Sen xudbin emassan, qaysar emassan.
Ko‘nib “Xo‘p” deysanu, lek “Yo‘q” demassan.
Na azim chinorsan, na biror xassan,
O‘zing bilib o‘z ishingni qilsang yoqmaysan.
Sen yozgan kitobni o‘qib, o‘qimay,
Yoniga o‘zidan to‘qib, to‘qimay,
O‘rgatib turishar o‘zlari qilmay,
O‘z aqlingcha o‘z ishingni qilsang yoqmaysan.
Deydilar: qadamning bordir uvoli.
Ko‘rsatgan yo‘llari tanqiddan holi,
Izlaring qo‘rqitar dushman misoli,
O‘z bilgancha qadamingni bossang yoqmaysan.
Yo o‘zing o‘zgalar ishiga moyil,
Ularning ishidan qoldingmi qoyil?!
O‘rgatib turmoqlik bizga tamoyil:
O‘zing bilib o‘z tilingni tiysang yoqmaysan.
Xo‘p deya o‘zingni bilganingni qil,
Yaxshingni bilsinlar, yomoningni bil,
Gohida gapni ham qo‘log‘ingga il,
Aytganini qilsang axir kimga yoqmaysan?
21-may, 2015 yil.