Donishmandlik bizga hayot so‘qmoqlarida ulug‘ saodatni hozirlab inʼom etuvchi vositadir. Abu Ali ibn Sino.

Muhammad Yusufga maktub

Muhammad Yusufga maktub

Salom aka, Muhammad Yusuf,
Bir muxlisdan salomnoma xat.
Sizdan meros har kunga salom,
Menga sizni yod etmoq faqat.

Aka, rostdan sog‘inib ketdim.
Qani bitta yangi sheʼr bo‘lsa,
Ertalabda bir o‘qisamu,
Ko‘ngil yana quvonchga to‘lsa.

Xar kuni ish. Sheʼr yozgim kelar.
Vaqt yetmaydi yo men dangasa.
Bir bir kelib yozib qo‘yaman:
Desa desin kim nima desa.

Sheʼr deganim: maqtaguvchim ko‘p.
Ofarin ko‘p. O‘qiguvchim yo‘q.
Sheʼr yozma deb aytmaysiz endi,
Sizdek boshqa o‘qituvchim yo‘q.

To‘yib ketdim sheʼrlar o‘qishdan,
Baʼzilardan ko‘nglim ozadi.
Onasiga xat yozmaganlar,
Ona haqda sheʼrlar yozadi.

Biz boshqamiz yoki siz boshqa:
Asfalt yo‘lda sakraydi jayron.
Bizda o‘sar faqat qizg‘aldoq,
Qishin yozin gullaydi rayhon.

Tavba? Qanday yozgansiz aka
Ota ona, bola haqida?
Onam o‘tdi, otamsiz, yetim:
Alla yozdim chinor haqida.

Aka, rostdan o‘kinib ketdim.
Sizdan taskin: yo‘qotmoq-topmoq.
Xuddi atab yozgansiz menga:
Sizdan o‘git: topmoq – yo‘qotmoq.

Aka, sizsiz ko‘nglim to‘lmaydi:
Do‘stlarim ko‘p, shoir ular ham.
Ko‘p aqlli, ziyoli, xushli.
Sizdek sodda, g‘alatisi kam.

kulmang aka, dard yiqqanim yo‘q!
Quvonchlarim bir dunyo, ummon!
Sizga Xayyom, menga siz, aka,
Mayni kanda qilmasim yomon.

Nima qolar? Bir siqim tuproq.
Sizdan meros qolgan kitoblar.
Ikki misra sheʼringizdagi,
Ming quvonchu, ming iztiroblar.

Ha. O‘zbekning merosi cheksiz,
Otasi xam, Onasi ham yer,
Shoiri bor, Muhammad Yusuf.
Farzandi bor, sodda Alisher.

Xatim tamom, Aka, hush qoling.
Yozolmadim sodda va nafis.
Imzo qo‘ydim, Ali Al Mehr,
Muxlisingiz, oddiy muhandis.

11.11.2016 y.

Sahifamda zerikib qolmang!

  • O‘lmasoy Nishonova. Meni ishqdan sovutma dunyo...

    1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.

  • Abdul Boqiy

    Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan.
    Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi.

  • Yoqimli sheʼr

    Yoqimli sheʼr. O‘zim yozdim. O‘zimga.
    Sheʼr yo‘g‘ida bir o‘qishga yaroqli.
    Mazza qildim! Tasanno har so‘zimga!
    O‘qiyapman qayta qayta. Maroqli.

  • Hamkasbimga hazil

    (Hamkasbimga hazil)

    Ul yigitkim bir jahon, bu zamon bir donadur,
    Yo‘q demakim ko‘rkini, har sifat nishonadur.

    Bir Umar farzandi ul, kindik qoni Namangon,
    Makon bo‘ldi Andijon-kim, tahsili Farg‘onadur.

  • Yoshlarga to‘y hazili

    Fido bo‘ldi bir oshiqning hurlik oni to‘yxonada,
    Bir gul yuzli barno kutar bo‘ldi uni ostonada.

    Ahli yori o‘ynab kular oshiq ko‘nglin olmoq bo‘lib,
    Ammo oshiq ko‘ngli to‘yda emas balki durdonada.

  • Matmusaning kartasi - 2

    Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda,
    Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.

    Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q,
    Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q.
    Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb,
    Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.