Sheʼrlarim

Shoirlar nima uchun sheʼr yozishlarini bilmadimu, lekin ilhom parisi kaminani yod etib, yuragimda allanechuk cheksizlik his qilganimda bir necha satr qoralashga jazm etaman.Chunki aynan mana shu cheksizlik menga yuragim izlagan cheksiz ozodlik his tuyg‘usini hadya etadi.

Ali Al Mehr

Tikonsiz atirgul

Tikonsiz atirgul

Gul yasadi zargar oltindan,
Barglar yo‘ndi zabarjadlardan,
Gulbargiga qo‘ydi dur shabnam,
Isin terdi aqiq qandlardan.

Yuvildi dil g‘uborlarim

Yuvildi dil g‘uborlarim

Ko‘z yoshimni artib qora bo‘ldi bulutlar,
Hasratlarim changlariga aksa urarlar.
Yuragimning parchasidek do‘lga aylanib,
Tuproqlarga qorishgancha yakson turarlar.

Ellik ikki karvon

Ellik ikki karvon

18 Yanvar, 2018 yil manzilga yeta olmagan 52 musofir yurtdoshlarim xotirasiga bag‘ishlanadi.

2018 yil 18 yanvar kuni Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati Irgiz tumanida salonidagi 52 yo‘lovchisi bilan avtobus yonib ketdi. Bu fojiani, bu yo‘qotishni tasavvur qilishning o‘zi dahshatli, og‘riqli edi. Yuraklar zirqiradi, alamlar tilka pora qildi, ilojsizlik, taqdir, qismat oldida noiloj qoldi insonlar. Bu barcha uchun og‘ir sinov bo‘ldi. Manzilga yeta olmagan 52 musofir yurtdoshlarimning oxirati obod bo‘lsin.

Musofir bo‘ldim

Musofir bo‘ldim

Musulmonsan gar musofir bo‘lsang dedi.
Ota-onam, yorni tashlab yurtlar kezdim.
Yarashadi “Mers”lar minib yursang dedi,
Topganimda sog‘inch emas, nafsni sezdim.

Bandasan

Bandasan

Allohni tanirsan Rahmon deb,
Ajratib yaxshi deb, yomon deb,
Yasharsan o‘tkinchi zamon deb,
Bandasan, kimliging bildingmi?

Befarq inson

Befarq inson

Zarari ham, foydasi ham yo‘q insondan zararliroq, foydasizroq inson bo‘lmaydi.

Befarqlik qalbimning kasali,
Yuqadi, ogohroq yuringlar.
Tegmasam ko‘p xursand bo‘lmasdan
Baʼzida turtib ham turinglar.

Hindistonda vatan sog‘inchi

Hindistonda vatan sog‘inchi

Yuragimga ishq solmadi xilqatlaring,
Aqli hushim lol qilmadi xislatlaring,
Allohimdek yor bo‘lmadi hazratlaring,
Ey Hindiston, men sog‘indim O‘zbegimni.

Tosh yurak

Tosh yurak

Tushunmadi meni insonlar! Ular dohiy, men esa manqurt,
Tushunmadi meni muhabbat! Vafo ketdi, qoldi bir beburd.
Tushunmadi mening yuragim, olov o‘chdi, qolmay hatto dud,
Hatto ajal yo‘qlamas bo‘lib, tosh yurakli bemehr qoldi.

Hayot go‘zal

Hayot go‘zal

Hayot go‘zal, ko‘rolsang uni
Yo‘qdir undan go‘zalroq malak.
Kamlik qilar orzu va tilak
Yana mehr, qalb ko‘zi kerak.

Vatan himoyachilariga bayram tabrigi

Vatan himoyachilariga bayram tabrigi

Yurtimizning iftixori, polvonlari o‘zingiz,
Vatanimning sardorlari, xoqonlari o‘zingiz,
Gulzor yurtning bog‘boni-yu, dehqonlari o‘zingiz,
O‘zbegimning yigitlari, sizga bayram muborak!
O‘zbekiston posbonlari, sizga bayram muborak!

Shoir taqdiri

Shoir taqdiri

(Shoir Muhammad Yusufni eslab)

Alloh dardni berib shoirga
Taqdiriga yozib qo‘yarmish:
Qachon dardin sheʼr qila olsa
Shundagina shoir o‘larmish.

Bir kun kelib…

Bir kun kelib…

Bir kun kelib sevib qoladi:
Yor vaslidan mast bo‘lar ko‘ngil,
Har amalda bir izhori dil,
Hijron-asr, visol bir fasl.

Tiriklarga qo‘yilmas haykal

Tiriklarga qo‘yilmas haykal

Tiriklarga qo‘yilmas haykal.
Bu hammaga ayon haqiqat.
Mayli denglar meni notavon,
Bir narsaga hayronman faqat:

Yig‘lama bolajon...

Yig‘lama bolajon...

Janglarda besabab nobud bo‘lgan go‘daklar xotirasiga bag‘ishlanadi...

Yig‘lama bolajon, senga o‘q otgan
O‘sha it, ifloslar javob oladi.
Ko‘zingni yosh qilgan yovuz maxluqlar
O‘zlari tanasiz, boshsiz qoladi.

Oppoq qorga...

Oppoq qorga...

Tong sahar yoyibsan yana dasturxon.
Chimchilab uyg‘otding.
Shirin bir ozor.
Titrayman:
Bag‘ringdan qo‘ymaysan hamon.
Yorimni sog‘indim.
Yo‘l ber oppoq qor.