So‘zlarim yetmadi Onajon
Tarifing eʼtirof etmoqqa.
Sen aytgan ertaklar yetmadi
Orzuda visolga yetmoqqa.
Sen qanday allalar aytgansan?
Na sog‘inch, na qayg‘u so‘zi bor?
Xotiram choyshabga yozgin deb
Beshigim qalamga intizor.
Qanchalar urinding bilmadim,
Beshikdan poyimga yurguncha,
Ming ovoz chiqarib yig‘ladim,
Tilimga ilk so‘zni qo‘yguncha.
Ming taʼrif etmoqqa dunyoni
Ming olam tili bor bu zamon.
Onajon, bir mehring aytmoqqa
So‘zlarim yetmog‘i dargumon.
Sog‘inchni, Quvonchni, Mehrni
Taʼkidlab bo‘larmi aslida?
Taʼrifing bir so‘zda aytmoqlik
Bormikin insonning naslida?
“Ona” deb aytganim yetmadi.
Yurakni tinglagan qay inson?
Istagim, taʼrifing bitgani
So‘zlarim yetmadi Onajon.
21 Iyul, 2011 yil.