Sheʼrlarim

Shoirlar nima uchun sheʼr yozishlarini bilmadimu, lekin ilhom parisi kaminani yod etib, yuragimda allanechuk cheksizlik his qilganimda bir necha satr qoralashga jazm etaman.Chunki aynan mana shu cheksizlik menga yuragim izlagan cheksiz ozodlik his tuyg‘usini hadya etadi.

Ali Al Mehr

Tushunmading

Tushunmading

Tushunmading senga yozgan sheʼrimga,
Qaramading olib kelgan gulimga.
O‘ylab qoldim, qarab tursang qo‘limga,
Kelganmiding oshiq bo‘lib pulimga?!

Muhabbatning orzulari

Muhabbatning orzulari

Muhabbatga zorlanadi tashna yuragim,
Topolmayin ishq sahrosi ichra bir buloq.
Sarson yurar visol izlab tunamoq uchun,
Yo‘llarida vafo bo‘lib yastanar qumloq.

Ishonmading

Ishonmading

Ishonmading sevaman desam,
Ishonmading yonsa yuragim,
Yolg‘on bo‘ldi sen uchun qasam
Ro‘yo bo‘lib qoldi tilagim.

O‘zga muhabbat

O‘zga muhabbat

Olisdagi qoyalarga boqsam termilib,
Yo sharqirab oqar suvga tushsa nigohim,
Xotiralar yuragimni o‘tadi tilib,
Nahot seni uchratganim bo‘ldi gunohim.

Aldading go‘zal

Aldading go‘zal

Muhabbat do‘stlikning nihoyasidir…

Do‘st dedimu sevgim menga begona bo‘ldi,
Nish urdiyu, muhabbatim ochilmay so‘ldi,
Visol emas, uqubatga paymonam to‘ldi.
Meni emas, o‘z-o‘zingni aldading go‘zal.

Esingdami?

Esingdami?

Esingdami? Kuz oqshomi anhor bo‘yiga
So‘nggi bora uchrashuvga tanho kelganing?
Esingdami, o‘shal oqshom kelib yonimga
- Sen emassan mening yorim, o‘zga, - deganing?

Sonet

Sonet

Ruxsoring hajrida talpinar yurak,
Unutmoq istamas, sevmoq istaydi.
Shul sabab ko‘ksimda sen tomon halak,
Aytganday “Yur” deya, meni qistaydi.

Mening sevgim

Mening sevgim

Gulg‘unchaga o‘xshatmang sevgim,
Men gullarga qilmayman havas.
Tog‘lar kabi mustahkam demang,
Chunki ular abadiy emas.

So‘zlarimga ishonma go‘zal

So‘zlarimga ishonma go‘zal

So‘zlarimga ishonma go‘zal.
Ko‘zlarimda yolg‘onchi nigoh.
Ko‘kragimga qo‘yma boshingni
Sirlarimdan etmaydi ogoh.

Bulbul va atirgul

Bulbul va atirgul

Bog‘imda ochilgan bir tup atirgul
Gulbargin oftobga solgancha mayus
Shabboda ishqiga etmayin parvo
Oshiq bulbulini kutadi hanuz.

Alla

Tushlarimda alla aytib bergin Ona!

Siniq ko‘nglim o‘ksib ketdi. Mehrim o‘ldi.
To‘lib ketdi bu paymona. Zavqim so‘ldi.
Umidlarim, orzularim nima bo‘ldi?
Tushlarimda javobini bergin Ona!

Alla

Allalarga zorman ona

Alla aytib uxlatarding, ko‘nmas edim...
Endi esa allalarga zorman ONA...
Yalla aytib uyg‘otarding, ko‘nmas edim...
Sensiz meros yallalarga torman ONA...

Ota, Ona, Farzand

Bir kun ota-ona bo‘lamiz

Bir kun ota, bir kun ona bo‘lsak ehtimol,
Bir kun bizni yo‘qlamasa farzandlarimiz,
O‘shal kunlar bizlar bir oz ranjisak agar,
O‘z otamiz, o‘z onamiz eslarmikanmiz?

Yig‘lat onam

Yig‘lat onam

Yig‘lamadim, boshim toshga ursa g‘animlar,
Bo‘zlamadim, chetga turtsa og‘a inimlar,
Yig‘lolmadim, taqdir menga dardin siqimlar,
Darding aytib yig‘lat Ona, men ham yig‘layin.
Sabring aytib yig‘lat Ona, yig‘lagim keldi.

Onajon

So‘zlarim yetmadi Onajon!

So‘zlarim yetmadi Onajon
Tarifing eʼtirof etmoqqa.
Sen aytgan ertaklar yetmadi
Orzuda visolga yetmoqqa.