Do‘stimki, dushmanimga do‘stlik qilarkan, uni men do‘st hisoblamayman. Zaharga qo‘shilgan shakardan ehtiyot bo‘l. Abu Ali ibn Sino.
Men yolg‘iz emasman
Ratings
(0)
Men yolg‘iz qolmadim aro yo‘llarda, Kimsasiz cho‘llarda bo‘ldim hamrohim. Yulduzsiz tunlarda dardlarim tinglab, Tasalli beroldim, ketdi firoqim.
Men yolg‘iz qolmadim dushman qo‘llarda, Do‘stlarim sotganda yolg‘iz armonga. Zax bosgan zindonda dardlashdi yurak, Hijronga qo‘l berib ketdim pinhonga.
Men yolg‘iz qolmadim yolg‘izlar ichra, Yolg‘izim yonimda, do‘stim yonimda. Yolg‘izman desalar tushunolmadim, Balki yo‘q yolg‘izlik asli qonimda?
Men yolg‘iz emasman. Siz yolg‘iz emas. Ikkimiz ajratgan taqdirdir yolg‘iz. Bir muddat o‘zingiz oldiga borib, «Kim yolg‘iz?» deb surang undan bir og‘iz...
1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.
Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan. Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi.
Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda, Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.
Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q, Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q. Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb, Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.