(Muhammad Yusufning “Onajon” sheʼriga nazira)
Topmoq – yo‘qotmoqdir,
Yo‘qotmoq – topmoq,
Sen yozib,
Men o‘qib,
Yurishimga boq.
Sen xalqqa berolding,
Men ne beroldim?
Sen meni o‘rgatding,
Men na yod oldim:
Sen sheʼrlar yaratding,
Men ne yozoldim?
Uyalmay sheʼr yozib
Kelishimga boq!
Ona haqda sheʼrlar
Yozdim o‘zimcha,
Mehr deb taxallus
Qildim qo‘shimcha,
Sheʼr yozmay men o‘lay.
Sheʼrmi shu?
Attang:
Sen ko‘proq yozsayding,
Ko‘proq yashasang!
Yoddan sheʼr bilmayman
Bitta qizimcha,
Uyalmay shoirman
Deyishimga boq.
Yodingdan aylanay,
Sheʼring qadrdon,
Nazira yozganda
Ruxingmi shodon?
Boqma ko‘zlarimga
Bemajol, xasta,
Baʼzida sheʼrimdek
Ko‘nglim shikasta,
Sheʼringdan sheʼr qilib
Yozib, Yusufjon,
Bir o‘qib, bir yig‘lab,
Kulishimga boq
Bilsang yuragimni
Bir alam elar.
Intilsam qo‘limdan
Kelmaydi nelar,
Ayt, kitob yozaymi,
Moshin yasaymi,
Yoki dars beraymi,
Ko‘kka qaraymi?
Mening ham xalqqa naf
Keltirgim kelar –
Vaqtimni xor qilib
Yurishimga boq.
Hammasi oldinda,
Hali bor deysan,
Kechikma deysan-da,
Yo‘qsa xor deysan.
Yana sheʼr yozaman,
O‘zimcha to‘qib,
Bilgan bilmagandan
Falsafa so‘qib.
O‘qigin, o‘rgangin,
Xalqqa kor deysan,
Men-chi, jim, taqdirga
Ko‘nishimga boq.
Sheʼrim bitdi, Xayr,
Do‘stlar, xush qoling.
Yengil sheʼr yozishni
O‘rganmang mendek.
Boring, Muhammaddan
Bitta sheʼr oling,
Ertaga kech qolib
O‘rtanmang menday.
19 aprel, 2017 yil.