Jon notinch, rux behol, ishonch bezovta,
Mehrning umidi so‘ngan batamom.
Muhabbat bosh qo‘ygan sovuq ko‘ksimga:
Ey razil niyatlar, salom, assalom!
Shirin so‘z makriga aldangan ishonch,
Soddani qul qilgan sodda bir tuzoq,
Qadrni tuproqqa belar qabohat,
Oqibat, yer qattiq, osmondir uzoq.
O‘rtada arosat bag‘ri qon vafo.
Na tirik, na o‘lik, bormi, yo‘q ixlos.
Vijdon bong uradi, ko‘zlari boyliq:
Yo sabr mardlarcha, yo qasos iflos.
Bugun shox va sulton afsus nadomat.
Nahotki to‘xtagan charxi kajraftor?
Suyaksiz til laʼnat raqsiga tushar,
Orim lol, nomus lol: isnodsiz attor.
Bir onda g‘olibdir, bir onda mag‘lub,
Jahlning otiga mingan aqli xush.
Kel, sabrim kosasi to‘lgan zahrimga,
Bir qultim ich mehmon! Xush kelibsan, xush!
Yo bardosh, yo sabrim, yo ur, yo sur, tur!
Jim turma, ko‘r turma, ket yo yonda yur!
Al qasos, yo bardosh, to qiyomat, bas!
Do‘st dushman bir qirg‘in, odam ur xo ur!
7-sentyabr, 2015 yil.