Donishmandlik bizga hayot so‘qmoqlarida ulug‘ saodatni hozirlab inʼom etuvchi vositadir. Abu Ali ibn Sino.
Yig‘latmang
Ratings
(0)
Men yig‘lay boshlasam ovutolmaysiz, Menda ham sizlardek bir dunyo g‘am bor. Siz topa olmagan davo menda yo‘q, Menda siz qoldirgan dunyo, bir kam bor.
Men kula boshlasam to‘xtatolmaysiz: Zavqimning shodi bor, alami ham bor. Siz esa kulishni eplay olmaysiz: Kulgu deb kimgadir berasiz ozor.
Yig‘laymiz, siqtaymiz, kimga ne foyda? Kulamiz, quvnaymiz, kimga nima g‘am? Muhimi, yig‘lating, dildan yig‘lating, Kuldiring, kulgudan o‘lib qolsa ham.
1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.
Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan. Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi.
Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda, Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.
Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q, Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q. Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb, Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.