Donishmandlik bizga hayot so‘qmoqlarida ulug‘ saodatni hozirlab inʼom etuvchi vositadir. Abu Ali ibn Sino.

Dard mehmon

Dard mehmon

Eshik qoqib kelibdi bir dard,
- Xush kelibsiz, kiring, marhamat.
Bildirmadi hayron bo‘lganin,
- Taklifingiz uchun ming rahmat.

To‘shak soldim, dasturxon yozdim,
Non ushatdim, quydim issiq choy.
Osh damladim, yuvingani suv,
Tunagani hozirladim joy.

- Mezbon, - dedi, - qolsam maylimi?
- Qoling mehmon, to‘rim sizniki.
Bir kam bo‘lsa ayting, but qilay,
Kelish sizdan, ruxsat bizniki.

Ko‘ngli ochiq dard ekan mehmon:
Dildan suhbat, hangoma, alam,
Eslolmayman, nimalar dedim,
Sezmay qoldik vaqt o‘tganin ham.

Dard qo‘zg‘oldi, - arishim kerak.
- Ie, mehmon, bu gap nimasi?
- Rahmat sizga, menga jon tikkan,
Egasining suygan bandasi.

Dard keldiyu, ketdi besabab,
Biror gunoh qilganmidim yo?
Shukr suyib bergan dardiga:
Uch kun mehmon, besh kunlik dunyo.

13 Sentyabr, 2020 yil.

Sahifamda zerikib qolmang!

  • O‘lmasoy Nishonova. Meni ishqdan sovutma dunyo...

    1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.

  • Abdul Boqiy

    Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan.
    Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi.

  • Yoqimli sheʼr

    Yoqimli sheʼr. O‘zim yozdim. O‘zimga.
    Sheʼr yo‘g‘ida bir o‘qishga yaroqli.
    Mazza qildim! Tasanno har so‘zimga!
    O‘qiyapman qayta qayta. Maroqli.

  • Hamkasbimga hazil

    (Hamkasbimga hazil)

    Ul yigitkim bir jahon, bu zamon bir donadur,
    Yo‘q demakim ko‘rkini, har sifat nishonadur.

    Bir Umar farzandi ul, kindik qoni Namangon,
    Makon bo‘ldi Andijon-kim, tahsili Farg‘onadur.

  • Matmusaning kartasi - 2

    Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda,
    Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.

    Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q,
    Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q.
    Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb,
    Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.

  • Adliyachilarga hazil sheʼr

    Shiori har doim “Kuch Adolatda”
    Nohaqlik ko‘rsalar sochlari tikka.
    Xolislik, haqiqat, tenglik, odillik,
    Intilar qonunda ustuvorlikka.