Eshitganman. Kimdir aytgan, kimdir o‘rgatgan:
Oq sheʼr degan sheʼr bo‘larmish. Erkin va ozod.
Unda na qofiya, na vazn xokim.
Na biror qoida to‘xtatolmasmish.
Mening xam oq sheʼrga havasim keldi:
Men ham oq, oppoq sheʼr yozgimlar keldi.
Na qonun qoida, na mazmun qoldi.
Unda na dardim bor va na bir quvonch.
Haqiqiy oq sheʼr bu, oppoqqina sheʼr.
Unda dard, g‘ubor yo‘q, unda ozor yo‘q,
Unda na quvonch bor, na yaxshi tilak.
Unda mening ko‘nglimdagi sodda so‘zlar bor,
Unda mening bir orzuim, oppoq sheʼrim bor.
Ayblamang. Bu oq sheʼr. Oppoqqina sheʼr...
Bir mazmun axtarmang. Kulmang ustimdan.
Bu sheʼrda siz uchun atalgan so‘z yo‘q,
Men uchun bir olam. Mening o‘zim bor.
Bu mening oq sheʼrim. Oppoqqina sheʼr.
28 Avgust, 2012 yil.