Bandasini idrok etmak odati
Erur do‘zax o‘ti bundin jannati…
![]()
Ayo do‘stlar kechiringiz qilsam xato,
Buni meros qoldirmishdir Odam Ato.
May,2000 yil.
![]()
Chaqmagay ko‘r qalbni so‘z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki bo‘lsa do‘st, niyati chaqmoq emas.
07 Iyun, 2004 yil.
![]()
Dunyoni sig‘dirib bitolmasang bayt,
Sen shoir bo‘lmoqlik niyatingdan qayt.
Iyun, 2004 yil.
![]()
Garchi uni desalar buyuk, qilar ishi bo‘lsa nomaʼqul,
Seni nodon desalar mayli, undan uzoq yurganing maʼqul.
Iyun, 2004 yil.
![]()
Ulug‘ligin taʼna qilgan ulug‘lardan
Yaxshi hosil, garchi unmas urug‘lardan.
Iyun, 2004 yil.
![]()
Xalq ichida xor bo‘lmoqni qilsang ixtiyor,
Gado bo‘lma, xokim bo‘lgin, imkoni bisyor.
Iyun, 2004 yil.
![]()
Xokimlar bor, ko‘chat ekib bog‘ qiladi,
Birlari bor, cho‘l-biyobon, tog‘ qiladi..
Iyun, 2004 yil.
![]()
Ikki visol o‘rtasida kelgan visol
Boldan keyin shakar totmoq zavqi misol.
19 Yanvar, 2007 yil.