tushunish va hamdardlikdan tashqari, bu ayol o‘z mahbubidan uning barcha injiqliklarini ko‘tarishini xohlaydi. U odatda aynan shunday erkaklarni o‘ziga jalb qiladi va ko‘pincha bir necha marta turmush quradi.
Yoshligida muhabbat izlash uni turli yo‘llardan olib o‘tishi mumkin.
O‘tgan asrda u chiroyli qimorboz bilan daryodan kechib bo‘lsada qochib ketgan bo‘lardi. Ammo yillar o‘tishi bilan u yana-da talabchanroq bo‘lib qoladi. O‘tkinchi ishq ertaklarining xira miltillashi so‘nadi va uni doimiy munosabatlar nuri jalb qilishni boshlaydi.
Ko‘pchilik tarozi ayollar uchun ularing ko‘nglini olishlari haqiqiy ehtiroslardan ko‘ra yoqimliroq tuyuladi (muhabbatdagi jinsiy munosabatlarni qo‘pol va uyatli deb hisoblaydi). Agar erkak unga ibtidoiy darajada yaqinlashishga harakat qilsa, u hech narsaga erisha olmaydi. Tarozi ayol bunday erkakdan ikkilanmasdan qochib ketadi.
Ishqiy romanlar susayganda, u do‘stona ajralishni taklif qiladi. Hatto rad etilgan oshiq ham muxlis bo‘lib qolishi mumkin, shunday emasmi? Tarozi ayol o‘z muxlislarini yo‘qotishni yoqtirmaydi.

Siz va Tarozi burjida tug‘ilgan erkak
Tarozi burji ostida tug‘ilgan erkak ayollar orasida juda mashhur, chunki u ayollar bilan «bir tilda» muloqot qilish qobiliyatiga ega. Bu erkak o‘zining jozibasi, viqori va nafis estetik didi bilan ajralib turadi. U qarama-qarshi jins vakillaridan shunchalik ko‘p eʼtibor oladiki, u biroz erkalatib yuborilgandek ko‘rinadi. Agar ayol uni o‘ziga jalb qilishga ulgurmasa, tarozi-erkak ko‘proq qiziqarliroq boshqa ayol tomon shoshiladi. Tajribasi uni juda mohir ko‘ngil ovchisiga aylantirib qo‘ygan. Rodjer Mur va Marchello Mastroyani tarozi burjining tipik vakillaridir.
Tarozi erkak munosabatlarni rivojlantirish uchun juda ko‘p vaqt va kuch sarflaydi (eslab qoling: Tarozi hamkorlik burji). Uning maqsadi barqaror, uzoq muddatli ishqiy munosabatlar ekanligini aytadi, ammo, uning hamkorligi ideal bo‘lishi yana-da muhimroqdir. U tuzatib bo‘lmaydigan idealist, har doim uni qadrlaydigan, tushunadigan va hatto ilohiylashtirishgacha boradigan benuqson "juft" qidiradi. U qatʼiyatsiz, har doim o‘zida mavjud bo‘lgan va hech qachon erisha olmaydigan narsa o‘rtasidagi muvozanatni qidiradi.
Tarozi-erkak janjallardan qochish uchun ko‘p harakat qiladi. Ayol u bilan janjal chiqarishi qiyin, chunki u hatto nodon ko‘rinishni ham xohlamaydi. Real hayotda janjal chiqishi uchun kimnidir ozgina harakati yetarli bo‘ladi, Tarozi erkak esa aynan mana shu kimdir bo‘lmaslik uchun hamma narsaga tayyor. U bunday mavzuni o‘zgartirishni afzal ko‘radi.
Biroq, bu kamdan-kam hollarda sodir bo‘ladi. U burjlar ichidagi birinchi diplomat, u sizning va o‘zining istaklaringiz o‘rtasidagi muvozanatni osonlik bilan tiklab oladi.
Jinsiy hayot uning eng sevimli xordiq olish usuli. U yotoqda yaxshi va sevgi o‘yinlarini yaxshi ko‘radi. Ammo u ko‘proq ayoldan o‘z mahoratini iloji boricha tez-tez maqtab turishini xohlaydi. Tarozi-erkak odam uni maqtashlaridan, xushomadlardan erib ketadi. U ishqiy munosabatlarda ko‘p yangiliklar yaratadi. Ayollar anatomiyasi haqida intuitiv bilimlari va qaynoq hirsiy tasavvurlari birgalikda juda jozibali kombinatsiyani hosil qiladi. Agar siz muhabbatingiz nafaqat jismoniy, balki hissiy va estetik sarguzashtlarga boy bo‘lishini istasangiz, tarozi burjidagi erkak siz uchun juda mos keladi. Agar sizga oddiyroq erkak kerak bo‘lsa, uni boshqa burjlardan qidiring.

Tarozini qanday jalb qilish mumkin?
Tarozi yulduzlar burjining eng qimmatbaho toshidir. Ular esdaliklar sotadigan kichkina do‘konchalarda emas, Tiffany & Co brendi zargarlik do‘konlarida porlab turadigan xilidan. Tarozi burji vakillari ulardan hayratga tushishlari uchun yaralgandek go‘yo. Ularning yashash joyi – yulduzlar estetik dunyosi, yaxshi xulq-atvor va mulozamatlar olamidir.
Ular bilan qaysi mavzuni muhokama qilish haqida o‘ylab o‘zingizni qiynamang. Tarozilarning juda ko‘p qiziqishlari bor - teatr, antiqa buyumlar, dizayn, sanʼat asarlarini yig‘ish kabi. Bu odamlar ajoyib suhbatdosh bo‘ladilar. Albatta, ularning eng sevimli mavzusi o‘zlari. Suhbat mavzusi qanday bo‘lishidan qatʼiy nazar, tarozilar har doim o‘zlarining eng yaxshi qiziqishlarini ko‘zda tutayotganini sezib turasiz. Hech bo‘lmaganda qandaydir tarzda haqiqatga mos keladigan xushomadlarni undan ayamang va siz ushbu belgining vakilini o‘zingizga rom etib qo‘yasiz.
Agar bu sizga zeriktirib qo‘ysa, bugun yangiliklarda muhokama qilinayotgan bahsli masalaga o‘ting. Suhbatdoshingizni asabiylashtirmay, xafa qilmasdan o‘z fikringizda qatʼiy turing. Tarozilar har doim masalaning har ikki tomoniga eʼtibor qaratishadi, agar siz biror bir fikr bildirsangiz, ular fikringizga qarama-qarshi tomonga yon bosadigan dalillarni bajonidil sanab o‘tishadi. Bu mojaroga olib kelmaydi, Tarozi bundan qo‘rqadi, lekin bu sizning suhbatingizni sezilarli darajada jonlantirishi mumkin. Agar siz Taroziga juda aqlli ekanligini va sizga ko‘p yangi narsalarni aytib berganini aytsangiz, bu gapingiz xato bo‘lmaydi.
Tarozilar hashamatni yaxshi ko‘radilar va ko‘pincha tanishlarini tashrif buyurgan joylariga qarab baholaydilar. Ular yuqori tabaqadagilar past tabaqadagi muassasalarga bormasligiga ishonchlari komil, agar qiziqish sabab borishlarini hisobga olmasa. Atrof muhit ular uchun juda ko‘p narsani anglatadi va noto‘g‘ri tanlangan muhit ularni jismonan bezovta qiladi. Tarozilar narxlarga eʼtibor bermaydilar: ular haqiqiy zavq uchun pul sarflashga achinishmaydi.
Agar siz tarozi burjini xursand qilmoqchi bo‘lsangiz, o‘zingizning estetik qobiliyatingizni ko‘rsating. Befarq oddiy kiyinmang. Tarozilar o‘z hamrohlari bilan faxrlanishni yaxshi ko‘radilar. Agar siz bu odamni uyingizga taklif qilsangiz, tegishli muhitni yaratib qo‘ying. Qattiq tovushlar yoki yorqin chiroqlar kerak emas. Dasturxonga eng yaxshi chinni yoki xrustal idishlarda tansiq taom (qimmatbaho restorandan buyurtma berish kerak bo‘lsa ham) torting va eng yaxshisi, sham yorug‘ida xizmat ko‘rsating. Yaxshi musiqa har doim foydalidir. Tarozilarni musiqiy ovozlar o‘ziga rom etadi.
Umuman olganda, hech narsada tejamkorlik qilmang. Qo‘lingizdan kelganicha harakat qiling. Odamlar haddan tashqari ortiqchalik va shoshqaloqlik haqida nima deyishlaridan qatʼiy nazar, Tarozi bu har qanday holatda ham "oz-ozdan va asta sekin" bo‘lgandan ko‘ra shunisi yaxshiroq deb hisoblaydi.