Do‘stimki, dushmanimga do‘stlik qilarkan, uni men do‘st hisoblamayman. Zaharga qo‘shilgan shakardan ehtiyot bo‘l. Abu Ali ibn Sino.

Vatan himoyachilariga bayram tabrigi

Vatan himoyachilariga bayram tabrigi

Yurtimizning iftixori, polvonlari o‘zingiz,
Vatanimning sardorlari, xoqonlari o‘zingiz,
Gulzor yurtning bog‘boni-yu, dehqonlari o‘zingiz,
O‘zbegimning yigitlari, sizga bayram muborak!
O‘zbekiston posbonlari, sizga bayram muborak!

Ko‘ksingizni qalqon qilib, himoyada o‘zingiz,
Ota-ona duosini tumor qilgan ko‘zingiz,
Yoringizning vafodori, qasam aytgan so‘zingiz,
Vatanimning yigitlari, sizga bayram muborak!
Tinch yurtimiz posbonlari, sizga bayram muborak!

Har sohada mardonasiz, tinch, totuvlik bo‘lsin deb,
Har zaminda yorug‘ osmon, baxt, quvonchga to‘lsin deb.
Tanti O‘zbek yigitini hamma bilib qo‘ysin deb.
Vatanimning yigitlari, sizga bayram muborak!
El yurt, millat posbonlari, sizga bayram muborak!

Belingizda kuchu-qudrat, qalbda olov bor bo‘lsin,
Olganingiz oltinu, suyganingiz yor bo‘lsin,
Do‘stlaringiz behisob, dushmaningiz xor bo‘lsin,
Vatanimning yigitlari, sizga bayram muborak!
O‘zbekiston posbonlari, sizga bayram muborak!

7-yanvar, 2002 yil.

Sahifamda zerikib qolmang!

  • O‘lmasoy Nishonova. Meni ishqdan sovutma dunyo...

    1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.

  • Abdul Boqiy

    Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan.
    Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi.

  • Yoqimli sheʼr

    Yoqimli sheʼr. O‘zim yozdim. O‘zimga.
    Sheʼr yo‘g‘ida bir o‘qishga yaroqli.
    Mazza qildim! Tasanno har so‘zimga!
    O‘qiyapman qayta qayta. Maroqli.

  • Hamkasbimga hazil

    (Hamkasbimga hazil)

    Ul yigitkim bir jahon, bu zamon bir donadur,
    Yo‘q demakim ko‘rkini, har sifat nishonadur.

    Bir Umar farzandi ul, kindik qoni Namangon,
    Makon bo‘ldi Andijon-kim, tahsili Farg‘onadur.

  • Matmusaning kartasi - 2

    Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda,
    Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.

    Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q,
    Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q.
    Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb,
    Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.

  • Adliyachilarga hazil sheʼr

    Shiori har doim “Kuch Adolatda”
    Nohaqlik ko‘rsalar sochlari tikka.
    Xolislik, haqiqat, tenglik, odillik,
    Intilar qonunda ustuvorlikka.