Donishmandlik bizga hayot so‘qmoqlarida ulug‘ saodatni hozirlab inʼom etuvchi vositadir. Abu Ali ibn Sino.

Alla

Tushlarimda alla aytib bergin Ona!

Siniq ko‘nglim o‘ksib ketdi. Mehrim o‘ldi.
To‘lib ketdi bu paymona. Zavqim so‘ldi.
Umidlarim, orzularim nima bo‘ldi?
Tushlarimda javobini bergin Ona!

Mag‘rur boshim egib qo‘ydi malomatlar,
Qo‘lim tutgan endi afsus nadomatlar,
Yo‘lim poylar ne ofatlar, kasofatlar:
Tushlarimda yo‘lim topib bergin Ona!

Beshiklarim zor yig‘ladi: sabr dedim,
Yuzim kulib, ko‘nglim vayron yurgan edim.
Shu kungacha o‘z umrimni o‘zim yedim:
Tushlarimda alla aytib bergin Ona!

Bir savobga ming gunohni qilib yurdim,
Zar choponim ostiga tig‘ ilib yurdim,
Kimlar do‘stu, kimlar ag‘yor bilib yurdim,
Tushlarimda aybim bilib bergin Ona!

Mehring edim. Bu mehringga kimlar yetdi?
Suyanganim orzularim xazon etdi.
Hatto so‘nggi ishonganim kechib ketdi:
Tushlarimda bir bor qaytib kelgin Ona!

Sabrsizlik qilsam azim gunoh bo‘lar.
Xato qilsam kimlar gado, kim shox bo‘lar?
Balki sendan o‘rnak menga panoh bo‘lar?
Tushlarimda sabrim berib ketgin Ona!
Tushlarimda alla aytib bergin Ona!

25-iyul, 2015 yil.

Sahifamda zerikib qolmang!

  • O‘lmasoy Nishonova. Meni ishqdan sovutma dunyo...

    1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.

  • Abdul Boqiy

    Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan.
    Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi.

  • Yoqimli sheʼr

    Yoqimli sheʼr. O‘zim yozdim. O‘zimga.
    Sheʼr yo‘g‘ida bir o‘qishga yaroqli.
    Mazza qildim! Tasanno har so‘zimga!
    O‘qiyapman qayta qayta. Maroqli.

  • Hamkasbimga hazil

    (Hamkasbimga hazil)

    Ul yigitkim bir jahon, bu zamon bir donadur,
    Yo‘q demakim ko‘rkini, har sifat nishonadur.

    Bir Umar farzandi ul, kindik qoni Namangon,
    Makon bo‘ldi Andijon-kim, tahsili Farg‘onadur.

  • Yoshlarga to‘y hazili

    Fido bo‘ldi bir oshiqning hurlik oni to‘yxonada,
    Bir gul yuzli barno kutar bo‘ldi uni ostonada.

    Ahli yori o‘ynab kular oshiq ko‘nglin olmoq bo‘lib,
    Ammo oshiq ko‘ngli to‘yda emas balki durdonada.

  • Matmusaning kartasi - 2

    Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda,
    Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.

    Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q,
    Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q.
    Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb,
    Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.