Sabrim, kosang to‘lmay turib to‘kar edim,
Zumda portlab so‘ng tubingga cho‘kar edim,
Aql bo‘lsang yosh boladek so‘kar edim,
Sabr qilgan sabrim, yana bir oz chida.
Sheʼrlarim
Shoirlar nima uchun sheʼr yozishlarini bilmadimu, lekin ilhom parisi kaminani yod etib, yuragimda allanechuk cheksizlik his qilganimda bir necha satr qoralashga jazm etaman.Chunki aynan mana shu cheksizlik menga yuragim izlagan cheksiz ozodlik his tuyg‘usini hadya etadi.
Dunyoni suv bosdi. Hamma yoqda suv.
Zamindek tog‘ora to‘la baliqlar.
Bo‘ron yo‘q, qulashar bo‘ron qushlari,
Yomg‘ir yo‘q, cho‘kishar bir bir qayiqlar.
Onasin isini olgan go‘dakdek
Entikib yashayman! Chamansan Vatan!
Ey, rayhon islari ufurgan diyor,
Bag‘ringga bos meni! Onamsan Vatan!
Ilhom parilari ranjidim sizdan,
Malaklar oldiga ketaman endi,
Siz aytgan ertaklar yolg‘onlaridan
Ularga xonishlar etaman endi.
Jon notinch, rux behol, ishonch bezovta,
Mehrning umidi so‘ngan batamom.
Muhabbat bosh qo‘ygan sovuq ko‘ksimga:
Ey razil niyatlar, salom, assalom!
Sen xudbin emassan, qaysar emassan.
Ko‘nib “Xo‘p” deysanu, lek “Yo‘q” demassan.
Na azim chinorsan, na biror xassan,
O‘zing bilib o‘z ishingni qilsang yoqmaysan.
Aytardim: “Ishingiz bo‘lmasin,
Ishimga burningiz tiqmang siz!”
Adashgan ekanman, angladim,
Odamlar, siz menga keraksiz!
Men yig‘lay boshlasam ovutolmaysiz,
Menda ham sizlardek bir dunyo g‘am bor.
Siz topa olmagan davo menda yo‘q,
Menda siz qoldirgan dunyo, bir kam bor.
Eshitganman. Kimdir aytgan, kimdir o‘rgatgan:
Oq sheʼr degan sheʼr bo‘larmish. Erkin va ozod.
Unda na qofiya, na vazn xokim.
Na biror qoida to‘xtatolmasmish.
Yigitlar ham aytar, ham qaytar degan,
Zo‘rni deb g‘o‘rlarni oshini yegan,
Uyidan och ketib, qorni to‘q kelgan
Yigitlar, hayf sizga, yigitman demang.
Men yolg‘iz qolmadim aro yo‘llarda,
Kimsasiz cho‘llarda bo‘ldim hamrohim.
Yulduzsiz tunlarda dardlarim tinglab,
Tasalli beroldim, ketdi firoqim.
Ranjitsam bexosdan yoki ataylab,
Ko‘p xato qilsam ham, ko‘nglimga qarab,
Xafa bo‘lsangiz ham, meni avaylab,
Aytmaysiz yuzimga: “Xafa bo‘ladi”.
Bilasanmi, kimni sog‘indim?
Sog‘inch boru, sog‘inganim yo‘q.
Orzu qildim sog‘inchni, afsus,
Men visolga topinganim yo‘q.
Yurak mahzun. Xafa qildim bir so‘z uchun.
Bilib turib alamimni oldim sendan.
Bilasanku? O‘ylab netmay gapirishing
Bilamanku?! Xafa bo‘lma sen ham mendan.
Men sizni bir bora ko‘rishim kerak.
O‘ylamang, jon emas, o‘tinar nigoh.
Roz bering, nigohlar uchrashsin ilk bor,
Va ular qalblarni etsinlar ogoh.