Donishmandlik bizga hayot so‘qmoqlarida ulug‘ saodatni hozirlab inʼom etuvchi vositadir. Abu Ali ibn Sino.

Alla

Allalarga zorman ona

Alla aytib uxlatarding, ko‘nmas edim...
Endi esa allalarga zorman ONA...
Yalla aytib uyg‘otarding, ko‘nmas edim...
Sensiz meros yallalarga torman ONA...

Mehr berib tuydirarding, ko‘nmas edim...
Qani endi o‘sha mehring? Kimda qoldi?
Sehring berib suydirarding, bilmas edim....
Sehring qaysi kunda, qaysi tunda qoldi?

Kulib turib undirarding, turmas edim...
Ona! O‘sha kulgim qani? Topib bergin!!!!
Yig‘lab turib кўндирардинг.... Ko‘ngan menmi???
Ona!!! Ko‘ngan bu ko‘nglimni yopib bergin...

Bilib turib yashirarding sirlarimni...
Nega mening mehrim sirli etding ONA?
Ishq tilsimim ochar biror kalit bormi?
Sirlarimni olib olis ketding ONA...

Yor yor aytib yor yonida yondirmading,
O‘z o‘zimga bevafo bir yorman ONA!
Mehr berib sabr bermay ketganmiding?
Sabringdayin bir sabrga zorman ONA...
Endi esa allalarga zorman ONA...

2015 yil.

Sahifamda zerikib qolmang!

  • O‘lmasoy Nishonova. Meni ishqdan sovutma dunyo...

    1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.

  • Abdul Boqiy

    Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan.
    Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi.

  • Yoqimli sheʼr

    Yoqimli sheʼr. O‘zim yozdim. O‘zimga.
    Sheʼr yo‘g‘ida bir o‘qishga yaroqli.
    Mazza qildim! Tasanno har so‘zimga!
    O‘qiyapman qayta qayta. Maroqli.

  • Hamkasbimga hazil

    (Hamkasbimga hazil)

    Ul yigitkim bir jahon, bu zamon bir donadur,
    Yo‘q demakim ko‘rkini, har sifat nishonadur.

    Bir Umar farzandi ul, kindik qoni Namangon,
    Makon bo‘ldi Andijon-kim, tahsili Farg‘onadur.

  • Yoshlarga to‘y hazili

    Fido bo‘ldi bir oshiqning hurlik oni to‘yxonada,
    Bir gul yuzli barno kutar bo‘ldi uni ostonada.

    Ahli yori o‘ynab kular oshiq ko‘nglin olmoq bo‘lib,
    Ammo oshiq ko‘ngli to‘yda emas balki durdonada.

  • Matmusaning kartasi - 2

    Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda,
    Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.

    Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q,
    Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q.
    Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb,
    Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.