Donishmandlik bizga hayot so‘qmoqlarida ulug‘ saodatni hozirlab inʼom etuvchi vositadir. Abu Ali ibn Sino.

Yig‘lama bolajon...

Yig‘lama bolajon...

Janglarda besabab nobud bo‘lgan go‘daklar xotirasiga bag‘ishlanadi...

Yig‘lama bolajon, senga o‘q otgan
O‘sha it, ifloslar javob oladi.
Ko‘zingni yosh qilgan yovuz maxluqlar
O‘zlari tanasiz, boshsiz qoladi.

Albatta kun kelar, dunyo birlashib,
O‘ch olar har bitta ko‘zing yoshiga.
Odam niqobidan yurgan maxluqning
Jahannam azobin solar boshiga.

Insonlar uyg‘onar, ko‘zlar ochilar,
Uyg‘onar iymonlar, kelar tirilib.
Yovuzlik va uning ityaloqlari
Ko‘ringan joyida ketar qirilib.

Yo‘q, ular insonning naslidan emas,
Anglamas, qilmagin qancha dod faryod.
So‘ndirma umiding, kurashamiz, bas,
Toki bu maxluqdan qolmas bir avlod.

O‘kinma bolajon, bo‘ldi bir sabab
Ko‘z yoshing, yarador, murg‘ak, yarim jon.
Albatta kun kelar, dunyo birlashib,
Maxluqni yengadi, ishon bolajon.

9-Yanvar, 2023 yil.

Sahifamda zerikib qolmang!

  • O‘lmasoy Nishonova. Meni ishqdan sovutma dunyo...

    1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.

  • Abdul Boqiy

    Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan.
    Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi.

  • Yoqimli sheʼr

    Yoqimli sheʼr. O‘zim yozdim. O‘zimga.
    Sheʼr yo‘g‘ida bir o‘qishga yaroqli.
    Mazza qildim! Tasanno har so‘zimga!
    O‘qiyapman qayta qayta. Maroqli.

  • Hamkasbimga hazil

    (Hamkasbimga hazil)

    Ul yigitkim bir jahon, bu zamon bir donadur,
    Yo‘q demakim ko‘rkini, har sifat nishonadur.

    Bir Umar farzandi ul, kindik qoni Namangon,
    Makon bo‘ldi Andijon-kim, tahsili Farg‘onadur.

  • Yoshlarga to‘y hazili

    Fido bo‘ldi bir oshiqning hurlik oni to‘yxonada,
    Bir gul yuzli barno kutar bo‘ldi uni ostonada.

    Ahli yori o‘ynab kular oshiq ko‘nglin olmoq bo‘lib,
    Ammo oshiq ko‘ngli to‘yda emas balki durdonada.

  • Matmusaning kartasi - 2

    Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda,
    Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.

    Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q,
    Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q.
    Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb,
    Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.