Donishmandlik bizga hayot so‘qmoqlarida ulug‘ saodatni hozirlab inʼom etuvchi vositadir. Abu Ali ibn Sino.
Esingdami?
Ratings
(0)
Esingdami? Kuz oqshomi anhor bo‘yiga So‘nggi bora uchrashuvga tanho kelganing? Esingdami, o‘shal oqshom kelib yonimga - Sen emassan mening yorim, o‘zga, - deganing?
Sen keldingu, ketding, mening qalbim yaralab O‘zing bilan olib ketding orzularim ham. Kechagina bo‘ynim quchib asta shivirlab Menga bergan vaʼdalaring qilardi alam.
Nahot seni alday oldi bir shoda marjon? Nahot sevging qadri bo‘ldi tillo taqinchoq. Bilmasmiding, niqob taqqan axir bu dunyo? Hayot ham bir, yolg‘on xam bir, sen xam o‘yinchoq…
Bahor edi, turar edim anhor bo‘yida. Yana kelding uchrashgani ikkimiz tanho. Lekin endi muhabbatga aldangan yurak So‘zlaringga qilmas edi zarracha parvo.
1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.
Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan. Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi.
Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda, Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.
Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q, Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q. Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb, Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.