Sheʼrlarim

Shoirlar nima uchun sheʼr yozishlarini bilmadimu, lekin ilhom parisi kaminani yod etib, yuragimda allanechuk cheksizlik his qilganimda bir necha satr qoralashga jazm etaman.Chunki aynan mana shu cheksizlik menga yuragim izlagan cheksiz ozodlik his tuyg‘usini hadya etadi.

Ali Al Mehr

Esmeralda va Pierre Gringore. Parij Bibi Maryam ibodatxonasi.

Pierre Gringore

“Toutes sortes de gens vont apres les poetes, Comme apres les hiboux vont criant les fauvettes.”
Viktor Gyugo, “Parij Bibi Maryam ibodatxonasi”.

Kerakmidi telba boshing uchun bir sirtmoq,
Mo‘jizalar saroyini sayr qilmoq, shoir?
To‘rt bo‘lakka bo‘linmasdi balki bir kosa,
Lo‘li qizdan titramasdi yuraging dir-dir.

Sevgi va hijron azobi

Jaziramaga

Jazirama. Bo‘lma beayov.
Vujudimda yonmoqda yurak.
Jon soyada, xayolim zaxda.
Yo‘q. Bardoshim yetishi kerak.

Ustoz va shogird

Ustozlarga

Ustozimdan qarzim bor meni:
O‘zgalarga keragi bo‘lgan
Bilimlarni menga qoldirgan.

Rizolik

Rizolik

Bir ojiza nomidan

Ko‘nglingizdan quvilgan bir yorman bugun.
Mehringizga to‘ymagan bir zorman bugun.
Begonadek bo‘lolmagan xorman bugun,
Siz o‘zgani tanlasangiz netay begim?!

Hur qizaloq

Bolajonim

Bir qizaloq xotirasi uchun.

Bolajonim, tashvish tortma, sog‘ omonman.
Dardim aytsam yig‘lamagin, men yomonman.
Sen hur qizsan, menku gumroh bir insonman,
Jannatlarda yurgan qizim, kulib yurgin.

Musofir qo‘shig‘i

Musofir qo‘shig‘i

Olisga yetaklab ketgan bu hayot,
Yo rizqim to‘kilgan olis tuproqqa.
Sabrimni sinaydi bunchalar sog‘inch?
Borim alishdimmi shunday firoqqa?

Dard mehmon

Dard mehmon

Eshik qoqib kelibdi bir dard,
- Xush kelibsiz, kiring, marhamat.
Bildirmadi hayron bo‘lganin,
- Taklifingiz uchun ming rahmat.

Bor, qizimdan xabar ol quyosh

Bor, qizimdan xabar ol quyosh

Bor, qizimdan xabar ol quyosh,
Tunda mijja qoqmay chiqdi oy.
Yig‘laganmish “Sog‘indim” deya,
Uyg‘ongandir qizim hoynahoy.

Dilim buncha erkasan

Dilim buncha erkasan

Dilim buncha erkasan, sho‘xsan,
Qiliqlaring sig‘mas dunyoga.
O‘zing uchun dunyo yaratib,
O‘xshatmaysan uni ro‘yoga.

Menga kerak, hammasi menga

Menga kerak, hammasi menga

Menga kerak, hammasi menga,
Osh pishirgan, choy damlagan men.
Ko‘ngil uchun raqs tushgan o‘zim,
Ko‘ngli uchun dard g‘amlagan men.

Sevgi, sendan nafratlanaman

Sevgi, sendan nafratlanaman

Sevgi.
Sendan nafratlanaman.
Sabab?!
Oddiy! Sevganim uchun!
Unutolmay, band bo‘lgan dilni
Umid qilib kutganim uchun.

Arzon yuragim

Arzon yuragim

Yuragim, kuyinma, u o‘sha,
Dunyoning ishqiga orzumand.
Mezoni nafsiga basma-bas,
Men bir kas, u esa donishmand.

Muhammad Yusufga maktub

Muhammad Yusufga maktub

Salom aka, Muhammad Yusuf,
Bir muxlisdan salomnoma xat.
Sizdan meros har kunga salom,
Menga sizni yod etmoq faqat.

Bir chol qismati

Bir chol qismati

«Chekka bir qishloqning chekka uyida,
Sunbul sochlarini tarab turgan qiz.»
Qo‘shiqdan…

Ko‘hna bir dunyoning zax bir uyida,
Aso ushlab, munkib, titrab turgan chol.
Nursiz ko‘zin tikib ketgan yo‘liga,
Kelar bir kun deya umid qilgan chol.

Chinor

Chinor

Otamning xotirasiga bag‘ishlayman.

Sen soddasan, sabrli, sokin,
Bir oz o‘jar, ko‘proq beozor.
Mustahkamsan, bir ozgina mo‘rt,
Bir oz qo‘pol, mayinsan chinor.