Yuziga fotiha tortadi dunyo:
-Yo Alloh, bag‘rimga toshdi yarolar,
Dardimga shifolar qilar bandalar,
Tirnaydi oldingda yuzi qarolar.
Yo tangrim! Nima ayb qildim? Bu jazo:
Go‘dak bir farishtang ursa otasi?
Men qandoq bag‘rimga olay, jon xudo?
Neʼmating rad etib tursa onasi?
Qanchalar jaholat ko‘rdim, chidadim,
Balki men notavon, qalbi ko‘r olam.
Endichi, rahmating yog‘ilgan bir dam,
Go‘daging yig‘latsa... Sadqai odam...
Mayliga, sinovdir. Menku o‘tkinchi,
Qiyomat unutib qo‘ymoqda Inson.
Nahotki anglamas erka bandalar
Shu go‘dak hurmati, dunyo mehribon?
Yo rahmon, rahmat et keksa dunyoga,
Almisoq sinovlar chidadim, bu gal,
Chidolmay dod soldim, tosh urdim boshim,
Bag‘rimda go‘daklar yig‘lagan mahal.
15-Noyabr, 2017 yil