Donishmandlik bizga hayot so‘qmoqlarida ulug‘ saodatni hozirlab inʼom etuvchi vositadir. Abu Ali ibn Sino.
Hali yashayman
Ratings
(0)
Do‘st kelib dushmanning ishini qilgan, O‘zligin bilmagan, o‘zgani bilgan Shaytonni tiriklay po‘stini shilgan Do‘stlarim bor ekan, hali yashayman.
Borimda yaqinim, yo‘g‘imda olis, Yaxshimda yo‘q bo‘lgan, yomonda xolis, Shukrni otini qo‘ygan “G‘alamis” Do‘stlarim bor ekan, hali yashayman.
Keng joyda musht bermay torda osh bergan, Do‘stimdan panoh deb ko‘ksini kergan, Yonimda men bilan rizqimni tergan, Do‘stlarim bor ekan, hali yashayman.
Kun kelib birovga yov ham bo‘larman, Qiyomat do‘st topsam, balki o‘larman? Ungacha bir unib, birda so‘larman, Do‘stlarim bor ekan, hali yashayman.
1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.
Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan. Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi.
Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda, Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.
Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q, Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q. Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb, Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.