Donishmandlik bizga hayot so‘qmoqlarida ulug‘ saodatni hozirlab inʼom etuvchi vositadir. Abu Ali ibn Sino.
Bir kun ota-ona bo‘lamiz
Ratings
(0)
Bir kun ota, bir kun ona bo‘lsak ehtimol, Bir kun bizni yo‘qlamasa farzandlarimiz, O‘shal kunlar bizlar bir oz ranjisak agar, O‘z otamiz, o‘z onamiz eslarmikanmiz?
Yo‘q! go‘yoki bizlar xuddi farishta edik! Faqat bizning farzandimiz eʼtiborsizroq. Tushunmaymiz, farzandimiz nega vaqti yo‘q? Imkon borku vaqt ajratsa bizga xam ozroq?!
Bir kun kelib kimdir aytsa “Mehrga zorman” “Ayb o‘zingda” deb o‘ylashga yetib boramiz. Aslidachi, o‘zimiz xam avliyo emas, Asli biz xam o‘sha kimdek ketib boramiz....
1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.
Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan. Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi.
Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda, Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.
Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q, Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q. Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb, Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.