Kel bahorim, kelaqol,
Endi mening onam yo‘q.
Boshimga do‘l yog‘dirsang
Endi mening otam yo‘q.
Sheʼrlarim
Shoirlar nima uchun sheʼr yozishlarini bilmadimu, lekin ilhom parisi kaminani yod etib, yuragimda allanechuk cheksizlik his qilganimda bir necha satr qoralashga jazm etaman.Chunki aynan mana shu cheksizlik menga yuragim izlagan cheksiz ozodlik his tuyg‘usini hadya etadi.
Ayting, ko‘ngil rangi qanaqa?
Oqmi? Qora? Yoki alvon rang?
Kim biladi, balki u shaffof?
O‘zingizga, o‘zgaga qarang.
Do‘stim, keling, quloq soling,
Bir suhbatga mushtoqman,
Bir savobga umid qildim,
Nasihatdan yiroqman.
Onajon... Bunchalar bag‘ritosh eding?
Bunchalar mehringni qizg‘onding mendan?
Bolam yosh, bor haqdan qo‘rqmasin deya,
Olisda jon berding. Xafaman sendan.
Do‘stim dedim, qon yig‘ladi, kuydi ishqim,
Singlim dedim, joniga qasd qildi ishqim.
Do‘st, birodar, aka, og‘a bilsam o‘zim,
Meni nomard, xiyonatkor bildi ishqim.
Zamona zayli bilan haqiqatga o‘xshagan hazil sheʼr...
Hazil qilib xotinga aytdim:
- Maʼnaviyat kerakmi senga?
Xotin hayron. Keyin alamdan,
Bir oz qo‘rqib portladi menga:
Eshik qoqib keldi Yangi yil,
Bir yil o‘tib ketibdi shitob,
Do‘stlar, bayram qilishdan avval
Eski yilni qiling sarhisob!
(Muhammad Yusufning “Onajon” sheʼriga nazira)
Topmoq – yo‘qotmoqdir,
Yo‘qotmoq – topmoq,
Sen yozib,
Men o‘qib,
Yurishimga boq.
Bolam tezroq darsingni qil,
Qishda kunlar qisqaroq.
Kitobingni erta o‘qi,
Ko‘z og‘ritar shamchiroq.
- Ona qizim, momo qizim, yig‘lamasdan
Qani ayting: “Oq yo‘l dada!” - ayting qizim.
Sizga katta bir qo‘g‘irchoq olib kelay,
Ergashmasdan ostonadan qayting qizim!
- Dada, menga archa olib keling, - dedi,
O‘yinchoqlar yasab qo‘ydim novdasiga,
Zarrin kokil qirqdim o‘zim zar qog‘ozdan,
Joy qoldirdim chiroqchalar shodasiga...
Do‘st kelib dushmanning ishini qilgan,
O‘zligin bilmagan, o‘zgani bilgan
Shaytonni tiriklay po‘stini shilgan
Do‘stlarim bor ekan, hali yashayman.
Shoir:
- Bekor umrim o‘tmadi, ishon,
Sheʼrga soldim xalqning dardini.
Xalq olqishlab, rahmatlar aytdi,
Sheʼr ko‘tarar inson qadrini.