Donishmandlik bizga hayot so‘qmoqlarida ulug‘ saodatni hozirlab inʼom etuvchi vositadir. Abu Ali ibn Sino.

To‘rt satr sheʼr...

To‘rt satr sheʼr...

Sheʼr quyilib kelaverar begonalarga,
Doston bitib qo‘ymoq oson jononalarga,
Lekin. Bir so‘z topilmas durdonalarga,
Yozmaganman biror satr opalarimga.

Avgust, 2007 yil.

 

Har ko‘chaga kirib ko‘rdim, bir kosa osh izladim.
Har dildan xush kayfiyatni, har ko‘zdin yosh izladim.
Harki ishni yozar bo‘ldim iymongami, imkonga?!
Har sababdan bo‘lib ko‘rdim, boshimga tosh izladim.

27 Avgust, 2006 yil.

 

Yo‘l so‘radim. Ko‘rsatdilar. Ketaverdim. 
Bir adashdim. Hayron bo‘ldim. Aldadilar. 
Qaytib keldim. Indamadim. Salom berdim. 
Yana boshqa yo‘l ko‘rsatib haydadilar.

Fevral, 2013 yil.

 

Sumalak, qaynaysan, asta ohista, 
Bahorga intilgan maysadan bu g‘am. 
Bag‘ringga tosh qo‘shib sharaqlatishar, 
Quymaslar jimgina yig‘lashingga ham.

Iyul, 2012 yil.

 

Neki ish bo‘lsa bas, aybim o‘zimda. 
Men uzr kutmayman shundan hech qachon. 
Hammani kechirib o‘rgandim ammo, 
O‘zimni kechirib qo‘yishim yomon.

Iyul, 2012 yil.

 

Ne desa desinlar bugun do‘stlarim, 
Bugun men bolaman, o‘sha yosh bola. 
Ertak aytib bering polvon amaki, 
Shirguruch qib bering shoira xola.

Iyun, 2012 yil.

 

Roziman tosh oting, to‘kayin borim,
Toptamang to‘kilsa yaxshimi yomon.
Qarovsiz qolmayin mevasiz bo‘lsam,
Hech bo‘lsa bargimni qilay soyabon.

Aprel, 2012 yil.

Sahifamda zerikib qolmang!

  • O‘lmasoy Nishonova. Meni ishqdan sovutma dunyo...

    1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.

  • Abdul Boqiy

    Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan.
    Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi.

  • Yoqimli sheʼr

    Yoqimli sheʼr. O‘zim yozdim. O‘zimga.
    Sheʼr yo‘g‘ida bir o‘qishga yaroqli.
    Mazza qildim! Tasanno har so‘zimga!
    O‘qiyapman qayta qayta. Maroqli.

  • Hamkasbimga hazil

    (Hamkasbimga hazil)

    Ul yigitkim bir jahon, bu zamon bir donadur,
    Yo‘q demakim ko‘rkini, har sifat nishonadur.

    Bir Umar farzandi ul, kindik qoni Namangon,
    Makon bo‘ldi Andijon-kim, tahsili Farg‘onadur.

  • Yoshlarga to‘y hazili

    Fido bo‘ldi bir oshiqning hurlik oni to‘yxonada,
    Bir gul yuzli barno kutar bo‘ldi uni ostonada.

    Ahli yori o‘ynab kular oshiq ko‘nglin olmoq bo‘lib,
    Ammo oshiq ko‘ngli to‘yda emas balki durdonada.

  • Matmusaning kartasi - 2

    Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda,
    Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.

    Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q,
    Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q.
    Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb,
    Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.