Sheʼrlarim

Shoirlar nima uchun sheʼr yozishlarini bilmadimu, lekin ilhom parisi kaminani yod etib, yuragimda allanechuk cheksizlik his qilganimda bir necha satr qoralashga jazm etaman.Chunki aynan mana shu cheksizlik menga yuragim izlagan cheksiz ozodlik his tuyg‘usini hadya etadi.

Ali Al Mehr

Ayt, nedir ishq?

Ayt, nedir ishq?

Tongda turib uxladimmi? Bilolmasman.
Oromimni yo‘qotdimmi? Topolmasman.
Majnunmanmi? Aqli hushim yig‘olmasman.
Aytgin gulim, ishq degani shu bo‘ldimi?

Yo‘q demagin

Yo‘q demagin

Yo‘q demagin orzularimga,
Tongda seni izlab borsalar.
Hadya yetgin shirin bir xayol,
Armonlarim seni tortsalar.

Qalbim tonggiga

Qalbim tonggiga

Quyosh botar yana qalbimda
Ufqda sokin mavj urar qonim,
Sen ketgan dil qirg‘oqlarida
Izlaringni o‘par armonim.

Armon muhabbat

Armon muhabbat

Oq marmarga siymosini ko‘chirdi yo‘nib,
Armon bo‘lgan muhabbatin bir haykaltarosh
Tosh sanamga boqib o‘tdi bir tun xo‘rsinib,
Tong otganda qon yuragi bermadi bardosh.

Azizim, so‘ramang...

Azizim, so‘ramang...

Azizim. So‘ramang oydan holimni,
Tunlari ko‘rmaydi iztiroblarim.
Azizim, so‘ramang, quyosh ham bilmas,
Hijronda o‘tkazgan kun azoblarim.

Sen kelmading

Sen kelmading

Yetim bo‘lib qolgan ishqim qon yig‘ladi,
Muhabbatsiz tanda qolgan jon yig‘ladi,
Hijroningda oh chekib har on yig‘ladi,
Yig‘lab, yig‘lab qoldi mehrim, sen kelmading.

Choliqushi bo‘lolmaysan

Choliqushi bo‘lolmaysan

Bolalikning sho‘xliklari o‘tib ketdi,
Muhabbatning to‘qliklari o‘tib ketdi,
Hijronlarning yo‘qliklari o‘tib ketdi,
Kulma jonim! Choliqushi bo‘lolmaysan.

Paypoq oldim!

Paypoq oldim!

Bir kuni:
Xotin aytdi:
- Dadasi,
Paypog‘ingiz qolmabdi.
Yil o‘tibdi, bu erkak
Bitta paypoq olmabdi.

Oy bilan suhbat

Oy bilan suhbat

Tun qo‘ynida porloq yulduzning
Ko‘zlaringda aksini ko‘rdim
Qulog‘ingga asta shivirlab
To‘lin oyning holini so‘rdim.

Ko‘nglimni tushunmas suyganim

Ko‘nglimni tushunmas suyganim

Ko‘nglimni tushunmas suyganim.
Yonsa ham ishqida yuragim
Ortidan zor qolar tilagim.
Bilmasmi qanchalar kuyganim?
Ko‘nglimni tushunmas suyganim.

O‘zing go‘zal...

O‘zing go‘zal...

Husning so‘rab oydan, go‘zal, javob olmadim,
Tunda yorqin yulduz bilan tanho qolmadim.
Ko‘nglimni ko‘r, ko‘kda quyosh bo‘lmasa guvoh,
Sendan o‘zga bir go‘zalga nazar solmadim.

Qizlarjon

Qizlarjon

Bog‘da gullar ochilgan zamon
Gulga dardin aytadi rayhon.
Tinglab uni bo‘ldim men hayron:
Rayhon dardin tingla Qizlarjon...

Ishq sayyodi...

Ishq sayyodi...

Xayollarim shamoliga yelkan tutdim,
Sen tomonga eltarmi deb to‘lqinlarim.
Tumanlarda yo‘qoldimmi yo‘ldan ozib,
Dilim mayoq, ishqim o‘ti yolqinlarim.

Diydoring ko‘rolmay...

Diydoring ko‘rolmay...

Diydoring ko‘rolmay vaslingga zorman,

Ishqingda ko‘rmasdan kuygan bedorman,

Lablaring bolini totmay xumorman,

Fusunkor vaslingga bir intizorman.

Xayolimni olgan qiz

Xayolimni olgan qiz

Xayol surib xayolimni olgan qiz,
Uyalganda yurakka o‘t solgan qiz,
So‘ramaysiz, yuragimni bilmaysiz...