Allohni tanirsan Rahmon deb,
Ajratib yaxshi deb, yomon deb,
Yasharsan o‘tkinchi zamon deb,
Bandasan, kimliging bildingmi?
Qilaring qilgansan, qilarsan,
Aybingni o‘zing ham bilarsan,
Gunohing kechishin tilarsan,
Bandasan, tavbangni qildingmi?
O‘tmishni taqdir deb aytaysan,
Kelajak, umid deb yashaysan,
Savobni ortingga tashlaysan,
Bandasan, qiyomat qo‘ydingmi?
To‘yarsan, shukrona aytasan,
Kun kelar, yomondan qaytasan,
Qilarsan bir savob, qaydasan,
Bandasan, gunohdan to‘ydingmi?
Ishqi deb ilohiy, yonarsan,
Ibodat visolga qonarsan,
Dunyoning ishqidan tonarsan,
Bandasan, bandasin suydingmi?
Bandaman sen kabi, tinmagan,
Osiyman, ajrimni bilmagan,
Tavbam ko‘p, tilimda qilmagan,
Bandasan, menga ham kuydingmi?
7 iyun, 2007 yil.