Do‘stim ko‘rdim ko‘zlaringda qatra-qatra yosh,
Taning behol, turadirsan mayus egib bosh.
Nechun bu xol? Bilolmasman, aytaqol sirdosh,
Aytgin do‘stim, chidolmasman, ko‘rsam ko‘zda yosh.
Sheʼrlarim
Shoirlar nima uchun sheʼr yozishlarini bilmadimu, lekin ilhom parisi kaminani yod etib, yuragimda allanechuk cheksizlik his qilganimda bir necha satr qoralashga jazm etaman.Chunki aynan mana shu cheksizlik menga yuragim izlagan cheksiz ozodlik his tuyg‘usini hadya etadi.
Bugun maktab ostonasin xatlab so‘nggi bor
O‘n bir yillik bolalikka yasaysiz yakun.
Endi hayot darsxonangiz bo‘lar, maktabda
Chalinadi eng oxirgi qo‘ng‘iroq bu kun.
Taqdiringdan nolima inson,
Ro‘kach qilma, beayb zamona.
Hayot yo‘lin topa olmasdan
Qidirasan faqat bahona.
Xush kelibsan do‘stim qahraton,
Ishon, seni qanchalar kutdim.
Bas qil endi garov qilmoqni,
Yengolmading. Yana men yutdim.
Taqdirmidi? Sevgi yuki zalvoridan,
Oyoqlarim ko‘tarolmay qayrildiku?
Visolingga to‘ymay qoldi xayollarim,
Sendan o‘zim, dil boridan ayrildiku?
Yuziga fotiha tortadi dunyo:
-Yo Alloh, bag‘rimga toshdi yarolar,
Dardimga shifolar qilar bandalar,
Tirnaydi oldingda yuzi qarolar.
Sog‘inchlaring sog‘inchimga yetolmaydi,
Yurakkinam seni tashlab ketolmaydi,
Afsus, visol bugun xushnud etolmaydi,
Sog‘inganim, sog‘indingmi sen ham meni?
Kechikding muhabbat, endi kechikding.
Senga deb atalgan yuragim o‘lgan.
Ketaver, sen uchun endi nima bor?
Umiding uzaver, sabrim ham to‘lgan.
Qon yig‘laydi xiyobonda yolg‘iz o‘sgan sadarayhon
Yig‘lab aytgan sirlarini bulbul tinglar bo‘lib hayron:
“Bunchalar xam toshmehrli, metin yurak bo‘lar inson?
Bir ko‘ngillar ayrilig‘in guvohiman. Kuz kelsaydi.
Yurak yig‘lab qoldi ortingdan,
Suyolmagan o‘zi aybdor.
Qaytmas bo‘lib ketdi orzuga,
Aytib ketdi tushlarga izhor.
Tuni bilan yog‘di yomg‘ir bahs boylashib ko‘z yoshimga,
Sel yuvadi g‘uborlarim, dard quyilar bardoshimga,
Qora tunda qora bulut aylanadi sirdoshimga,
Nega senga ketgin dedim? Sen ham ketding muhabbatim?!
Ishqning ko‘zi ko‘rmi shunchalik?
Yurakka o‘q otar benishon.
Goho dardli oshiq dil kulib,
Goho quvnoq dil chekar fig‘on.
Bog‘ chamanni etgancha maftun,
Oshiq dilga sochib bir uchqun,
Bahor qaytib keldi men uchun:
Gulim! Bugun sen tug‘ilgan kun!