Donishmandlik bizga hayot so‘qmoqlarida ulug‘ saodatni hozirlab inʼom etuvchi vositadir. Abu Ali ibn Sino.

Do‘stim ko‘zlaridagi yosh

Do‘stim ko‘zlaridagi yosh

Do‘stim ko‘rdim ko‘zlaringda qatra-qatra yosh,
Taning behol, turadirsan mayus egib bosh.
Nechun bu xol? Bilolmasman, aytaqol sirdosh,
Aytgin do‘stim, chidolmasman, ko‘rsam ko‘zda yosh.

Aytding: «Do‘stim, do‘stlar sendek holim so‘rmaslar,
Men qoqilsam ochiq ko‘zlar buni ko‘rmaslar,
Dushmanlarim bu holimga kulib to‘ymaslar,
Do‘stdan g‘arib do‘stman, shundan ko‘zlarimda yosh.

Yordan so‘rsam yor vaslini, bo‘lsa bevafo,
Xasta ko‘nglim dardiga yor bo‘lmasa davo,
Ilhom bo‘lib navo emas, keltirsa jafo,
Yordan g‘arib yorman, shundan ko‘zlarimda yosh.

Qayga bormay qadrim topmay boshim yoraman,
Taxtim uchun baxtimni ham loyga qoraman,
Xalqman deyman, lekin yo‘lda tanho boraman,
Eldan g‘arib elman, shundan ko‘zlarimda yosh…»

Do‘stim, bildim, nechun sening ko‘zlaringda yosh,
Nechun behol turadirsan mayus egib bosh,
Sirdosh emas, endi men ham senga bir darddosh,
Sendek mening ko‘zlarimda qatra-qatra yosh…

Oktyabr, 2003 yil.

Sahifamda zerikib qolmang!

  • O‘lmasoy Nishonova. Meni ishqdan sovutma dunyo...

    1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.

  • Abdul Boqiy

    Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan.
    Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi.

  • Yoqimli sheʼr

    Yoqimli sheʼr. O‘zim yozdim. O‘zimga.
    Sheʼr yo‘g‘ida bir o‘qishga yaroqli.
    Mazza qildim! Tasanno har so‘zimga!
    O‘qiyapman qayta qayta. Maroqli.

  • Hamkasbimga hazil

    (Hamkasbimga hazil)

    Ul yigitkim bir jahon, bu zamon bir donadur,
    Yo‘q demakim ko‘rkini, har sifat nishonadur.

    Bir Umar farzandi ul, kindik qoni Namangon,
    Makon bo‘ldi Andijon-kim, tahsili Farg‘onadur.

  • Yoshlarga to‘y hazili

    Fido bo‘ldi bir oshiqning hurlik oni to‘yxonada,
    Bir gul yuzli barno kutar bo‘ldi uni ostonada.

    Ahli yori o‘ynab kular oshiq ko‘nglin olmoq bo‘lib,
    Ammo oshiq ko‘ngli to‘yda emas balki durdonada.

  • Matmusaning kartasi - 2

    Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda,
    Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.

    Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q,
    Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q.
    Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb,
    Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.