Muhabbat do‘stlikning nihoyasidir…
Do‘st dedimu sevgim menga begona bo‘ldi,
Nish urdiyu, muhabbatim ochilmay so‘ldi,
Visol emas, uqubatga paymonam to‘ldi.
Meni emas, o‘z-o‘zingni aldading go‘zal.
Sevdim deya uzgan guling tikon emasmi?
Xar yigit xam go‘zallarga sevdim demas-mi?
Sevmaganga suykalmoqlik menga havasmi?
Do‘stim deya o‘z do‘stingni aldading go‘zal.
Bilmasmiding, ortingdan tosh otguvchilar bor.
Muhabbatin o‘zga yorga sotguvchilar bor,
Yana sendek alam qilib qolguvchilar bor,
Bilib turib o‘z ko‘zingni aldading go‘zal.
Yuragimga dog‘ soladi alamim, ohim.
Nahot senga sirdoshligim bo‘ldi gunohim?
Bir kun kelib menga xam baxt berar Allohim.
Meni emas, o‘z baxtingni aldading go‘zal.