Donishmandlik bizga hayot so‘qmoqlarida ulug‘ saodatni hozirlab inʼom etuvchi vositadir. Abu Ali ibn Sino.

O‘gitlar

O‘gitlar

Boshing uzra bir kun quvonch sochib ketgay.
Kunlar borki alam ildiz otib ketgay.
Ey Alisher, bu dunyo bir sinov bo‘ldi
Ogoh bo‘lg‘il, bu kunlar ham o‘tib ketgay.

May, 2000 yil.

 

Ul bodomkim, ahli donish uning mag‘zin chaqadur.
Ul chiyonkim, kimki badxulq, aning og‘zin chaqadur.
Ey Alisher, ehtiyot bo‘l, qo‘ymag‘il o‘z holig‘a,
Bir xatolig‘ aylasang kim, yigit labzing chaqadur.

1998 yil.

 

Bu dunyoda har narsaning o‘z jufti o‘z aksi bor.
Yaxshi yomon, kunga tun bor, ayriliqqa bor visol.
Biri kelsa ikkinchisi kutib turmas intizor,
Shunday ekan, ey Alisher, o‘z aksingni topib ol.

May, 2003 yil.

 

Endi hayot bo‘lsin ustozing.
O‘lim bilan qilgin andisha.
Ne kuylarga solsa ham taqdir
Inson bo‘lib qolgin hamisha.

May, 2003 yil.

 

Yigit bola hokim bo‘lsa gulzor qurdiradi.
Erkak kishi hokim bo‘lsa bozor qurdiradi.
Ertasini o‘ylamagan hokimlarga bersin to‘zim.
Qari kishi hokim bo‘lsa mozor qurdiradi.

2003 yil.

 

Ilm izla, harki ilm yo‘lingdadir
Aning mag‘zi bilki o‘ngu so‘lingdadir,
Har mag‘izning boli o‘zga, bil Alisher,
Sarasini tanlab totmoq qo‘lingdadir.

19 Yanvar, 2007 yil.

 

Xalq ichinda yurar bo‘lsang bir po‘st so‘ra,
Har kuningda yurar bo‘lsang kam ko‘st so‘ra,
Ey Alisher, ne so‘rasang bersin Alloh,
Gar qiyomat yurar bo‘lsang bir do‘st so‘ra.

2003 yil.

 

Niyatlarni yaxshi qiling do‘stga ham dushmanga ham, 
Har niyat, har bitta gapni ijobat qilgay egam. 
Chohga turtsa dushmanga ham xayr debon qulaydi mard, 
Niyat bir kun qaytar ortga, qilmasin shunda alam.

Fevral, 2013 yil.

 

Inson rizqi ila kelmish, nafsi hamroh, 
Rizqni nafsdan farq qilmagan asli gumroh, 
Nafsni tiymoq rizqdan qaytmoq mazmun ermas, 
Ajab, balkim nafs rizqimdan topmish panoh?!

Yanvar, 2013 yil.

 

Sabr qilib o‘rgatmoqlik zavqdir balki, 
Sabr gashtin o‘rgangandan olmoq qiyin. 
Sabr aylab o‘rganmoqlik oson balki, 
Sabr qilib o‘rgangandan kechmoq qiyin.

Sentyabr, 2011 yil.

Sahifamda zerikib qolmang!

  • O‘lmasoy Nishonova. Meni ishqdan sovutma dunyo...

    1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.

  • Abdul Boqiy

    Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan.
    Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi.

  • Yoqimli sheʼr

    Yoqimli sheʼr. O‘zim yozdim. O‘zimga.
    Sheʼr yo‘g‘ida bir o‘qishga yaroqli.
    Mazza qildim! Tasanno har so‘zimga!
    O‘qiyapman qayta qayta. Maroqli.

  • Hamkasbimga hazil

    (Hamkasbimga hazil)

    Ul yigitkim bir jahon, bu zamon bir donadur,
    Yo‘q demakim ko‘rkini, har sifat nishonadur.

    Bir Umar farzandi ul, kindik qoni Namangon,
    Makon bo‘ldi Andijon-kim, tahsili Farg‘onadur.

  • Yoshlarga to‘y hazili

    Fido bo‘ldi bir oshiqning hurlik oni to‘yxonada,
    Bir gul yuzli barno kutar bo‘ldi uni ostonada.

    Ahli yori o‘ynab kular oshiq ko‘nglin olmoq bo‘lib,
    Ammo oshiq ko‘ngli to‘yda emas balki durdonada.

  • Matmusaning kartasi - 2

    Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda,
    Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.

    Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q,
    Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q.
    Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb,
    Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.