Sheʼrlarim

Shoirlar nima uchun sheʼr yozishlarini bilmadimu, lekin ilhom parisi kaminani yod etib, yuragimda allanechuk cheksizlik his qilganimda bir necha satr qoralashga jazm etaman.Chunki aynan mana shu cheksizlik menga yuragim izlagan cheksiz ozodlik his tuyg‘usini hadya etadi.

Ali Al Mehr

Opa yig‘lar

Opa yig‘lar

Qadr o‘lsin, yostig‘imni ho‘l qilgancha,
Holimdan bir xabar olmay ketding ukam.
Mening qadrim shu qadar ham past bo‘ldimi,
Seni olgan hudodan so‘r, qayerim kam?

Ayollarga

Ayollarga

Uyg‘onib ketadi bu olam,
To‘xtatmay tebratgin beshiging,
Ketmagin, alla ayt onajon
Ochsa ham jannatlar eshigin.

Sinovlarim

Sinovlarim

Onam bo‘lsa baxtim yo‘lda qolarmidi?
Taqdir meni shu kunlarga solarmidi?
Mehr izlab topgan dardim olarmidi?
Yo Allohim sinovlari shu bo‘ldimi?

Farzand so‘rab duo qildim

Farzand so‘rab duo qildim…

Rahmdil Alloh nomi bilan boshlayman.

Hayron etib ikki dunyo g‘alvasiga,
Oshiq qilding bu dunyoning bandasiga.
Ey Allohim, muruvvating etma darig‘,
Zor qilmagin bir farzandning jandasiga.

Bolasining orqasidan qolmasin Ona

Bolasining orqasidan qolmasin Ona

Tongda turib uxlamagan oromidan nola qilar,
Duolarda ne so‘rashin faqat o‘zi, Tangri bilar.
Ko‘zlar mungli, titroq qo‘llar yostig‘ini asta silar,
Bolasining orqasidan qolmasin Ona.

Onamsiz to‘y qildim

Onamsiz to‘y qildim...

To‘yim bugun. To‘yxonadan, Onam, ruhing izlayman,
Yuzim niqob tabassumdan, ich-ichimdan bo‘zlayman.
Yonimda yor oq ro‘molda armonimni bilmaydi,
Kelin salom qilganida senga salom bermaydi.

Mehrimga

Mehrimga…

Bag‘rimga bosaman vujuding,
Harorat sezmasdan seskandim.
Esladim… Kuydirgan yuraging.
Qachondir ortidan ketgandim…

To‘rtlik

Bir juft satr...

Bandasini idrok etmak odati
Erur do‘zax o‘ti bundin jannati…

Onamning allasi

Onamning allasi

"Onalar oyog‘i ostida jannat".
Bunchalar nodonman, endi bilibman.
Sen ketgan so‘qmoqdan topib olganim
Hali ham kovushing kiyib yuribman...…

Yolqin g‘azaliga muxammas

Yolqin g‘azaliga muxammas

Rad etib bo‘lgaymu g‘uncha har bahor yozgin desa,
Bul ajib zamin aro sen iftixor yozgin desa,
Berdi Alloh, ketmasin hayf iqtidor, yozgin desa,
Yozmayam bo‘lgaymu ko‘nglim ashʼor yozgin desa,
Qalbu qonim jo‘sh urib, shomu nahor yozgin desa.

Fikrlash

Tuyuq

Kimda xirmon, kimda arzon jon talash,
Birda imkon, birda iymon jontalash,
Uysa xirmon borki iymon jon savob,
Yo‘qsa armon qolsa imkon jon talash.

9-Noyabr, 2015 yil.

Vijdon

Muammo

Vaʼda bergaylar qo‘yib Rahmon o‘rtada, 
Iymonu insof bo‘lib sarson o‘rtada.
Jazo bilmas qozi lol hayron o‘rtada.
Diyonatu adolat vayron o‘rtada,
Oxiratni o‘ylamas zamon, o‘rtada
Nom nishonsiz ketdi, yo‘q, pinhon o‘rtada.

Sentyabr, 2004 yil.

Tarozi

Chiston

Ul adolat peshvosikim, na qoni, na joni bor,
Qozilik qilg‘ayki, jonsiz, vo ajab, vijdoni bor.

Ikki yonda ikki kafti, bahs boylashar basma bas,
Qay biri qay holda bo‘lsa ko‘rsatar paykoni bor.

Ramazon

Marhabo ey hush Ramazon!

O‘n ikki oy go‘zali ey mohi tobon,
Hush kelibsiz! Marhabo ey hush Ramazon!

Xasta bo‘lgan tanimmi yo ruhim bilib
Shifoi nur keltiribsiz bizga chunon.

Kamolot

Kamol yetmoq oson emas...

Ko‘rdim o‘zimni bir g‘arib, kamol yetmoq oson emas,
Kamol yetsa hamki inson, tanho ketmoq oson emas.

Aytsalar yosh tanda emas, boshda bo‘lar har bir amal,
Aytgum qarilik gashtini yoshda totmoq oson emas.