Ne ajab, zamonakim, guldin azob ko‘rmisham,
Axyonida hamxonakim, zardobu ob ko‘rmisham,
Tarki dunyo aylagan kim, kimki jamshid aylamish,
Ruhni sayoq ko‘rdim hanuz, qon deb sharob ko‘rmisham.
Shaytanatning qabri uzra tug‘ tiklagan ahli om,
Lain ham lol, muborakni harda xarob ko‘rmisham.
Neki savdo, savdosida safro ko‘rmas har taraf,
Halqumini bulg‘agay pok, yonda asʼhob ko‘rmisham.
Tuzlig‘iga o‘zi tuflab, o‘zi qulluq aylagay,
Yuzin shodon, tilini bol, ichin zardob ko‘rmisham.
Ey Alisher, bu zamonni charxi kajraftor dema,
Ishon, qalbim bu chamandin qabrni xob ko‘rmisham.
7 fevral, 2005 yil.