Tushunmadi meni insonlar! Ular dohiy, men esa manqurt,
Tushunmadi meni muhabbat! Vafo ketdi, qoldi bir beburd.
Tushunmadi mening yuragim, olov o‘chdi, qolmay hatto dud,
Hatto ajal yo‘qlamas bo‘lib, tosh yurakli bemehr qoldi.
Ro‘yo derlar orzularimni. Boylik bo‘ldi qabr toshlari.
Yomon derlar mehrlarimni. Halol bo‘ldi bergan oshlari.
Unut derlar armonlarimni, kulgu bo‘ldi ko‘zim yoshlari,
El tanimas, izzatin bilmas tosh yurakli bir sag‘ir qoldi.
Haqiqatim yolg‘on dedilar. Baxt keltirdi yolg‘on so‘zlarim.
Oq ko‘rganim qora dedilar. Ko‘rmay qoldi qora ko‘zlarim.
Do‘stlarimni g‘anim dedilar. Shirin so‘zli bo‘ldi do‘stlarim,
Ming avomga bir sulton bo‘lib tosh yurakli bir faqir qoldi.
Niyat qildim, sayru fazoviy. Ko‘r dedilar tarki jahonni.
Bilgan edim bandai Alloh. Bil dedilar yaxshi yomonni.
Suygan edim ishqi ilohiy. Suy dedilar ishqi zamonni,
Muhabbatsiz hayotdan kechgan tosh yurakli toshbag‘ir qoldi.
24 iyul, 2006 yil.